Mavzu: Iqtisodiy rivojlanish darajasi va milliy boylik Men ushbu mavzuni algoritm asosida


Download 31.72 Kb.
bet2/3
Sana24.01.2023
Hajmi31.72 Kb.
#1116789
1   2   3
Bog'liq
3. Milliy boylik (Algoritm)

Tahlil va natijalar
Iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning barqaror o‘sishi ta’minlanmoqda. Keyingi 12-yil davomida (2004-2015-yil- lar) bu ko‘rsatkichning o‘sish sur’ati o‘rtacha yiliga 8 foizdan oshiq- roqni tashkil etdi. 2016-yilda esa yalpi ichki mahsulot 7,8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6,6 foiz, qishloq xo‘jaligi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish- ning harakatlar strategiyasida “Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish”1 vazifasi belgilandi.
Olib borilgan tarkibiy o‘zgarishlar natijasida sanoatning yalpi ich- ki mahsulotdagi ulushi 2000-yildagi 14,2 foiz o‘miga 2016-yilda 25,7 foizni, xizmatlar ko‘rsatish sohasining ulushi 37,2 foiz o‘miga 49,5 foizni tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligida esa aksincha - bu ko‘rsatkich pasayib, 30,1 foizdan 17,6 foizga tushdi.

Ko‘rsatkichlar

2000

2004

2008

2012

2013

2014

2015

2016

Sanoat

14,2

17,5

22,3

24,0

24,1

24,1

24,3

25,7

Qishloq xo‘jaligi

30,1

26,4

19,4

17,5

17,4

17,2

16,7

17,6

Qurilish

6,0

4,8

5,6

5,9

6,4

6,8

7,3

7,2

Xizmatlar sohasi

37,2

37,2

43,4

44,9

43,9

43,5

42,9

49,5

Sof soliqlar

12,5

14,1

9,3

7,7

8,2

8,4

8,8

8,7

Davlat statistika qo‘mitasi 2018-yilning yanvar – iyun oylari uchun yalpi ichki mahsulot (YAIM)ning dastlabki baholanishini e’lon qildi. 


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2018-yilning yanvar – iyunida O‘zbekiston Respublikasi YAIM hajmi joriy narxlarda 152 533,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,9 foizga o‘sdi. YAIM deflyatori indeksi 2017-yilning yanvar – iyunidagi narxlarga nisbatan 135,4 foizni tashkil etdi. 
Aholi jon boshiga hisoblangan YAIM 4,653 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,1 foizga yuqoridir. 
Iqtisodiy o‘sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi YAIM umumiy hajmining 85,5 foizini tashkil etdi va 5,0 foizga o‘sdi (YAIM mutloq o‘sishiga ta’siri 4,4 foiz punktni tashkil etdi). 
Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 14,5 foizni tashkil etdi va 4,5 foiz darajasida o‘sish qayd etildi. 
YAIM o‘sish sur’atiga xizmatlar sohasi eng katta ta’sir ko‘rsatdi (1,9 f.p.) va bu soha o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,4 foizga o‘sdi. Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar 1,7 foizga, tashish va saqlash, axborot va aloqa 5,6 foizga va boshqa xizmatlar 5,0 foizga o‘sdi.
Sanoat tarmog‘ining qo‘shilgan qiymatida 6,1 foizlik o‘sish qayd etildi. Sanoat ishlab chiqarishining YAIM mutloq o‘sish sur’atiga ijobiy ta’siri 1,4 f.p. darajasida baholandi. Sanoat tarmog‘idagi ijobiy dinamika tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 34,3 foizga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatining 0,9 foizga va boshqa sanoat tarmoqlarining 2,0 foizga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. 
Qurilish ishlari hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 9,7 foizga o‘sdi. YAIMning mutlaq o‘sishida qurilish tarmog‘ining ijobiy hissasi 0,7 f.p. darajasida baholandi. 
2018-yilning yanvar – iyun oylari yakunlariga ko‘ra, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida ham 2,7 foiz darajasida ijobiy o‘sish sur’ati qayd etildi. Mazkur tarmoqning YAIM mutloq o‘sish sur’atiga ta’siri 0,4 f.p.ni tashkil qildi. 
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligining YAIM tarmoqlari bo‘yicha tarkibidagi ulushi o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,5 f.p.ga kamaydi va 16,7 foizni tashkil qildi. 
Sanoatning ulushi 26,1 foizdan 30,6 foizga oshdi, qurilish tarmog‘ining ulushi esa o‘tgan yilgi darajada saqlanib qoldi va 7,4 foizni tashkil qildi. 
Xizmatlar sohasining YAIM tarmoqlari bo‘yicha tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri (49,3 foiz) bilan taqqoslaganda 4,0 f.p. ga kamaydi.
Davlat statistika qo‘mitasi 2022-yil birinchi choragida yalpi ichki mahsulot 5,8 foizga oshganini ma’lum qildi.
Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmi joriy narxlarda 162,8 trillion so‘mni tashkil etdi.
2021-yilning mos davri bilan taqqoslaganda 5,8 foizga o‘sdi.
2022- yilning yanvar-mart oylarida aholi jon boshiga hisoblangan YAIM hajmi joriy narxlarda 4 million 604,6 ming so‘m (420 AQSH dollari)ni tashkil etib, 2021 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,7 foizga o‘sdi.
Milliy boylik ko’rsatkichlari. Respublikamizda xalq xoʻjaligi tarmoqlarida yaratilgan yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad oshdi. Masalan, 1990-yili bu daromad 1970-yildagiga nisbatan 3 barobar oshdi va 21,2 milliard soʻmni tashkil qildi. Shu jumladan, sanoatda 7,1, qishloq xoʻjaligida 7,5, qurilish boʻyicha 3,0, transport va aloqada 1,1, savdo, tayyorlov, moddiy-texnika taʼminoti va boshqalar boʻyicha 2,5 milliard soʻm boʻldi. Shunga qaramasdan, sobiq SSSRda Oʻzbekistonning milliy boyligi atigi 3,5%ni tashkil qilgan. Yuqorida keltirilgan raqamlardan 70 yildan oshiq hukm soʻrgan totalitar tuzimning ogʻir oqibatlarini koʻrish mumkin. Sobiq Ittifoqning 7% aholisi yashagan respublikada jami mahsulot ishlab chiqarish atigi 4, sanoat ishlab chiqarishi 1,1%ni tashkil qilgan. Hozirgi kunda respublikada milliy daromad ogʻir sanoat, shuningdek, engil va oziq-ovqat sanoati, paxta, ipakchilik, qorakoʻlchilik, mevachilik, uzum etishtirish, sabzavotchilik bilan bogʻliq. Ular Hamdoʻstlik davlatlari orasida ahamiyatlidir. Mamlakatimiz jahon bozorida mehnat taqsimotida paxta tolasi, ipak, kanop poyasi, qorakoʻl, paxta terish mashinalari, paxta tozalash jihozlari, xom-ip tayyorlaydigan mashinalar ishlab chiqarish boʻyicha 1-oʻrinda, elektrokranlar, ip, gazlama, sholi, sabzavot etishtirish boʻyicha 3-oʻrinda, tabiiy gaz qazib chiqarish boʻyicha 4-oʻrinda turadi.
O‘zbekiston yer ustii va yerosti boyliklari bilan haqli ravish- da faxrlanadi. Chunki yer har qanday jamiyatning, mamlakat- ning beqiyos boyligidir. Yer bu - qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasidir. O‘zbekiston hududi doirasida O'zbekistonda 100 ga yaqin mineral-xomashyo turlarining mavjudligi respublika iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini, ayniqsa gaz, oltin ishlab chiqarish, energetika, kimyo, rangli metallurgiya, qurilish materiallari sanoatlarini tez sur'atlar bilan rivojlantirish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda qurilish materiallarining 400 dan ortiq konlari mavjud.
Shu kungacha respublikada hammasi boiib mineral xomashyo turlaridau 70 ga yaqini ishlab chiqarishga jalb etilgan.
O‘zbekistonda to‘rt ming tonnadan ortiqroq katta zaxiraga ega boigan 3 ta uran koni aniqlangan. Respublikada zaxirasi 2 triiion m3 gaz, 2 mlrd tonna ko‘mir, ko‘p miqdordagi niis konlari topilgan.
Oʻzbekistonda aniqlangan baʼzi bir nometall mineral xom ashyo konlari (Shoʻrton gaz kompleksi, Ustyurt soda zavodi, qizilqum fosforit kombinati) mavjudligiga qaramay, har yili 500 ming tonna fosforit, 280 ming tonna kaliyli oʻgʻit, 408 ming tonna osh tuzi, 87 ming tonna kvars qumlari, 127 ming tonna betonit gillari hamda ohak, barit, asbest, kaolin konsentrat, dala shpati, talk, grafit, mineral pigmentlar, natriy sulfat, oltingugurt va hokazolar Ukraina, qozogʻiston, Rossiyadan tashib keltirilar edi. Kelajakda respublikaning nometall mineral xom ashyolari asosiy turlariga, ulardan qilinadigan buyumlarga talabi bir necha bor oshdi. Agar ularni respublikada ishlab chiqarish kengaytirilmasa tashqaridan tashib kelish lozim boʻladi va katta sarf-xarajat qilinadi. Shuning uchun respublikada geologik qidiruv ishlarining istiqbolini aniq belgilab, ularni tez surʼatlarda amalga oshirish lozim. Bu faqat respublikamiz talabinigina qondirmay, balki foydali qazilmalarning koʻp turlarini yaqin va uzoq chet davlatlarga yuborish imkoniyatlarini ham beradi.
Hozir Oʻzbekistonda razvedka qilingan istiqbolli foydali qazilmalarning manbai boʻyicha sanoatning ayrim tarmoqlarini jadal rivojlantirib, 2000-yilga moʻljallangan darajada mavjud perspiktiv konlar va maydonlar tekshirilib, ulardan 2005-2015-yillar davomida foydalanish imkoniyatini taʼminlash mumkin. Bunda birinchidan, oltin, mis, qoʻrgʻoshin, rux, kumush, vismut va boshqa nodir elementlar chiqaruvchi rangli metallurgiyaning kelgusi rivojlanish masalasini hal qilish imkoniyati tugʻildi.

Download 31.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling