12-MAVZU. KORROZIYA INGIBITORLARI
Reja:
1
. Ingibitor tasnifi
2. Noorganik ingibitorlar
3. Organik ingibitorlar va ularning himoya qilish mexanizmi
4. Ingibitorlarning quvur tizimida ishlatilish texnologiyasi
5. Atmosfera korroziyasi ingibitorlari
Ingibitor — lot. «inhibere» so‘zidan olingan bo‘lib, «to‘xtatish»,
«ushlash», «sekinlashtirish» ma’nosini anglatadi.
Ingibitorlar organik va noorganik moddalardan tashkil topgan bo‘ladi.
Korroziya sodir bo‘ladigan muhitga ko‘ra ingibitorlar suyuq muhit
uchun va atmosfera ingibitorlariga bo‘linadi. Suyuqlik ingibitorlari,
o‘z navbatida: kislota, neytral va ishqor eritmalari korroziyasi
ingibitorlariga bo‘linadi.
Agregat holati bo‘yicha
suyuq va
qattiq ingibitorlarga;
eruvchanligi bo‘yicha suvda, uglevodorodlarda va aralashgan
eritmalarda eriydiganlarga bo‘linadi.
Neft va gazlarni tashish va saqlash tizimida ishlatiladigan
ingibitorlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
uglevodorodlarda va suv muhitida erishi;
turg‘un emulsiya yoki suspenziya hosil qilishi.
Shu bilan bir qatorda, ingibitor ma’lum bir yuqori haroratda
jihozlarning ichki yuzasini vodorod oltingugurti (H
2
S), vodorod
xloridi (HCl) va suv bug‘ining agressiv ta’siridan saqlash
xususiyatiga ega bo‘lishi.