7-Ma’ruza. Elektr tizimlari va tarmoqlarining o‘rnatilgan rejimining chiziqli tenglamalari
Download 12.87 Kb.
|
7 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Dastlabki ma’lumotlar.
7-Ma’ruza. Elektr tizimlari va tarmoqlarining o‘rnatilgan rejimining chiziqli tenglamalariReja: 20.1. Dastlabki ma’lumotlar. 20.2. Tugun kuchlanishlari tenglamalari Tayanch so‘z va iboralar: murakkab berk tarmoq, quvvatlar taqsimoti, iteratsion jarayon, moslanish kriteriyasi, tugun kuchlanishlar tenglamalar usuli. 7.1. Dastlabki ma’lumotlar. Elektr tizimlari quvvatlari va uzunliklarini kattalashishi bilan elektr xisoblar murakkablashdi. Bu xisoblarni yengillashtirish uchun energetika tizimi tarmoqlari nazariyasi va xisoblash usullarini yaxshi bilish kerak. Elektr tizimi elektr tarmoqlari xisoblarida tizimni ko‘rilayotgan tugunidagi generatsiya va iste’mol qilinayotgan aktiv va reaktiv quvvatlar - ifodalangan xisoblash sxemasi va yuklamalarga ega bo‘linadi. Quyidagi muloxazalarga asosan xisoblarni quvvatlarda olib borish maqsadga muvofiqdir. Elektr tizimi yuklamalari ko‘p hollarda quvvatlarda beriladi; yuklamalar o‘rnatilgan nuqtalarda kuchlanish noma’lum bo‘lganligi uchun, bu yuklamalarni toklarga qayta xisoblashni amalaga oshirib bo‘lmaydi. Nominal kuchlanishi bo‘yicha dastlabki xisoblar mumkin bo‘lmagan xatoliklar va qo‘shimcha vaqtni talab etadi. Yuklamalani toklarda xisoblash, tarmoq tokini taqsimlanishida xatolikka olib keladi, bu dastlabki xatolik Kirxgofning birinchi qonuniga asosan xar xil koordinat tizimlarida tok yig‘ilganda yuzaga keladi. Bunday yig‘ish, tarmoqni xar xil nuqtalarida kuchlanishlar orasidagi faza siljishi katta bo‘lmagan taqsimlovchi tarmoqlarda mumkin. Elektr tarmoqlar tartibini quvvatlarda xisoblashda toklar taqsimlanishini aniqlash oson bo‘lib, toklarda xisoblashda moslangan xatoliklarni to‘g‘rilash osonlashadi. Ko‘p sonli elektrstansiyalarga ega bo‘lgan energetika tizimini xisoblashda bir dona elektr stansiyasidan tashqari hamma elektr stansiyalari berilgan grafikda ishlayli deb, ularning quvvati manfiy yuklamada olinadi. Bitta elektr statsiya erkin grafikda ishlaydi va energetika tizimida to‘satdan bo‘ladigan yuklamalar va quvvat isrofi o‘rnini to‘ldiradi. Elektr tizimi yuklamalari ko‘pincha podstansiyani past va o‘rta kuchlanish tomonlarida beriladi. Xisoblash sxemalari tuzilayotganda yuklamalar dastlab yuqori kuchlanish tomoniga keltiriladi. Keltirilgan yuklamalar podstansiyani o‘rta va past kuchlanish shinalarida berilgan yuklamalar va transformator qarshiligi va o‘tkazuvchanliklaridagi quvvat isrofi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Elektr stansiya yuqori kuchlanish tomoniga keltirilgan quvvat, generator quvvatidan kuchaytiruvchi transformator qarshiligi va o‘tkazuvchanliklaridagi quvvatni ayirib aniqlanadi. Keltirilgan reaktiv quvvatni aniqlashda reaktiv quvvat isrofidan tashqari tegishli belgidagi podstansiya tutashgan uzatuv liniyasidagi sig‘im quvvatini xisobga olish kerak. Download 12.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling