12-mavzu. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish
Download 97.03 Kb.
|
12-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gʻoyalarni jamoa generatsiyalash usuli.
- Delfi usuli.
Ekspertlar guruhini tuzish. Avvalambor ekspertlarni tanlash, ularning malakalariga e’tibor berish va keyinchalik guruhlar tuzish zarur.
Kerakli belgilardan ekspertning ishchanligi, mahorati, oʻrganilayotgan sohaning mutaxassisi boʻlishi zarur. Buning uchun koʻp mutaxassislarga savol berilib, u yoki bu sohada kim ekspert ekanligini soʻrash mumkin. Keyinchalik eng koʻp ovoz olgan ekspertni guruhga kiritish lozim: . Ishbilarmonlik bilan ishtirokchilarning boshqa sifatlari ilmiy yondashishi, fikrlash doirasi va saviyasi ham hisobga olinadi. Guruhlardagi ekspertlar soni soʻrov usuliga bogʻliq. YUzma-yuz uchrashuv uchun 10-15 kishi kifoya. Agar vaqt, mehnat va mablagʻ sarfi cheklanmagan boʻlsa, sirtdan soʻroq oʻtkazganda ekspertlar soni cheklanmagan. Gʻoyalarni jamoa generatsiyalash usuli. Bu usul «gʻoyalar jangi» deb nom olgan. U yuzma-yuz soʻrov usuli boʻlib, XX asrning 50-yillarida kashf etilgan. Dastlab 10-15 kishidan iborat guruh tuziladi. Tayyorgarlik jarayonida ekspertlarga eslatma tayyorlanadi va unda muammoli holatlar, markaziy masalalar, muhokama savollari va oldindan gʻoyalarni oʻylab qoʻyish soʻraladi. Yigʻilishni oʻtkazish uchun rais saylanadi. U yigʻilishni ochadi. Ekspertlarga nutq uchun 2-3 minut ajratiladi va u bir necha gal takrorlanadi. Bu usulda tanqidiy fikrlar ijobiy muhokama qilinadi. Muhokama stenogramma qilinadi. Muhokamaga 20-45 minut ajratiladi. Keyingi bosqichda seans natijalari boshqa mutaxassislar guruhi tomonidan qayta ishlanadi. Bu bosqichda jami gʻoyalar tanqid etiladi va gʻoyalar, takliflarning soʻnggi roʻyxati tuziladi. Bu roʻyxatga samarali va amaliy gʻoyalar kiritiladi. Delfi usuli. Delfi usuli AQSH da XX asrning 60-yillarda yaratilgan. U sirtdan soʻrov oʻtkazishga asoslangan. Uning xususiyatlari: sirtqi, anonim, soʻrovlar bir necha bosqichlarda oʻtkaziladi hamda teskari aloqa mavjud, birinchi turdan tashqari har gal ekspertlar oldingi turdagi natijalar haqida ahborot olishadi. Dastlab ekspertlarga anketalar tarqatiladi, unda muammo izohlanadi, savollar roʻyxati va unga javob berish tavsifi keltiriladi. Ekspert javoblarni imzo qoʻymasdan pochta orqali joʻnatiladi. Tashkilotchilar ekspertlar javoblarini qayta ishlaydi, baho chiqaradi. Mazmun jihatdan oʻrtachalar, farqlar va dispersiya hisoblanadi. Bir oy oʻtgandan keyin ikkinchi tur oʻtkaziladi. Ekspertlarga birinchi tur natijalari bayon qilinib savollar beriladi. Birinchi tur javoblarini inobatga olib ekspertlardan savollarga javob berishi soʻraladi. Javoblar yana umumlashtirilib zarur boʻlsa yana qoʻshimcha turlar oʻtkaziladi. Agar uchinchi turdan soʻng javoblardagi farqlar katta boʻlmasa soʻrov oʻtkazish tuxtatiladi. Oxirgi tur natijalari umumlashtiriladi va tugallangan hisoblanadi. Download 97.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling