7-ma’ruza. Nfc texnologiyasi


Download 248.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi248.38 Kb.
#1002690
  1   2   3
Bog'liq
7-Maruza



7-MA’RUZA. NFC TEXNOLOGIYASI 
Reja: 
1. NFC texnologiya atamasi haqida tushuncha. 
2. NFC aloqa xarakteristikalari. 
3. NFC texnologiyasining qo„llanilish sohalari. 
Tayanch iboralar: NFC, maxsus nishon, aktiv va passiv rejimlar. 
Yildan yilga turli xildagi mobil qurilmalar orasida bog„lanishlarning turli texnologiyalari ishlab 
chiqilmoqda. Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalari rivojlanadigan bir paytda NFC bog„lanish texnolo- 
giyasi paydo bo„ldi. 
NFC (Near Field Connection-yaqin maydonda bog„lanish) texnologiyasi RFID 
(Radio Frequency Identification-radio chastotasini aniqlash) texnologiyasiga asoslan- gan bo„lib, 
yaqin masofada (10 santimetrgacha) bog„lanishni ta‟minlaydi. 
Bu texnologiya kontaktsiz kartalar standarti (ISO 14443) ning kengayishidir. 
NFC texnologiya NXP Semiconductor va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan 
bo„lib, NFC texnologiyasi asosida ishlaydigan ikki qurilma orasida axborot uzatilishini 
ta‟minlaydi. NFC texnologiyasining asosiy (markaziy) chastotasi 13, 56 Mgz bo„lib, 424 Kbit/s 
tezlikda ma‟lumotni uzatadi. 
Bluetooth va Wi-Fi texnologiyalarida ma‟lumotlarni uzatish tezligi doimo oshib bormoqda. 
Bugungi kunda fotoapparatlarda ham Wi-Fi mavjud bo„lib, tasvirga olingan fotografiyalarni 
tezkorlik bilan ijtimoiy tarmoqlarga yoki mobil qurilmalarga uzatish imkoniyati mavjud. 
NFC texnologiyasi boshqa texnologiyalardan (Bluetooth, Wi-Fi) farqli ravishda bog„lanishni 
nihoyatda tez (0,1 sekunddan kam) amalga oshiradi. Bu esa axborot xavfsizligining yuqori darajada 
bo„lishini ta‟minlaydi. 
Smart-kartalarda, NFC-nishonlari eng kichik operasion sistemalar yordamida ishlaydi. Bu quril- 
malarning protsessori bo`lib, operatsion sistema protsessorning quvvati va xotiraning hajmidan 
kelib chiqib qattiq cheklovlar asosida o‟rnatiladi. Bu qurilmalar quvvatni elektron terminaldan yoki 
smartfondan oladi. Ba‟zi smart kartalar va NFC-nishonlari Java tilini qo`llashga mo‟ljallangan, 
ya‟ni bu qurilmalarning doimiy xotirasi Java Virtual Machine (JVM - Java virtual mashinasi) 
interpretatori- dan tashkil topgan. Smart-karta, NFC-nishoniga JVM-interpretatori yordamida 
(kichik dasturchalar) yuklanadi. Bu qurilmalar bir vaqtning o‟zida bir necha Java-appletlari bilan 
ishlay oladi. 
NFC texnologiyasining ishlash prinsipi – bog„lanuvchi qurilmalardagi ramkali antennalar orasida 
elektromagnit induksiyali bog„lanish hosil bo„lishida. 

Download 248.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling