Kesim tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab va tarkibli bo’ladi.
1. Sodda kesim bir mustaqil so’z bilan ifodalanadi:
Sen bahorni sog’inmadingmu? (A.O.)
Majlis shunga qaror qildi.
Mana bu - yer yong’oq.
SHerzod yulduzni benarvon uradi.
2. Murakkab kesim so’z birikmasi holidagi kengaygan so’z bilan ifodalanadi.
Bu kun biz uchun og’ir kun.
SHerzod yulduzni benarvon uradigan yigit.
3. Tarkibli kesim yetakchi va yordamchi komponentdan tuzilib, yetakchi
komponent lug’aviy ma‘noga ega bo’ladi, yordamchi komponent esa grammatik
ma‘no tashiydi. Misollar:
Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi. (O.): yumshoq - yetakchi
komponent, edi - yordamchi komponent.
Hammasi sen uchun, dilovar uchun. (A.H.): sen+ yetakchi komponent, uchun -
yordamchi komponent, dilovar - yetakchi komponent, uchun - yordamchi
komponent.
Bunday odamlarni nodon hisoblashadi. («Kalila va Dimna») : nodon - yetakchi
komponent, hisoblashadi - yordamchi komponent.
Hamma ham halqiga xizmat qilgisi keladi. (N. Safarov.) - xizmat qilgisi+
yetakchi komponent, keladi - yordamchi komponent.
Do'stlaringiz bilan baham: |