7 Ma’ruza. Mavzu murakkab miksturalar. Dori moddalarni xususiyatidan kelib chiqib miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari Ma’ruza maqsadi
Download 193.56 Kb. Pdf ko'rish
|
Маъруза 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza maqsadi
- Tayanch atama va iboralar
- O’zSSV ning 582 sonli bo’yrug’iga asosan
- Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
- Tarkibida 3% dan ko’p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
7 - Ma’ruza.
miksturalar tarkibiga kiritish qoidalari Ma’ruza maqsadi: Suyuq dori turlariga ta‘rif. Ularning tasnifi. Eritmalarni o‘ziga xos tayyorlanishi. Eruvchanlik. Dorixonada tayyorlanadigan suyuq dorilarga retsept yozilishi va konsentratsiyasini belgilash usullari
1. Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash 2. Tarkibida 3% gacha quruq moddalar saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash
byuretka qurilmasi, konsentrlangan eritmalami quyultirish va suyultirish.
Murakkab miksturalar tayyorlash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 582-sonli buyruq bilan tasdiqlangan ―Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma‖ga asosan olib boriladi. ―O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖ O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2002 yil 29 dekabrdagi 583-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan dori turlarining sifatini baholash bo‘yicha qo‘llanma ―O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati‖ III-kitob (Bosh muharrir f.f.d., prof. A.N.Yunusxo‘jaev, Tuzuvchi f.f.d., prof. X.K.Jalilov)
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik — hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) buyicha ulchab beriladi. Miksturalarni og‘irlik — hajm usulida tayyorlashda byuretka moslamasi, pipetkalar, ulchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ruyxati ilovada keltirilgan. Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya‘ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi. Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yigindisidan iborat bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konsentrat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kerak. 1
1) Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi. Natrii salicylatis ana 2,0 Tincturae Valerianae 5 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae 180 ml M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal. Hisoblash: Natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) 2x20=40 ml Natriy salitsilat eritmasi (1:10) 2x10=20 ml Valeriana nastoykasi 5 ml
1
«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (511 bet)
qand sharbati 10 ml Tozalangan suv miqdori (180 ml q 5 ml q 10 ml) - (40 ml q 20 ml q 5 ml q 10 ml) = 120 ml yoki 180 ml - (40 ml q 20 ml) = 120 ml Umumiy hajmi 180 q 5 q 10 = 195 ml Tayyorlash texnologiyasi: bemorga beriladigan idish tozalangan suv bilan chayib olinadi va unga byuretka moslamasidan 120 ml suv, 40 ml 5% li natriy gidrokarbonat, 20 ml 10% li natriy salitsilat eritmasi solinadi. Pipetka erdamida 10 ml qand sharbati va 5 ml valeriana nastoykasi ulchab olinadi. qand sharbatini og‘irlik buyicha ulchash mumkin, bunda uning zichligini hisobga olib (1,3 g/ml) 13 g tortib olinadi. 2)
Agar erituvchi miqdori chegaralgan, ya‘ni ―gacha-ad‖ so‘zi belgilangan bo‘lsa, Rp: Natrii benzoatis 2,0 Natrii hydrocarbonatis 1,0 Elixiris pectoralis 3 ml Sirupi sacchari 10 ml Aquae purificatae ad 100 ml M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal. Pasporti: Natriy benzoat eritmasidan (1:10) 2*10=20 ml Natriy gidrokarbonat eritmasidan (1:20) 1*20=20 ml qand sharbati 10 ml Kukrak eliksiri 3 ml Tozalangan suv 100 - (20q20q3q10)=47 ml Umumiy hajm 100 ml
Tayyorlash texnologiyasi: oldindan tozalangan suv bilan chayilgan shisha idishga byuretka moslamasidan 47 ml tozalangan suv, 20 ml 10%li (1:10) natriy benzoat eritmasi, 20 ml 5%li (1:20) natriy gidrokarbonat eritmasi solinadi. Ustiga pipetkada 10 ml qand sharbati va 3 ml kukrak eliksiri solinadi. Miksturaga tegishli erlik epishtiriladi.
Dorixonada konsentrlangan eritmasi bo‘lmagan quruq dorivor moddalar mikstura tarkibining 3% ni tashqil kilsa, u holda ularni retseptda ko‘rsatilgan suv yoki boshqa suyuqlikda eritib olinadi. Mikstura hajmini aniqlayotganda quruq modda egallagan hajm hisobga olinmaydi.
Rp: Sol. Hexamethylentetramini 3% - 100 ml Ammonii chloridi 1,0 Liquoris ammonii anisati 3 ml M.D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin. Pasporti: Geksametilentetramin eritmasi (1:10) 3x10=30 ml Ammoniy xlorid 1,0 Novshadil-arpabodiyon tomchisi 3 ml Tozalangan suv 100ml - 30 ml = 70 ml Umumiy hajm 103 ml. Tayyorlash texnologiyasi: yordamchi idishda 1,0 g ammoniy xlorid 70 ml tozalangan suvda eritiladi. Eritma bemorga beriladigan idishga suzib solinadi. Ustiga byuretka moslamasidan 30 ml 10% li geksametilentetramin eritmasidan quyiladi. Tayyor miksturadan 5— 8 ml olib stakanga solinadi va 3 ml novshadil arpabodiyon tomchisi qo‘shib aralashtiriladi va shisha idishga solinadi. Tayyor miksturaga tegishli erlik epishtiriladi. Tarkibida 3% dan ko’p quruq modda saqlagan murakkab miksturalarni tayyorlash Bunday miksturalarni tayyorlashda albatta ulchov idishlaridan foydalanish lozim yoki quruq modda eriganda egallagan hajmni hisobga olib tayyorlanadi.
Rp.: Magnii sulfatis 20,0 Tincturae Valerianae Tincturae Convallariae ana 6 ml Aquae purificatae 200 ml M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal ichilsin. Pasporti: Magniy sulfat 20 g; (X.O.K. magniy sulfat= 0,5 g ml) Valeriana nastoykasi 6 ml Marvaridgul nastoykasi 6 ml Tozalangan suv 190 ml 200 –( 20 x 0,5) = 190 ml Umumiy hajmi 190 q 10 q 6 q 6 = 212 ml
Tayyorlash texnologiyasi: 200 ml li ulchov kolbasi (yoki silindr) ga 20,0 magniy sulfat, 100 ml gacha tozalangan suv solib eritiladi. Eritma hajmi 200 ml gacha etkazilib bemorga beriladigan idishga suziladi. SHu idishga 6 ml dan marvaridgul va valeriana nastoykalaridan solinadi. Miksturani o‘lchov kolbasini ishlatmay ham tayyorlash mumkin. Magniy sulfatning hajm oshish koeffitsienti 0,50 ml/g ga teng, demak 20 g magniy sulfat eriganda 20 x 0,5 = 10 ml hajmni egallaydi. Bundan olinadigan tozalangan suv miqdori 190 ml ekanligi kelib chiqadi. Tayyor bo‘lgan miksturaga tegishli yorliklar epishtiriladi.
Asosiy adabiyotlar: 1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-―Tafakkur nashriyoti‖.-Toshkent.-2013. 2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. ―Farmatsevtik texnologiya asoslari‖ fanidan amaliy mashg‗ulot uchun uslubiy qo‗llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet. 3. Yunusxo‗jaev A.N. O‗zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‗shimcha adabiyotlar: 1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.- 2008.-286 p. 2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014. 3.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с. 4.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, ―O'zbekiston‖ NMIU, 2017. – 29 b. 5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. ―O'zbekiston‖ NMIU, 2017.– 47 b. 6.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. ―O'zbekiston‖ NMIU, 2017. – 485 b. 7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida‖gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda 8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с. 9.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с. 10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с. 11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari: 1. www.ziyonet.uz
2.
www.nuph.edu.ua 3.
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
4. www.rzgmu.ru
5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml 6.
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
Download 193.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling