Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O’zbek tilida kesimlik
qo’shimchalari o’z voqelanishlari uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab
qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimlariga diqqat qiling:
Men kecha maktabga bordim.
O’qituvchi kelsa, dars boshlanadi.
Yomg’ir yog’masa edi, ekin-tekin ishlarini saranjomlab olgan bo’lur edik.
Birinchi gapning kesimi (bordim) o’z ma‘nosini boshqa gaplarga ehtiyoj
sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog’masa
edi, saranjomlab olgan bo’lur edik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan
ma‘nolari uchun boshqa gaplar talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va
yog’masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma‘nosi boshlanadi, saranjomlab
olgan bo’lur edik kesimlari yordamida, saronjomlab olgan edik kesimning ma‘nosi
esa undan oldindagi yog’masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi
va uchinchi gaplarning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gaplardagi kesimdan
shart emas, balki istak ma‘nosi yuzaga chiqadi: O’qituvchi kelsa. Yomg’ir yog’masa
edi. Saranjomlab olgan bo’lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon,
boshqacha bo’lsa ham, ma‘nosini voqelantira olmaydi. Ma‘nosini yordamchisiz
voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MKSH) deyiladi.
Boshqa gaplarsiz, ya‘ni qurshovsiz o’z ma‘nosini voqelantira olmaydigan,
voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma‘no kelib chiqadigan kesimlik shakli
nomustaqil kesimlik shakli (NKSH) deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |