5-Siz kiritgan barcha qiymatlarni ko’rsatilgan tugmachani bosib tiklashingiz mumkin. 6-Muloqot oynasini tugmasi bilan yopishingiz mumkin. 7 va 8 tugmalari qo'shimcha buyruq sozlamalarini boshqarish imkonini beradi. Raqamli qiymatlarni kiritish va qo'shimcha sozlash buyruqlar 9 va 10-bandlarda bajariladi. Obyektlarni tanlash paneli. - Tanlash filtrlari tanlovni ma'lum bir mezon bo'yicha cheklashga imkon beradi. Ochiladigan ro'yxat (1) ko'rinishidagi birinchi filtr qanday turdagi geometriyani tanlash mumkinligini aniqlaydi.
- Ikkinchi ochiladigan ro'yxat (2) tanlangan kontekst menyuni belgilaydi – joriy detalda, butun yig'imda yoki joriy detalda va barcha kiruvchi komponentlar.
- Ochiladigan ro'yxat (3) va tugmalar to'plami (4) ish mantig'ini aniqlaydi ko'plab ob'ektlarni tanlashda ishlatiadgian tizim hisoblanadi.
- 5-panel geometriyaning o'ziga xos nuqtalarini olish uchun javobgardir.
1 2 3 4 5
Eskizlar. Eskiz bu geometrik va o'lchovli munosabatlar bilan bog'langan va bir tekislikda joylashgan ikki o'lchovli egri chiziqlarning nomlangan guruhi hisoblanadi. Siz mavjud bo'lgan har qanday tekis ob'ekt asosida, shuningdek egri chiziq asosida eskizlar yaratishingiz mumkin. Ikkinchi holda, eskiz biriktiriladigan egri nuqtada tizim egri chiziqqa normal ravishda joylashtirilgan tekislikni hosil qiladi. Ushbu turdagi eskiz joylashuvi eskizni traektoriya bo'ylab cho'zish orqali jismlarni yaratish uchun ishlatiladi. Eskizlar. Eskizni yaratish uchun ikkita vositalar to'plamni taklif etiladi ; - Эскиз в среде задач (Sketch in Task Environment)
- Прямой эскиз (Direct Sketch) asboblar paneli.
Birinchisini, Oynadan Вставить > Эскиз buyrug'ini chaqirish orqali ishga tushiriladi va ko'plab tarkibiy elementlar tomonidan havola qilingan eskizlarni tahrirlash uchun mo'ljallangan alohida modul hisoblanadi. Ikkinchisi Прямой эскиз (Direct Sketch) NX dasturida ikki o'lchovli konturlarni yaratishga imkon beradi va yangi eskizlarni yaratish uchun ko'proq mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |