Ingibitor tasnifi Noorganik ingibitorlar
Ingibitorlarning quvur tizimida ishlatilish texnologiyasi
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
ingibitorlar -2.1
Ingibitorlarning quvur tizimida ishlatilish texnologiyasi
Neft va gaz sanoati tizimida rezervuar va quvurlarning ichki yuzasini korroziyadan himoya qilishda, ingibitorlar sifatida, tarkibida azot atomi bo‘lgan uzun zanjirli uglerodli organik birikmalardan foydalaniladi. Tarkibida vodorod oltingugurt birikmalari bo‘lgan muhit ta’siridagi quvur va rezervuarlarning ichki yuzasini himoya qilishda I-1-A markali ingibitordan foydalaniladi. Rezervuarlarning (idishlar) ichki yuzasini himoya qilishda I-1-A ingibitorining suvsiz neftdagi 5 foizli eritmasidan foydalaniladi. Buning uchun rezervuar (idish) ingibitor eritmasi bilan to‘ldiriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin, ingibitor eritmasi to‘kib olinadi va rezervuar foydalanishga topshiriladi. Bunday ishlashdan keyin, rezervuar ichki yuzasining korroziyalanish tezligi 90 - 95 foizga sekinlashadi. Ingibitorning himoya qilish xususiyati, taxminan 220 sutka davomida saqlanadi, ya’ni rezervuarni 7 oy davomida bir marta ingibitor eritmasi bilan ishlash kerak bo‘ladi.
Quvurlarning ichki yuzasini korroziyadan himoya qilishda I-1-A ingibitorning metanoldagi yuqori konsentratsiyali (25 -30 foizli) eritmasidan foydalaniladi. Quvurning ichki yuzasini ingibitor bilan ishlash ikki usul yordamida amalga oshiriladi: quvur ichki yuzasini bir marotaba ingibitor eritmasi bilan ishlash; quvurning ichiga ingibitor eritmasini uzluksiz kiritib turish.
Bir marotaba ishlashda, kerakli miqdordagi I-1-A ingibitor eritmasi quvur ichiga o‘rnatilgan OPRM turidagi ikki ajratuvchi porshenlarning o‘rtasiga qo‘yiladi. Porshenlar 0,2-0,3 MPa bosim farqida harakatlanadi. Natijada quvur
yuzasida ingibitor eritmasining himoya pardasi hosil bo‘ladi (3-rasm).
|
ma'muriyatiga murojaat qiling