12-mavzu. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish


Ekspertlarning javoblarini qayta ishlash


Download 97.03 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi97.03 Kb.
#1610153
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
12-mavzu (1)

Ekspertlarning javoblarini qayta ishlash. Agar javob sonli miqdorlarda boʻlsa, jami ekspertlar guruhining javobini baholash uchun arifmetik oʻrtacha, mediana va moda topiladi. Fikrlar farqi uchun variatsiya, kvadratik farq, dispersiya va kvartillar hisoblanadi.
Ekspert baholashning ayrim usullarida, jumladan Delfi usulida mediana, birinchi va uchinchi kvartillar hisoblanadi.
Arifmetik oʻrtachaga nisbatan mediana afzalligi:
- birinchidan, mediana ayrim ekspert fikriga toʻgʻri kelishi;
- medianaga ayrim ekspertlarning javobi oʻrtachadan farq qilishi ta’sir qilmaydi.
Ikkkinchidan kvartil mediana bilan mos keladi. SHuning uchun har bir turda Delfi usuli uchun mediana, birinchi va uchunchi kvartil hisoblanadi.
Prognozlashda ekstrapolyasiya usuli oʻrganiladigan ob’ektning rivojlanishiga taalluqli boʻlgan omillarning doiraviylik, oʻzgarmaslik shartiga asoslangan boʻlib, ob’ektning oʻtmishdagi va shuncha asoslanib kelajakdagi rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadi.
Dinamik qatorlarning oʻzgarish darajalariga qarab ekstrapolyasiya oddiy va murakkab boʻlishi mumkin. Prognozlashning oddiy ekstrapolyasiya usuli tenglamalarining absolyut qiymatlari, qatorlarning oʻrta qiymatlari, oʻrtacha absolyut oʻsish va oʻsishning oʻrtacha tezligiga nisbatan oʻzgarmas qiymatlarga ega degan xulosaga asoslangan. Prognozning murakkab ekstrapolyasiya usuli, trendni ifodolovchi statistik formulalarni qoʻllashga asoslangan boʻlib ikki turga: takomillashgan va analitik turlarga boʻlinadi. Prognozning takomillashgan usulida vaqt boʻyicha ketma-ket keladigan prognoz qiymatlarini avvaldan mavjud boʻlgan koʻrsatkichlar asosida hisoblab topiladi. Bunga oʻzgaruvchan va eksponensial oʻrta qiymat, garmonik vaznlar avtoregression oʻrta qiymat, garmonik vaznlar avtoregression oʻzgartirish usullari kiradi. Analitik usul eng kichik kvadrat usuli yordamida - ning determinik tarkibini aniqlashdan iboratdir.
Bir oʻlchamli vaqtli qatorlarni modellash usullari.
Qisqa muddatga prognozlash keng qoʻllaniladigan prognozlash usuli ekstrapolyasiya usulidir. Ekstropolyasiya usuli prognozlashni odatda bir oʻlchamli vaqtli qatori asosida amalga oshiradi. Ma’lumki bir oʻlchamli vaqtli qatorlarni modellash usullari iqtisodiy koʻrsatkichlarning dinamik qatorlarga asoslangan boʻlib quyidagi toʻrt tarkibiy qismlardan tashkil topgandir: 1) tahlil qilinadigan jarayonning uzoq davrda rivojlanish qonuniyatlari yoʻnalishi tendensiyasi, 2) tahlil qilinadigan jarayonda ayrim hollarda uchraydigan mavsumiy tarkibiy qismlar; 3) davriy tarkibiy qismlar; 4) tasodifiy omillar sababi yuzaga keladigan tasodifiy tarkibiy qism.
Rivojlanish yoʻnalishi (tendensiyasi) rivojlanishining uzoq muddatli evolyusiyani bildiradi. Dinamik qatorlarning rivojlanish yoʻnalishi silliq egri chiziq boʻlib, trend deb ataluvchi vaqt funksiyasi bilan ifodalanadi. Trend – tasodifiy ta’sirlardan holi holda vaqt boʻyicha harakat qonuniyatidir. Trend vaqt boʻyicha regressiya boʻlib, doimiy omillar ta’sirida yuzaga keladigan rivojlanishning determinik tarkibiy qismidir. Trendlardagi chetlanishlar tasodifiy omillar sababli yuzaga keladi. YUqoridagilarga asoslanib vaqt qatori funksiyasini quyidagicha beramiz:

– jarayonlarning vaqt boʻyicha yoʻnalishining doimiy tarkibiy qismi;
t– tasodifiy tarkibiy qismi;
Vaqtli qatorlar rivojlanishida uchta yoʻnalish: oʻrta darajalar yoʻnalishi; dispersiya yoʻnalishi; avtokorrelyasiya yoʻnalishi mavjuddir.
Oʻrta daraja yoʻnalishi koʻrinishda funksiya boʻladi. Dispersiya yoʻnalishi - vaqtli qatorlarning empirik qiymatlarining trend tenglamalari yordamida aniqlangan qiymatlaridan chetlanish. Avtokorrelyasiya yoʻnalishi - vaqtli qatorlarning darajalari oʻrtasidagi bogʻliqliklarning oʻzgarishi.
Iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni modellashning keng tarqalgan usuli vaqtli qatorlarni tekislash usulidir. Tekislashgan har xil usullar mavjud boʻlib, ularning eng asosiylari qatorlarning amaldagi qiymatlarini hisoblab topilganlari bilan almashtirishdir.
CHiziqli trendlar keng tarqalgan boʻlib ularni umumiy holda quyidagicha yozamiz:
(1)
Bu erda:
- t davrda tenglama qiymatlarini tekislash;
- t davrdan masofada turgan qatorlar darajasining vazni;
s - t davrdan soʻng darajalar soni;
q- t davrgacha boʻlgan darajalar soni.

vazn qabul qiladigan qiymatlarga qarab (1) formula boʻyicha tekislash oʻzgaruvchi oʻrta qiymat yoki eksponensal oʻrta qiymat yordamida amalga oshiriladi.


Tekislash jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi: egri chiziq koʻrinishi tanlash, uning parametrlarini baholash.
Egri chiziqning koʻrinishini tanlashning har xil yoʻllari mavjud boʻlib, uning grafigi boʻyicha tenglamalari tanlab olinadi.

  1. polinomlar: - birinchi darajali

- ikkinchi darajali
- uchinchi darajali
- k-chi darajali

  1. har xil eksponentlar :



modifitsilashgan eksponent.

  1. mantiqiy egri chiziqlar:



,Bu erda e- natural logarifm asosi

  1. Gompers egri chizigi:


Egri chiziqli aniqlashning boshqa yoʻli birinchi, ikkinchi va x.k. darajalar ayirmasini topishdan iboratdir ya’ni:

Bu jarayon ayirmalar bir-biriga tenglashguncha davom etadi.

Download 97.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling