Mavzu: Iqtisodiy rivojlanish darajasi va milliy boylik Men ushbu mavzuni algoritm asosida


Download 31.72 Kb.
bet1/3
Sana24.01.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1116789
  1   2   3
Bog'liq
3. Milliy boylik (Algoritm)


Mavzu: Iqtisodiy rivojlanish darajasi va milliy boylik
Men ushbu mavzuni algoritm asosida tahlil qilaman. Algoritm-ma’lum bir turga oid masalalarni yechishda ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur). Shunday ekan, men ushbu mavzuni yoritishda:

  1. Nazariy-metodologik asoslar.

  2. Tahlil va natijalar.

  3. Xulosa va takliflar ketma-ketligidagi algoritmdan foydalanaman.

Nazariy-metodologik asoslar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini taxlil kilish, milliy Iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniklash xamda uni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chikarish uchun bir kator iktisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Aloxida firmalar faoliyatiga baxo berishda ko’llaniladigan ko’rsatkichlardan farkli tarzda bu ko’rsatkichlar milliy Iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baxo berish, makroiqtisodiy taxlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jaxon xo’jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniklash imkonini beradi.
Bu ko’rsatkichlarga kuyidagilar kiradi:
· Yalpi ichki maxsulot (YaIM), Sof ichki maxsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol(S), Jamgarish (S) ko’rsatkichlarining xajmi va o’sish sur’atlari;
. iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
. mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o’sish suratlari;
. resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar (Mexnat unumdorligi, Fond kaytimi);
· davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste’mol baxolari indeksi, inflyasiyaning o’sish sur’atlari;
· ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, axolining ish bilan bandlik darajasi;
· axolining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi mikdori va boshkalar.
Davlat byudjeti takchilligi va inflyasiya surati kabi ko’rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baxo berishda ko’llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, S, S ko’rsatkichlari milliy ishlab chikarishning parametrlarini va dinamikasini taxlil etishda foydalaniladi.
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida yaratil- gan va jamg‘arilgan moddiy, nomoddiy va intelektual boyliklar hamda tabiat inondaridan iboratdir.
Milliy boylik o‘z ichiga moddiy va nomoddiy ne'matlami, yaratilgan san’at asarlarini intclektual salohiyatni hamda barcha tabiat resurslari va boyliklarini oladi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

  1. Moddiy buyumlashgan boylik.

  2. Nomoddiy boylik.

  3. Tabiiy boylik.

Moddiy buyumiashgan boylik ishlab chiqarishning unumli mehnatining natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarni joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi. Boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarilib va qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, iste'mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘mini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi moddiy buyumiashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Milliy boylik mehnat natijasida yaratiladi va ko'payib boradi.
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan qismi, o‘z ichiga quyidagilami oladi:

  • Ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy fondlar.

  • Noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy fondlar. Asosiy fondlaming bu turiga davlatning uy-joy fondi, ijtimoiy madaniy xarakterdagi obyektlar kiradi.

  • Aylanma fondlar. Milliy boylikning bu qismi mehnat pred- metlaridan iborat, bo‘lib asosiy fondlarning taxminan 1/4 qis- mini tashkil qiladi.

  • Tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumiashgan qismi. Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta'siri ostida bo‘lib, potensial tayyor mahsulot hisoblanadi.

  • Moddiy zaxiralar va ehtiyojlar. Bunga muomala bosqichi- dagi tayyor mahsulot, korxonalar va savdo tarmoqlaridagi mod- diy zaxiralar, davlat ehtiyojlari va rezerv fondlari kiradi, Moddiy zaxiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan bilib bo‘hnaydigan favqulodda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi. Davlat ehtiyojlariga oltin zaxiralari, sug‘urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zaxiralar kiradi.

  • aholining uy, tomorqa va yordamchi xo'jalikda jamg‘aril- gan mol-mulk. Bunga uy-joy, avtomobil. madaniy-maishiy bu- yumlar, kiyim-kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi.

Milliy boyiik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. balki uning bir qismi nomoddiy isblab chiqarish soha- larida vujudga keltiriladi va jamiyatning nomoddiy boyligi hisob- lanadi. Ular ham moddiy ishlab chiqarish sohalarining faoliyat olib borishi va rivojlanishi uchun, shuningdek, bevosita aholi- ning turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun za- rur bo‘ladi. Bunday boyliklarga ta’lim, sogiiqni saqlash, fan, madaniyat, sport sohalarida vujudga keltiriladigan nomoddiy qiymatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy yodgorliklar, arxitek- tura obidalari, noyob adabiyotlar va san’at asarlari alohida o‘rin tutadi.
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, jamiyat a’zolarining to‘plagan ilmiy bilimlari va intelektual darajasi, ishlovchilarning ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog‘liqni saqlash, ta'lim va sportning rivojlanish darajasi o‘z ifodasini topadi.
Intelektual mulk deganda — mualliflar intelektual faoliyatining nomoddiy haq-huquqlari va qonun yo'li bilan mustahkamlangan vaqtincha yoki individuallashtirish vositalari tushuniladi. Intelektual mulk huquqini belgilovchi qonunchilik mualliflarining individual va ijodiy faoliyatini ayrim shakllaridan foydalanishning monopoliyasini belgilaydi va shu yo‘l bilan boshqalar foydalanishida muallifdan ruxsat olishni taqozo etadi.
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chi- qarishning moddiy shart — sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning vujudga kelishi insoniyat jamiyat rivojiga bogiiq emas, u tabiat qonunlari asosida ro‘y beradi. Foydali qazilma boyliklari, o'rmonlar, suv va yer resurslari xuddi shunday vujudga kelib ishlab chiqarish- dan tashqarida turadi.
Tabiat in’omlari o‘zlarining dastlabki ko‘rinishida tabiiy boylik boiib, shu holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. Buning ma'nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potensial boylik hisoblanadi. Ular real boylikka inson mehnatining ta’siri oqibatida aylanadi.
O‘zbekiston yer ustii va yerosti boyliklari bilan haqli ravish- da faxrlanadi. Chunki yer har qanday jamiyatning, mamlakat- ning beqiyos boyligidir. Yer bu - qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasidir. O‘zbekiston hududi doirasida shakllantiruvchi yillik suv oqimi 10 kub km.ga yaqin. Boshqa mamlakatlar hududidan oqib keluvchi suv oqimi 89 kub km.ni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan.
O‘zbekiston hududida oltin, mis, uran, kunnish, rux, vol- fram, molibden, alyuminiy va magniy rudalari, nodir metallar, oltingugurt, osh tuzi, kaliyli va boshqa tabiiy tuz qatlamlari, kaolin, o‘tga chidamli xomashyolar, bentonit, marmar va bosh- qa bezak toshlari topilgan. Asosiy yoqilgh energetika resurslari neft, gaz ko'mir. Rivojlangan elektroenergetika tarmoqlari mav- jud.
O'zbekistonda 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarining mavjudligi respublika iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin ishlab chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoatlarini tez sur'atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qurilish materiallarining 400 dan ortiq konlari mavjud.
Hozirgi davrga kelib aniqlangan milliy boylik manbalari ishlab chiqarish korxonalarini uzoq muddat davomida oltin, mis, tabiiy gaz, qo'rg'oshin, rux, ko‘mir va boshqa mahsulotlar bilan ta'minlabgina qolmay, ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini ham bermoqda.
O‘zbekistonning yerosti boyliklari paxta dalalarining hosildorligini oshirishga muhim hissa qo‘shadi. Turon yonuvchi slanetslaridan mahalliy slanets konlari bazasida o‘g‘it sifatida ishlatiladigan va paxta hosildorligini oshirishning muhim omili boigan smola olish masalasi hal qilingan. Ko‘p miqdorda yangi qurilish materiallari, masalan, keramzit ishlab chiqarish uchun kerak boigan betonitlar, Toshkent metropoliteni uchun zarur bezak toshlari va boshqalar ishlab chiqarilishi tashkil qilingan.
Milliy boylik jamiyatning iqtisodiy kuch-quwatini ko'rsatadi va iqtisodiy potensialni tashkil etadi. Jamiyatning ishlab chiqara bilish qobiliyati iqtisodiy potensial deb ataladi. Bu qobihyat ishlab chiqarish resurslari miqdori va sifati bilan belgilanadi, yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi. Shu sababli uning muhim ko‘rsatkichi bo'lib- yalpi milliy mahsulot ko'rsatkichi hisoblanadi. Bu mahsulotni ishlab chiqarish esa — milliy boylikning hajmi va strukturasiga, undan yaxshi foydalanilishiga bog‘liqdir. Shunday ekan, iqtisodiy potensial yuksalgan sari jamiyat tobora boyib boradi.
Iqtisodiy potensial jamiyat a'zolarining ehtiyojini qondirish uchun ishlatiladi. Agar ehtiyojlar to‘laroq qondirilsa, iqtisodiy potensial samarali ishlatilgan bo‘ladi. Iqtisodiy potensiaining to‘rt xil unsuri (elementi) mavjud:
1. Mehnat potensiali.
2. Ilm-ma’rifat potensiali.

  1. Texnika-texnologiya potensiali.

  2. Tabiiy potensial.

Mehnat potensiali — jamiyatdagi mehnatga layoqatli, bilim va malakaga, ishlab chiqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilardir. Mehnat potensialining miqdoriy oichami ishga yaroqli kishilar soni bo‘lib, uning o'sib borishi aholining ko'payishidan kelib chiqadi. Sifat jihatidan mehnat potensiali mazkur aholining bilim saviyasi, kasbiy malakasi va tajribasini bildiradi. Mehnat potensiali ishlab chiqarish orqali Milliy boylikni oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Ilm-ma’rifat potensiali - ilm-ma’rifatga xizmat qiluvchi moddiy va insoniy resurslar, fan erishgan darajadir. Ilm-ma’rifat potensialini unga sarflangan mablag‘lar va ilmiy pedagogik kadr- lar soni va malakasini belgilaydi. Ilm-ma’rifat rivojiga qanchalik ko‘p mablag‘ sarflansa, uni samarali ishlatish ta’minlansa, iqtisodiy o‘sish shunchalik tezlashib, milliy boylik ko‘payadi.
Texnika-texnologiya potensiali — jamiyatdagi mashina- mexanizmlar miqdori, ulaming tarkibi, texnikaviy darajasi va texnologik tizimlar majmuyini o‘z ichiga oladi. Bu potensial fan yutuqlari naqadar yangi texnika va texnologiyada moddiylashganligini bildiradi. Texnika-texnologiya darajasi fan taraqqiyotiga monand tushishi shart, ammo buning uchun fan yutuqlarini amaliyotda joriy etishni ta'minlovchi iqtisodiy vositalar amal qilishini talab qiladi. Agar bunday vosita bo‘lmasa, fan va texnika potensiali bir-birini ta'minlamay qo'yadi. Masalan, sobiq SSSRda yer yuzidagi olimlarning 25 foizi ishlagan, lekin fan bilan texnikani bog‘lovchi vosita zaifligidan, ulkan mamlakat islilab chiqarish darajasi bo'yicha dunyoda 68 o'rinni egallagan. Texnika-texnologiya potensiali ilmiy potensialdan yuqori bo'lishi ham mumkin, ammo bu hol ishlab chiqarish import qilingan texnika-texnologiyaga asoslanganda yuz berdi. Masalan, Yaponiyada ilm-fan va ta’lim iqtisodiy rivojlanishda asosiy omilga aylandi. Yaponiyada YalM ko‘payishining uchdan ikki qismi ushbu omil hisobiga bo'ladi. Bu mamlakatda ilmiy tadqiqot, tajriba konstruktorlik izlanishlariga (NIOKR) sarflanadigan mablagflar quyidagicha taqsimlangan: fundamental nazariy tadqiqotlarga 12,6 %; amaliy tadqiqotlarga 24,2 %; ulami ishlab chiqarishga 63,2 %. Bu sohadagi o‘rtacha ish haqi mamlakatdagi o'rtacha ish haqqidan 2,6-3 marta yuqori.1
Tabiiy potensial — tabiiy resurslar miqdori va sifati, tabiiy sharoit, iqlim, rel’ef, ob-havo sharoiti. Tabiiy potensial cheklangan va notekis joylashgan bo‘ladi. Tabiiy potensialni yer, suv zaxiralari, o'rmon va yerosti boyliklari, suv boyliklari, iqlim qulayliklari tashkil etadi. Ular iqtisodiyotga ko‘maklashuvi yoki unga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. Ammo tabiiy resurslar yaratgan to‘siqlami ilmiy va texnikaviy potensial bartaraf etishi mumkin. Masalan, Yaponiya tabiiy resurslari kamyobligini yuksak texnika-texnologiya potensiali vositasida ortig'i bilan qoplaydi.

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling