12-mavzu. Iqtisodiy koʻrsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish
Download 97.03 Kb.
|
12-mavzu (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari
- Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
Qisqa xulosalar.
Bashoratlashda ekstropolyasiya usuli oʻrganiladigan ob’ektning rivojlanishiga taalluqli boʻlgan omillarning doiraviylik, oʻzgarmaslik shartiga asoslangan boʻlib, ob’ektning oʻtmishdagi va shuncha asoslanib kelajakdagi rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganadi. Dinamik qatorlarning oʻzgarish darajalariga qarab ekstrapolyasiya oddiy va murakkab boʻlishi mumkin. Bashoratlashning oddiy ekstrapolyasiya usuli tenglamalarining absolyut qiymatlari, qatorlarning oʻrta qiymatlari oʻrtacha absolyut oʻsish va oʻsishning oʻrtacha tezligi nisbatan oʻzgarmas qiymatlarga ega degan xulosaga asoslangan. Bashoratning murakkab ekstropolyasiya usuli, trendni ifodolovchi statistik formulalarni qoʻllashga asoslangan boʻlib ikki turga: moslashgan va analitik turlarga boʻlinadi. Qisqa muddatga bashoratlash keng qoʻllaniladigan bashoratlash usuli ekstrapolyasiya usulidir. Ekstrapolyasiya usuli bashoratlashni odatda bir oʻlchamli vaqtlar qatori asosida amalga oshiradi. Ma’lumki bir oʻlchamli vaqt qatorlarini modellash usullari iqtisodiy koʻrsatkichlarning dinamik qatorlarga asoslangan boʻlib quyidagi toʻrt tarkibiy qismlardan tashkil topgan. Iqtisodiy-ijimoiy jarayonlarni modellashning keng tarqalgan usuli vaqt qatorlarni tekislash usulidir. Tekislashgan har xil usullari mavjud boʻlib ularning eng asosiylari qatorlarning amaldagi qiymatlarini hisoblab topilganlari bilan almashtirishdir. Bashorat iqtisodiy rivojlanish variantlarini avvalgi rivojlanish omillari va yoʻnalishlari bashorat qilinish davrida ham saqlanib qoladi degan gipoteza kelib chiqib aniqlaydi. Bunday gipoteza qilishga iqtisodiy holat va jarayonlarning etarlicha inertligi sabab boʻladi. Dinamik qatorlarning ekstropolyasiyasi asosida bashorat qilish har kanday statistik bashoratlashlar singari erishilishi lozim boʻlgan aniq maqsadga yoʻnaltirilgan yoki intervalli boʻlishi mumkin. Mustaqil ishlash uchun nazorat savollari: Ekonometrik tenglamalar tizimi va ularning turlari. Ekonometrik modellarni tekshirish mezonlari nimalar? Bir omilli va koʻp omilli ekonometrik modellarning farqlari nimada? Ekonometrik modellardan prognozlashda qanday foydalanish mumkin? Iqtisodiy oʻsish deb nimaga aytiladi Bashoratlashning ekstrapolyasiya usuliga ta’rif bering. Oʻrtacha absolyut oʻsish boʻyicha ekstropolyasiya nima? Ishlab chiqarish funksiyalarini bashorat modellarida qoʻllash yoʻllari qanday? Dinamik qatorlarning rivojlanish yoʻnalishiga ta’rif bering? Trend deganida nimani tushunasiz? Tasodifiy tarqibiy qismini qanday tushunasiz? CHiziqli trendlarni koʻrsating. Egri chiziq deganida nimani tushunasiz? Gompers egri chizigʻini koʻrsating. Oʻrtacha kvadrat xatolikni qanday tushunasiz? Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1.Berkinov B. Ekonometrika. – T.: SHarq, 2016. 2.Christopher Dougherty. Introduction to Econometrics. Oxford University Press, 2011. – 573 p. 3.Gujarati D.N. Basic Econometrics. McGraw-Hill, 5th edition, 2009. – 922 p. 4.Abdullaev O.M., Xodiev B.YU., Ishnazarov A.I. Ekonometrika. Uchebnik. –T.: Fan va texnologiya. 2007. – 612 s. Download 97.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling