7-ma’ruza Ishlatish yer osti quduqlari jihozlari
Download 385.93 Kb. Pdf ko'rish
|
7-ma’ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- KPG, KO va KSG majmualari
- KPG turidagi gaz quduqlari uchun quduq tubi jihozlari majmuasi
7-ma’ruza Ishlatish yer osti quduqlari jihozlari Quduq usti jihozi buzilganda yoki ziyon etganda, ishlatish quvurlari buzilganda va quvurlararo oraliq sifatsiz sementlanganda ochiq favvoralanish quduq tubi ishlatish quvurlari yordamida bartaraf qilinadi. SHuningdek, u bir vaqtning o‘zida alohida ikki va undan ortiq mahsuldor gorizontlarni ishlatishda, ochilgan mahsuldor gorizontni yuqorigi va pastki gorizontlardan ajratishda, liftli quvurlarni quvurorti muhitidan ajratishda, qator texnologik jarayonlarni o‘tkazishni ta’minlashda qo‘llaniladi. Quduq ichi jihoziga odatda, pakerlar, yakorlar, quvurlarni ajratgich, quduqni tayyorlashda qo‘llaniladigan asboblar, ajratuvchi klapanlar, o‘tkazuvchi nippellar, quduq tubi jihozlarini boshqarishga mo‘ljallangan kanat texnikasi qismlari kiradi. KPG, KO va KSG majmualariga belgilangan gaz olish rejimi buzilganda yoki halokatlar sodir bo‘lganda quvurlarni avtomatik tarzda berkitishni ta’minlovchi quduq ajratgich-klapanlar kiradi. Echib o‘rnatiladigan quduq jihozlari texnologik jarayonlar vaqtida almashtiriladi. Buning uchun LSG1K-131 (quduq usti germetik bo‘lganda) turidagi kanat texnikasi va qurilmalari qo‘llaniladi. Majmualarning shartli belgilanishi quyidagicha: K-kompleks; S (yoki P) - quduq(quduq tubi); G – gazli quduqlar; harfdan keyingi son–quvurlarning shartli diametrlari (mm); keyingi sonlar – ishchi bosim(MPa); oxirgi son – paker diametri(mm); K1 – kislotoga chidamlilik (muhitda SO 2 hajmiy miqdori 10% gacha); K2 – sulfid kislotaga chidamlilik (muhitdagi SO 2 va N 2 S hajmiy miqdori har biri uchun 26% dan kam). Misol: KPG-89-35-145K1; KPG-89-35-145K2; KGS-73-70-112; KSG-89- 70-136K3. KPG turidagi gaz quduqlari uchun quduq tubi jihozlari majmuasi agressiv muhitdagi SO 2 va N 2 S ning hajmiy miqdori 6% gacha bo‘lgan gazli quduqlarni qazib chiqarishga mo‘ljalangan. KPG majmuasi tarkibiga quyidagilar kiradi (2.17-rasm, 2.8-jadval): 2PD- YAG turidagi gidravlik paker, quvurlarni bir-biridan ajratgich RK, sirkulyasiya mexanik klapani KSM, sirkulyasiya gidravlik klapani KSG, ingibitor klapani KING, teleskopik birikma ST, ajratuvchi klapan KA, boshmoq klapani, qabul qiluvchi klapan nippeli, keskich klapani uchun nippel va presslovchi klapan uchun nippel. Sirkulyasiya mexanik klapani quduqlarni to‘g‘ri va teskari yuvishdaquvur va quvur orti muhitida o‘zaro aloqa o‘rnatish uchun xizmat qiladi. Yana quduqlarni o‘chirishda qo‘llash mumkin. Sirkulyasiya gidravlik klapani quduqlarni o‘chirish jarayonida sirkulyasiya mexanik klapani yordamida iloji bo‘lmaganda quduqlarni halokatli o‘chirishda qo‘llaniladi. Klapan quvur yoki quvur ortida ortiqcha bosim ta’sirida emirilib ketadi. Mexanik va gidravlik sirkulyasiya klapanlari kanat texnikasi yordamida boshqariladi. 2.19-rasm. KPG turidagi quduq jihozlari majmuasi: a-emirilishga chidamli toifa; b-normal toifa; 1-ST turidagi teleskopik birikma; 2- KSG turidagi sirkulyasiya klapani; 3-KING turidagi ingibitor klapani; 4-KSM turidagi sirkulyasiya klapani; 5-RK turidagi kolonnalarni ajratuvchi; 6-3PD-YAG (PPG5) turidagi paker; 7-o‘tkazish nippeli; 8-1ZK turidagi qulf; 9-KUM turidagi tenglashtiruvchi klapan; 10-KA turidagi klapan-ajratgich; 11-pakerning kesuvchi klapani; 12-ST2 turidagi teleskopik birikma; 13-KSG1 turidagi sirkulyasiya klapani; 14-K turidagi kamera; 15-KINGS turidagi ingibitor klapani; 16-2PD-YAG turidagi paker; 17-ZNSV1 turidagi qulf. Xulosa Gaz va gazkondensat quduqlarini ishlatishning joriy xolatini taxlil etish, katlamning parametrlarini urganish va quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini tuzish maksadida davriy tarzda gazogidrodinamik tadqiqotlar olib boriladi.Bu tadqiqotlar davomida katlamning bosimi va xarorati urganilib , quduqning ishlashi bir necha rejimda sinab kuriladi.Gazogidrodinamik tadqiqotlar barqaror va beqaror rejimlarda olib boriladi.Barqaror rejimdagi tadqiqot natijasiga kura, indikator chizigi chiziladi , beqaror rejimda esa, quduq tubi bosimining tiklanish chizigi chizilib, bu chizma tasvirlarga ishlov berish natijasida katlamning parametrlari aniklanadi va quduqni ishlatishning anik texnologik rejimi tuziladi. Download 385.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling