Dumsiz sichqonlar yoki pichan yig’uvchilar oilasi vakillari Osiyoning tog’li hududlarida tarqalgan. MDHda ular Uralda, Sibir tog’larida, Qozog’iston va O`rta Osiyoda uchraydi. Dumsiz sichqonlar oilasi vakillarining qulog’i va oyoqlari kalta, dumi bo`lmaydi. Yer osti uyasida yashaydi. Qishda quruq o`tlardan ozuqasini g’amlaydi. Asosiy vakillariga daur dumsiz sichqoni (Ochotona daurica) va shimol dumsiz sichqoni (Och. hyperborea) kiradi. Tovushqonlar (Leporidae) oilasiga tovushqonlar va chin quyonlar kiradi. Ularning xarakterli belgilariga, avvalo orqa oyoqlari va quloqlarining uzun bo`lishidir. MDHning tundra va o`rmonlarida tovushqonlarning 4 ta turi va bitta yovvoyi quyon uchraydi. Tovushqonlardan eng ko`p tarqalgani oq tovushqon (Lepus timidus) hisoblanadi. Qishda bu tovushqonning rangi qordek oppoq bo`ladi. Malla tovushqon (Lepus europaeus) ham MDHning Yevropa qismida, Kavkazda, Shimoliy Qozog’istonda va G’arbiy Sibir cho`llarida ko`plab uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |