7-ma’ruza : Kesim, uning ifodalanishi, tiplari: fe’l-kesim va ot-kesim; sodda va tarkibli kesim. Ega bilan kesimning orasida tirening ishlatilishi
Semantik-funksional shakllangan gaplar
Download 420.66 Kb. Pdf ko'rish
|
7-maruza 3192a4f01fe991763823c3ac6a0a363d
Semantik-funksional shakllangan gaplar. Semantik-funktsional shakllangan
gaplar to’rtga bo’linadi: Modal so’z- gaplar (Kelasizmi?- Albatta) Undov so’z- gaplar (Beh-beh! Oh-oh) Tasdiq inkor so’z- gaplar (Ha, yo’q) Taklif-ishora so’z-gaplar (Ma. ) Bu so’z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma‘nosi (TMZSH ) so’zning lug’aviy ma‘nosida mujassamlashgan bo’ladi. Shuning uchun bunday so’z- gaplar: a) hech qachon kesimlik qo’shimchalarini qabul qila olmaydi. b) nutqda alohida gap bo’lib kela oladi. v) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo’lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o’z mustaqilligini saqlab qolaveradi. Semantik-funktsional shakllangan so’z-gaplarda kesimlik ma‘nosi atov birligi (W) ning lug’aviy ma‘nosi tarkibida mujassamlashgan bo’lib, bunday gaplar kesimi Wm ramzi bilan beriladi. Semantik-funktsional shakllangan gaplarda kesimlik ma‘nosi so’z-gaplarning lug’aviy ma‘nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi uchun xos bo’lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH) ma‘nolarining rang-barangligi yo’q. Bunda kesimlik kategoriyasining barcha ma‘nolari uchburchak burchaklarining yig’indisiga o’xshaydi. Ma‘lumki, uchburchak burchaklarining yig’indisi 1800 teng bo’lib, bir burchak kattaroq bo’lsa, buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funktsional shakllangan gaplarda ham kesimlikning to’rtta ma‘nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol) ga teng bo’ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma‘nolarining har biri uchun alohida- alohida so’zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat‘iy bo’lishlilik» ma‘nosi (ya‘ni mayl ma‘nosining ko’rinishi) albatta so’zi bilan ifodalansa, kesimlik shaklidagi - ma qo’shimchasi ifodalaydigan shunday bo’lishsiz ma‘no mutlaqo so’z gapi bilan beriladi. Ha, so’zida tasdiq, yo’q so’zida inkor ma‘nosi mavjud. Kesimlik kategoriyasi ma‘nolari kesimdagi atov birligi lug’aviy ma‘nosiga singganligi tufayli so’z-gaplarda bu ma‘nolarning har biri alohida-alohida va rang- barang ko’rinishlarda ifodalash imkoniyatlari cheklangan. Shu boisdan o’zbek tilida kesimlik qo’shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha ma‘nolarini ifodalay oladigan, lug’aviy ma‘nosi kesimlik qo’shimchalariga befarq bo’lgan, ya‘ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so’z (fe‘l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va olmosh ) lardan lug’aviy ma‘nosida kesimlik kategoriyasi qo’shimchalarini biriktira olmaydigan, lekin ularning ma‘nolaridan birini o’z lug’aviy ma‘nosi bilan ko’chaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o’ta kuchsiz holda voqelantiruvchi so’z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi |
ma'muriyatiga murojaat qiling