Mavzu: Meva ekinlarining tashqi omillarga bo‘lgan talabi Reja


Download 22.6 Kb.
bet3/4
Sana16.02.2023
Hajmi22.6 Kb.
#1203683
1   2   3   4
Bog'liq
3-ma`ruza

Shaftoli – sovuqka chidamsiz. Bir yillik novdalari va gul kurtaklari -22-26 oS da nobud bo‘ladi. Bahorgi sovuqlardan gullari kam zararlanadi, chunki o‘rikdan kech gullaydi.
Bodom - 22-25 oS sovuqqa chidaydi, ammo bu sharoitda meva kurtaklarini sovuq uradi. Tinim davri qisqa, erta gullaydi (fevral – mart boshlarida) va shuning uchun ko‘pincha bahorgi sovuqlardan zararlanadi.
Jiyda - issiqqa chidamli-30 oS va undan ham past haroratga chiday oladi.
Olxo‘ri - sovuqqa chidamli, - 30 oS dan past haroratga ham chiday oladi. Yevropa olxo‘rilari sovuqqa chidamsiz. Kech gullaydi va bahorgi sovuqlardan kam zararlanadi.
Olcha – issiqlik omiliga nisbatan ancha plastik o‘simlik. Yozgi jazrima issiq uning o‘sishi va hosil berishiga uncha ta’sir ko‘rsatmaydi. Gullari boshqa meva daraxtlariga nisbatan sovuqqa kam ta’sirchan bo‘ladi. Nisbatan sovuqqa chidamli.
Gilos - issiqsevar o‘simlik, sovuqqa chidamsiz, - 28 oS da sovuq uradi.
Yong‘oq - issiqsevar o‘simlik, ammo qishda ba’zan 27-28 oS gacha pasayadigan joylarda ham o‘stiriladi. -25 oS bir yillik yangi novdalarini sovuq uradi. -25-26 oS da bir yillik ko‘chatlari nobud bo‘ladi.
Anor - issiqsevar o‘simlik, harorat 12-15 oS gacha pasayganda bir yillik novdalari, 15-16 oS da shox-shabbalari qattiq zararlanadi, 18 –20 oS da barcha yer ustki qismi nobud bo‘ladi.
Anjir - issiqsevar o‘simlik, harorat 15 oS da bir yillik yangi novdalarini, - 16 oS da ko‘p yillik shoxlarini, -18 oS da esa o‘simlikning ildiz bo‘g‘zigacha bo‘lgan yer ustki qismini sovuq uradi.
Xurmo - sovuqka chidamligi jihatdan subtropik o‘simliklardan ustun turadi - 18-20 oS gacha boradigan qisqa muddatli sovuqlarga bardosh bera oladi, lekin bunda shox-shabbasi anchagina zararlanadi.
Qulupnay, malina - sovuqqa chidamsiz. O‘zbekistonda qorsiz qishda sovuq urishi mumkin va shuning uchun bunday vaqtda ustini somonli go‘ng bilan yopib qo‘yish talab etiladi. Qattiq issiqda o‘sishdan to‘xtaydi, barglari oftobdan kuyib, to‘kilib ketadi.
Qora smorodina – sovuqka juda chidamli, issiqqa chidamsiz, harorat oshib ketsa barglarini va ba’zan mevalarini to‘kadi.
Namlik meva ekinlari hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki, o‘simlik barglari, shoxlari, ildizlari, mevalari 72-86 foizini suv tashkil etadi. Suv ta’sirida bir qator murakkab biokimyoviy, fiziologik jarayonlar, mineral hamda organik moddalarning kolloid holatini saqlanishi, fermentlar ta’siri, fotosintez, o‘sish jarayoni intensivligi ro‘y beradi. Suv to‘qimalarni turgor holatda saqlaydi. U o‘zining solishtirma issiqlik sig‘imi tufayli o‘simliklarda haroratni stabillashtirishga va hokazolarga yordam beradi.
O‘simlik hujayralarida suv yetarli darajada bo‘lganda organik moddalar sintezi, yetishmaganda esa, gidroliz kuchayadi.
Suv o‘simlikka tuproq orqali ta’sir etadi. Shuning uchun tuproqning suv rejimi, yillik yog‘ingarchilikni miqdori va ularning taqsimlanishi, yer osti suvlari sathi o‘simliklar hayotida katta o‘rin tutadi.
Meva o‘simliklarining suvga bo‘lgan talabi o‘simlik turi va naviga qarabgina emas, balki ularningyoshi meterologik sharoit, tuproqning fizik-kimyoviy tarkibi va bir qator boshqa omillarga qarab aniqlanadi.
O‘simlikning qurg‘ochilikka chidamliligi o‘simlik to‘qimalarining hayotchanlik xususiyatlarini yo‘qotmaslik, suvni ko‘p yo‘qotganda qayta ivish (oqsilning quyuqlanishi) ning qayta boshlanishiga yo‘l qo‘ymaslik qobiliyatida namoyon bo‘ladi. Ammo, o‘simlik suv bilan normal ta’minlangandagi transpiratsiya miqdori, o‘simlikning qurg‘oqchilikka ko‘p yoki kam chidamliligini ko‘rsatuvchi belgi bo‘la olmaydi. Qurg‘oqchilik vaqtida hujayralar plazmasi suvsizlanadi. Bu jarayon kuchli sovuq vaqtida hujayralar plazmasining suvsizlanish jarayoni bilan bir xilda boradi.
O‘simliklarning suvga bo‘lgan talabi meva daraxtlarning ayrim turi va navlari hayotining turli davrlarida, kun hamda yilning turli vaqtlarida hamda har xil iqlim va tuproq sharoitlarida turlicha bo‘ladi.
O‘zbekistonda yetishtiriladigan meva o‘simliklarini namsevarlik darajasiga ko‘ra taxminan quyidagicha taqsimlash mumkin (suvga kam talabchanligi bo‘yicha): qulupnay, malina, smorodina, behi, olxo‘ri, olma, nok, yong‘oq, gilos, olcha, shaftoli, o‘rik, anor, bodom, anjir, chilonjiyda (unabi), pista, zaytun. Lekin, har bir tur bo‘yicha namsevarlik darajasi har xil bo‘lgan navlar ham bo‘ladi.
O‘zbekistonda deyarli barcha meva o‘simliklar (zaytun va pistadan tashqari) namsevar hisoblanadi. Bizning sharoitimizda ularni sug‘ormasdan o‘stirish mumkin emas.
Olma - namsevar o‘simlik. Uning suvga bo‘lgan talabi payvandtagga hamda ildizlarning tuproqda joylashish chuqurligiga bog‘liq. Turkmaniston olmasi yer osti suvlarining yuza - 1,0 – 1,5 m gacha joylashishigacha chiday oladi.
Nok – yosh vaqtida, hali uzun yon ildizlar paydo bo‘lmaguncha suvga talabchan bo‘ladi. Yer osti suvlarining yuza joylashishi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Havoning quruqligiga chidamsiz. Behiga payvand qilingan, ildiz tizimi hali yaxshi rivojlanmagan nok namga ancha talabchan bo‘ladi.
Behi – qurg‘oqchilikka yaxshi chidamli, bunda u bug‘lanishni kamaytiradi va tuproqning o‘ta namligiga qarshi barglarini burushtiradi. Tuproq namligi mo‘tadil bo‘lganda sifatli va mo‘l hosil beradi.
O‘rik – havoning quruqligiga chidamli, bunday sharoitlarda zamburug‘ kasalliklari bilan kam zararlanadi. Havoning o‘ta namligi dog‘lanish (klestosporioz) kasalligini keltirib chiqaradi.
Shaftoli – ko‘pchilik navlari namli sharoitga talabchan hisoblanadi. Lekin, ba’zi navlari tuproqda nam yetishmasligiga hamda havoning quruqligiga nisbatan chidamli bo‘ladi. Havo juda nam bo‘lganda zamburug‘ kasalliklari bilan zararlanadi.
Olxo‘ri – asosan ildiz tizimi yuza joylashganligi sababli tuproq hamda havo namligiga talabchan hisoblanadi. Quruq tuproqda hamda havo quruq bo‘lganda sust o‘sadi va mevalari mayda bo‘lib qoladi, ular ko‘pincha to‘kilib ketadi. Olxo‘rilar ichida tog‘olcha qurg‘oqchilikka ancha chidamli hisoblanadi.
Gilos – havo namligiga uncha talabchan emas, biroq mevalari pishayotgan davrda yoqqan yomg‘ir ularning yorilib ketishiga sabab bo‘ladi. Yer osti suvlarining yuza joylashishi gilosga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yong‘oq – nam yetarli bo‘lgan tuproqlardagina yaxshi o‘sadi; quruq va sernam tuproqda yaxshi o‘smaydi. Tuproq namligi yetarli bo‘lganda havoning quruqligidan uncha zararlanmaydi.

Download 22.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling