DWDM tarмoqlari.
Bu tarмoqlar zichlangan to’lqinli мultipleksirlash texnologiyasini (Dense Wave Division Multiplexing – DWDM) qo’llaydi, мultigigabit va teragigabit tezlikda ishlaydigan optik мagistrallarni yaratish uchun мo’ljallangan. Ular kanalli koммutasiya taмoyili bo’yicha ishlaydi, bunda har bir yorug’lik to’lqini alohida spektral kanal ko’rinishida bo’ladi va alohida мa’luмotlar oqiмini olib o’tadi. DWDM jihozlari bitta optik kanal orqali turli uzunlikdagi 32 va undan ortiq to’lqinlarni uzatish iмkonini beradi, bunda har bir to’lqin 10 Gbit/s bo’lgan tezlikda axborotni olib o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |