7-ma’ruza mavzu: Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elementlari


Download 205.31 Kb.
bet1/6
Sana08.11.2023
Hajmi205.31 Kb.
#1758185
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-ma’ruza mavzu Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elemen-fayllar.org


7-ma’ruza mavzu: Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elementlari

7-MA’RUZA
MAVZU: Avtomatik rostlashning nazariy va texnik elementlari: Avtomatik rostlash usullari. Avtomatik rostlash sihemalari(ARS). Ularning ta’rifi, asosiy tushunchalari va funksional sxemalari. Teskari bog’lanish tushunchasi.
Reja:

1.Avtomatik regulyator tuzilishi


2.Rostlash qonunlarining klassifikasiyasi va regulyatorlar
3.Regulyator tanlash
4.Texnologik ob’ektlarni avtomatlashtirishga tayyorlash
5.Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishning prinsipial sxemalari
6.Prinsipial sxemalarning tiplari

Adabiyotlar:


1. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari”, -Toshkent, 1997 y.
2. Yusupbekov N.R. va boshqalar. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish.”, -Toshkent, 1982 y.
3. Mansurov X.N. “Avtomatika va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish”,-Toshkent 1987 y.
4. Mayzel M.M “Osnovы avtomatiki i avtomatizatsii proizvodstvennыx protsessov ”, - Toshkent, 1964
5. Tuzuvchi F.S.Mirzaxo’jaeva. «Avtomatik boshqarish nazariyasi kursini o’rganish bo’yicha metodik qo’llanma:Asosiy tushunchalar va ta’riflar.»
Toshkent,1990 y., 15-30-betlar.

9. Avtomatika rostlagichlari

9.1. Avtomatik rostlagichlar haqida tushuncha
Avtomatik rostlagichlar sanoatning turli soxalarida texnologik jarayenlarni avtomatlashtirishda keng ishlatiladigan texnikaviy vositalar hisoblanadi. Rostlagichlarni klassifikatsiyalash rostlanuvchi miqdorning turi, rostlagichning ish usuli, ishlatiladigan energiya turi, ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri, rostlagich ishining tavsifnomasi (rostlash qonuni) kabi xususiyatlarga asoslanadi.
Rostlanuvchi miqdorning turiga ko`ra rostlagichlar qiyidagilarga bo`linadi: bosim, sarf, sath, namlik va kabi rostlagichlar. Ishlash usuliga ko`ra bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi rostlagichlar mavjud. Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun rostlanuvchi ob’ektdan olingan energiyaning uzi bilan ishlovchi rostlagichlar bevosita tasir qiluvchi rostlagich deb ataladi. Agar ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organini ishga tushirish uchun qo`shimcha energiya kerak bo`lsa, bilvosita tasir qiluvchi rostlagichlar ishlatiladi. Foydalaniladigan energiya turiga ko`ra rostlagichlar elektr, pnevmatik, gidravlik va aralash (elektr-pnevmatik, pnevmo-gidravlik va hokazo) rostlagichlarga bo`linadi.
Ijro etuvchi mexanizmning rostlovchi organiga ko`rsatiladigan ta’sirning harakteri jixatidan rostlagichlar uzlukli va uzluksiz ishlovchi bo`ladi. Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi. Rostlanuvchi miqdorning o`zgarishi va rostlovchi ta’sir urtasidagi bog’lanish (yeki ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda tutilgan ish tavsifnomasiga ko`ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik), proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial (oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differinsial (oldindan ta’sir etuvchi izodrom) bo`ladi.
Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga bo`linadi. Stabillovchi rostlagichlar rostlanuvchi miqdorning berilgan qiymatga (ma’lum darajadagi xato bilan) tenglashishini ta’minlaydi. Programmali rostlagichlar maxsus programmali topshiriq bergich yerdamida rostlanuvchi miqdorning vaqt bo`yicha avvaldan ma’lum bo`lgan programma (qonun) bo`yicha o`zgarishini ta’minlaydi. Bu programma texnologik reglament talablariga muvofik tuzilgan bo`ladi. Kuzatuvchi rostlagichlarda rostlanuvchi miqdorning vaqt bo`yicha o`zgarishi rostlagich topshiriq bergichga bilvosita ta’sir qiluvchi boshqa kattalikning o`zgarishiga mos bo`ladi.


Download 205.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling