7-Ma’ruza Mavzu: Kanal va seans sathlarida himoyalanganlik kanallarni shakllantirish protokollari. Reja
Download 314.06 Kb.
|
7-mavzu. Kanal va seans sathlarida himoyalanganlik kanallarni shakllantirish protokollari.
7-Ma’ruza Mavzu: Kanal va seans sathlarida himoyalanganlik kanallarni shakllantirish protokollari. Reja: Kanal sathida himoyalangan kanallarni shakllantish protokollari. PPTP, L2F va L2TP protokollari. Seans sathida himoyalangan kanallarni shakllantish protokollari. SSL/TLS va SOCKS protokollari Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin emas¬ligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to‘g‘irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi. Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) (7.1-rasm) deb ataladigan to‘plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to‘g‘ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi. 7.1-rasm. Kadr tuzilishi Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo‘l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo‘shilgan bo‘ladi. Kadr tarmoq orqali o‘z manziliga etib kelganida, uni qabul qilib olgan stantsiya ham na¬zorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bi¬lan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo‘lsa kadr to‘g‘ri etib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi. Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko‘priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Ethernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi. Bu standartlarga asosan lokal kompyuter tarmoqlarining kanal sathi ikkita sath osti sathlariga bo‘linadi: 1. LLC (Logical Link Control) – mantiqiy kanalni boshqarish sath osti sathi. 2. MAC (Media Access Control) - muxitiga ulanishni boshqarish sath osti sathi. LLC sathi – kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlarni har-xil darajadagi ishonchlilik bilan uzatishni amalga oshirish uchun javob beradi, hamda tarmoq sathi bilan ulanuvchi interfeys vazifasini bajaradi. Tarmoq sathi, LLC sathi orqali, kanal sathidan o‘ziga kerak bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish amaliyotini, ya’ni transport hizmatini unga kerak bo‘lgan sifatda bajarib berishni so‘raydi. MAC sathi esa – kompyuterlar birgalikda foydalanadigan umumiy shina yoki halqa topologiyali muxit vaqtini ma’lum bir algoritm asosida taqsimlab, tarmoqni to‘g‘ri ishlashini ta’minlab beradi. MAC sathi yordamida uzatish muhitiga murojaat qilishga ruxsat olingandan so‘ng, LLC sathi tomonidan ma’lumotlarni mantiqiy birliklarini, axborot kadrlarini, har-xil darajadagi sifat bilan uzatish, ya’ni transport hizmati amalga oshiriladi. Download 314.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling