7-ma’ruza. Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot almashish jarayonlarini tashkil qilish asoslari
Reja:
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish jarayonini tashkil etish.
Aloqa chiziqlari va ularning xarakteristikalari.
Ma’lumotlarni kodlash va multiplekslash.
Birlamchi tarmoqlar: PDH, SONET/SDH va DWDM.
Ma’lumotlarni simsiz uzatish.
Simsiz tizimlar va ularning xillari.
Kompyuter tarmoqlarida ma’lumot uzatish jarayonini tashkil etish
Ma’lumotlarni uzatish (ma’lumotlarni almashish, raqamli uzatish, raqamli aloqa) – ma’lumot uzatish kanali orqali, qoidaga ko’ra, kompyuter texnologiyalari yordamida keyinchalik ishlov berish uchun nuqtadan nuqtaga yoki nuqtadan bir nechta nuqtaga ma’lumotlarni (raqamli bitlar oqimini) elektr signallar shaklida fizik uzatishdir. Bunday kanallarga misol qilib, mis o’tkazgichlar, optik tolali kabellar, simsiz ma’lumot uzatish kanallari yoki saqlash qurilmalari bo’lishi mumkin.
Ma'lumot uzatish analog yoki raqamli bo'lishi mumkin, shuningdek analog modulyatsiya yoki raqamli kodlash orqali modulyatsiya qilinishi mumkin.
Ma'lumot uzatish tarmog'i - ma'lumotlar uzatish kanallari va kommutatsiya qurilmalari (tarmoq tugunlari) bilan ulangan, barcha terminal qurilmalar o'rtasida xabar almashishni ta'minlaydigan uch yoki undan ortiq aloqa qurilmalarining (terminallarining) kombinatsiyasi.
Ikki xil ma’lumot uzatish tarmoqlari mavjud:
1. Telefon tarmoqlari.
2. Kompyuter tarmoqlari.
Kommutatsiyalash usullariga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Kanallarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlar;
2. Paketlarni kommutatsiyalashga asoslangan tarmoqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |