12-mavzu. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish
Download 97.03 Kb.
|
12-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari
- Iqtisodiy bashoratlash
12-mavzu. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish. 1.Ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari. 2.Bashoratlash usullari va ularning turlari. 3.Ekonometrik tenglamalar tizimi yordamida bashoratlash uslubiyoti. 1.Ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlashning umumiy tushunchalari va ob’ektlari Bashorat - bu ehtimol yoʻnalishlar, ob’ektlar va hodisalarning rivojlanishi natijalari. Prognozlash - bu ob’ektni rivojlantirish istiqbolini belgilab beradigan maxsus ilmiy tadqiqotlardir. Prognozlash nima boʻlishi mumkinligini koʻrsatib beradi; rejalashtirish - boʻlishi shart degan ma’noni bildiradi. Bashoratlash sohalari juda keng: geografik, geologik, ekologik, iqtisodiy, sotsial, tashqi-siyosiy, yuridik va h.k. Iqtisodiy bashoratlash - bu iqtisodiy qonunlarga ilmiy yondoshgan holda iqtisodiy tizimlarni prognozlarini tuzish jarayonidir. Iqtisodiy tizimni boshqarish sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin: Avvalo iqtisodiy tizimni rivojlanishini maqsadi aniqlanadi. Quyidagi maqsadga kelajakda boʻlishi mumkin holatlari oʻrganilib prognoz qilinadi. Eng samarali tanlangan rivojlanish variantlari, kompleks dasturlarni tuzilishiga informatsion baza sifatida qoʻllanib, prognoz qilingan holatga tizim erishish uchun, qanday tadbirlar amalga oshirilishi kerakligini dastur koʻrinishida tuzib olinadi. Bashoratlash avvalo, rejalarning ilmiy asoslanganligini oshirish uchun taraqqiyot maqsadlaridan biriga erishishga qaratilgan konkret reja yoki kompleks dasturni tekshirish asosi tarzida qaraladi. Ishning bu bosqichi reja echimlarining, shuningdek iqtisodiy tadbirlar tizimini oʻtkazish muddatlarining izchilligini tanlash va asoslash imkonini beradi. Bashoratlash jarayoni ob’ektni tahlilidan boshlanadi. Bu tahlil ob’ektni tanlash, prognozlash maqsadida, ob’ektga ta’sir etuvchi omillarni oʻrganish, uning tarkibi, boshqarish usullarni oʻrganishdan iborat. Iqtisodiy tizim juda katta va murakkab boʻlgani uchun uni oʻrganishda tizimli tahlil usuli qoʻllanadi. Bu usulni asosiy prinsiplari quyidagicha: 1. Murakkab tizim juda koʻp elementlardan iborat. Bu elementlar bir-biri bilan bogʻlangan boʻlib, murakkab strukturani tashkil etadi. 2. Murakkab tizim yaxlitlik xususiyatiga ega. Bunday tizimlar har doim maqsadga intilgan boʻladi, samarali holatga erishishga harakat qiladi. 3. Tizim kirish va chiqish yoʻllari orqali tashqi muhit bilan bogʻlangan. Xt Yt Faraz qilaylik tizim holatini aniqlaydigan 3 vektor ma’lum boʻlsin. Xt = (X1, X2,..., Xm)t St = (S1, S2,…, Sk)t Yt = (Y1, Y2,..., Yn)t Tizimnichiqishholatikirishparametrlarivatizimniichkiholatibilanquyidagichabogʻlangan: Yt = f (Xt, St) Bu yondoshuv ekonometrik modellashtirishda qoʻllaniladi. 4. Har bir murakkab tizimni elementlarga boʻlish mumkin. Masalan: Xalq xoʻjalikni elementlari bu tarmoqlar, korxonalar elementlari - boʻlimlar va h.k. Tizimni elementlari ierarxiya prinsiplariga boʻysunadi. 5. Murakkab va katta tizimlarni toʻliq tasvirlash, izohlash juda qiyin, shuning uchun ularni boshqarishda, pronozlashda ma’lum bir ehtimollik nazarda tutiladi. Ishlab chiqarish funksiyalar boʻyicha prognozlash uchun ketma-ket bir nechta bosqichlardan oʻtish lozim: 1. Berilgan ma’lumotlar asosida korrelyasion tahlil oʻtkaziladi: a) xususiy korrelyasiya koeffitsientlar matritsasi hisoblanadi; b) juft korrelyasiya koeffitsientlari matritsasi hisoblanadi. 2. Korrelyasion tahlil natijasida tanlangan omillar asosida regressiya tenglamasi quriladi; 3. Qurilgan tenglama quyidagi mezonlar boʻyicha baholanadi: a) Fisher mezoni; b) Styudent mezoni; v) Darbin-Uotson mezoni; g) Koʻplik korrelyasiya koeffitsienti; d) Determinatsiya koeffitsienti; e) approksimatsiya xatoligi. 4. Qurilgan tenglama mezonlarga mos kelsa, keyin asosiy koʻrsatkich tenglama asosida prognoz davri hisoblanadi. 5. Ishlab chiqarish funksiyasini asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: a) oʻrtacha unumdorlik omillari; b) chegaraviy unumdorlik omillari; v) resurslar boʻyicha elastiklik koeffitsientlari; g) resurslarga talab; d) resurslarni almashtirish chegaralari. Download 97.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling