7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari


G’isht teruvchini ish joyini tashkil etish va materiallar bilan ta’minlash


Download 0.67 Mb.
bet5/9
Sana24.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1652924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура

G’isht teruvchini ish joyini tashkil etish va materiallar bilan ta’minlash.

G’isht terish jarayoni asosiy va qo’shimcha ishlardan tashkil topadi. Qo’shimcha ishlar: havoza, to’siqlar qurish, material va qorishmalarni ish o’rniga uzatib berishdan iborat.


Asosiy ishlar ish joyining o’zida bajariladi, bunda material va ish qurollari, asbob uskunalari ishlatilib, g’isht-tosh, shuningdek qorishmalardan g’isht-tosh konstruktsiyalari barpo qilinadi. G’isht-tosh terish jarayoni quyidagi tartibda bajariladigan operatsiyalarni o’z ichiga oladi: qatorlagich (poryadovka) o’rnatish; g’ishtlar to’g’ri terilishi uchun ip tortish; g’ishtni devorga uzatish va taxlash; qutidagi qorishmalarni aralashtirish; devorga qorishmani uzatish va uni tashqi qatorga yoyish; tashqi qatorni terish, qorishmani ichki qatorga yoyish; ichki qatorni terish oraliq qatorga qorishmani yoyish; oraliq qatorni terish; terilgan g’isht qatorlarini tekshirish; tashqi va ichki g’isht qatorlarini boshqaga terish usullari ham mavjud, u chok bostirish sistemasiga bog’liq.
G’isht- tosh terish ishlarini samarali va sifatli bajarilishiga g’isht teruvchi qo’lida mahsus asbob va moslamalar bo’lgandagina erishiladi. Asbob va moslamalar ikki turga: ish bajaruvchi, ya’ni ishchi u yordamida zarur operatsiyani bajaradi va tekshiruv-o’lchov, ular yordamida bajarilgan ishning sifati tekshiriladi. Asosiy ish bajarishga ishlatiladigan asboblar (rasm 5.13) da keltirilgan


Rasm 5.13. G’isht teruvchining asosiy ish bajarish asboblari.
a - kelьma, b - qorishma kurakchasi, b-v - tekislagichlar,
g - bolg’a tesha.



Kelьma yog’och dastali po’lat kurakcha, u g’isht terayotganda qorishmani yozish va vertikal choklarni to’ldirish uchun ishlatiladi.
Tekislagich - bilan choklarga ishlov beriladi, ya’ni ular ma’lum shaklga keltiriladi. Tekislagichlar ko’ndalang kesimi ko’rinishiga qarab qavariq yoki botiq bo’lishi mumkin.
Bolg’a-tesha g’isht teruvchi g’ishtni chorakkam, yarim va chorak qismga bo’lish, shuningdek g’ishtni yo’nishda ishlatiladi.
Tekshiruv o’lchov va asboblar va moslamala quyidagi 5.14-rasmda keltirilgan
Qatorlagich - kesimi burchak shakldagi, har 77 mm (g’isht va qorishma qalinligi) ga teshiklar qoldirilgan, devorga changak va tutgichli vint bilan mahkamlanadigan maxsus qotirgichli moslama. Ular devor burchagi va tashqi devorga ichki devor tutashadigan joylarga o’rnatiladi. Ip qatorlagichlarga tortiladi va u terilgan g’ishtni to’g’ri chiziqli va gorizontalligini ta’minlaydi. Ip sifatida eshilgan Ø 2 mm 3 mm li ipdan foydalaniladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling