Ko`rsichqonlar (Spalacidae) oilasi vakillari yerni kavlab yer ostida hayot kechirishga moslashgan. Tanasining uzunligi 16-35 sm atrofida. 4-7 ta turi bor. MDHda 3-5 ta turi uchraydi. Ko`rsichqonlarning gavdasi qayroqsimon, quloq suprasi yo`q, ko`zlari terisi ostiga yashiringan. Mo`ynalari kalta va baxmaldek tekis, boshi nisbatan keng bo`ladi. Krotlar yerni oldingi oyoqlari bilan kavlasa, ko`rsichqonlar yuqori jag’idagi juda katta kurak tishlari bilan kavlaydi va tuproqni boshi bilan surib chiqaradi. MDHda Kavkaz va Rossiyaning Yevropa qismidagi dashtlarda tarqalgan. O`simlik ildizi bilan oziqlanadi. Qishloq xo`jaligiga zarar yetkazadi. Tipik vakiliga oddiy ko`rsichqon (Ellobius tanceri) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |