Mavzu: Meva ekinlarining tashqi omillarga bo‘lgan talabi Reja


Download 22.6 Kb.
bet1/4
Sana16.02.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1203683
  1   2   3   4
Bog'liq
3-ma`ruza


Mavzu: Meva ekinlarining tashqi omillarga bo‘lgan talabi


Reja:

1. Meva va rezavor meva o‘simliklarini yorug‘likka bo‘lgan talabi


2. Meva va rezavor meva o‘simliklariniissiqlikka bo‘lgan talabi
3. Meva va rezavor meva o‘simliklarininamlikka bo‘lgan talabi
4. Meva va rezavor meva o‘simliklarinituproq omillariga bo‘lgan talabi


Tayanch iboralar - tashqi omillar, iqlim omillari, tuproq omillari, biologik omillar, antrapogon omillar, yorug‘lik, issiqlik, namlik, havo, shamol, unumdorlik, oziq moddalar, sizot suvlari sathi.

Meva ekinlari o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi ko‘p jihatdan tashqi muhit omillariga bog‘liq bo‘ladi. Ayniqsa, iqlim va tuproq omillari meva ekinlarini o‘sishiga va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu talab o‘simlik yoshining har xil davrlarida (yoshlik, hosil berish va qarish) o‘sish va tinim fazalarida yil davomida ( bahor, yoz, qish, kuz) turli xil bo‘ladi.


O‘simliklarni o‘tkazish hamda ularni parvarish qilishning agrotexnika tadbirlari yo‘li bilan noqulay sharoitlarni yumshatish yoki yo‘q qilish hamda ularning o‘sishi va hosil berishi uchun optimal sharoit yaratish mumkin.
Yorug‘lik - uglerodni assimilyatsiya qilish jarayoni - fotosintezning asosiy omili hisoblanadi. U o‘simlik organlarining o‘sishi va hosil bo‘lishiga yordam beradi, transpiratsiyasiga, o‘suvchi organlarning yo‘nalishiga va boshqalarga ta’sir ko‘rsatadi. Yorug‘likning o‘zgarishi bilan o‘simlik tuproq va havoning harorati, namlik, tuproqning kimyoviy tarkibi hamda mikrobiologik muhit o‘zgaradi.
Bog‘ning yorug‘lik rejimi ochiq joyning yorug‘lik rejimidan farq qiladi. Shox-shabba va daraxt tagiga yorug‘lik kam tushadi. Tog‘ va tog‘ etaklarida o‘suvchi daraxtlar vodiyda o‘suvchi daraxtlarga qaraganda yorug‘likdan ko‘proq foydalaniladi. Havo bulut vaqtlarda yorug‘lik kuchi ancha kamayadi. Tepaliklarda va janubiy yon bag‘irlarda o‘sayotgan daraxtlar chuqurlikda yoki shimoliy yon bag‘irlarda o‘sayotgan daraxtlarga nisbatan yorug‘likdan ko‘proq foydalaniladi. Daraxt shox-shabbasi, uning ayrim qismlariga yorug‘lik bir xilda tushmaydi. Shu tufayli fotosintez ham bir xil bormaydi. Tashqi tomondagi barglarga shox shabba orasidagi barglarga nisbatan shox shabbaning yuqori yaruslardagi barglarga esa pastki yarusdagi barglarga qaraganda yorug‘lik ko‘p tushadi. Shox shabba markaziga yaqinlashgan sari barglarga tushadigan yorug‘lik kamaya boradi. Siyraklashtirilgan shox-shabbaning barglariga qalin shox-shabbaning barglariga nisbatan yorug‘lik ko‘p tushadi.
Meva ekinlari yorug‘likka bo‘lgan talablari jihatidan yorug‘sevar, soyaga chidamli va soyaparvar o‘simliklar farq qilinadi. Yorug‘sevar o‘simliklarda yorug‘lik yetishmasligi novdalarning zaiflanishi (nimjon o‘sishi) kuzatiladi. Soyada o‘sgan daraxtlarning poya va barglaridagi mexaniq to‘qimalar kam rivojlanadi. Yorug‘lik haddan tashqari kuchli bo‘lsa, shox-shabba tepaga qarab kam o‘sadi, sklet shoxlar atrofga qarab kuchli rivojlanib, yer bag‘irlab o‘sadi. Yorug‘lik bir tomondan tushsa, shoxlar yorug‘lik tushib turgan tomonga egilib o‘sadi, shox-shabba bir tomonlama rivojlanadi hamda yorug‘lik tushgan tomonda yog‘ochlikning
yillik qavati kengroq bo‘ladi. Bitta yorug‘sevar o‘simlikning o‘zida soyaparvar va yorug‘sevar barglar bo‘ladi.
Yorug‘likka bo‘lgan talabiga ko‘ra, asosiy meva daraxtlar turlarini quyidagi tartibda joylashtirish mumkin: pista, chilon-jiyda, anjir, zaytun, anor, xurmo, shaftoli, o‘rik, bodom, gilos, yonnoq, nok, olma, olcha, rezavor mevalar.
Olma nisbatan soyaga chidamli daraxtdir. Biroq, shox-shabbasi qalin bo‘lib, soyada qolgan mevalari o‘ziga xos rangni yaxshi ololmaydi va yomon rivojlanadi. Nok yorug‘sevar o‘simlik. Shox-shabbasining ichi siyrak, yon tomonlari qalin bo‘ladi. Behi ham yorug‘sevar. Soyada kam gullaydi va kam hosil beradi, o‘sishdan orqada qoladi, zaiflashadi va qurib qoladi. O‘rik, shaftoli, va gilos ham yorug‘sevar o‘simliklardir. O‘rik yovvoyi holda ochiq, yorug‘ joylarda o‘sadi. Shaftoli o‘rikka nisbatan ancha yorug‘sevar hisoblanadi hamda uning shox-shabbasi qalinlashib ketganda soyada qolgan shoxchalari tez quriy boshlaydi.

Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling