7-маъруза Тизимли тахлилнинг математик асослари


Иқтисодий-математик моделлаштириш қуйидаги босқичлардан иборатдир


Download 237 Kb.
bet3/7
Sana28.10.2023
Hajmi237 Kb.
#1729970
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
10-маъруза

Иқтисодий-математик моделлаштириш қуйидаги босқичлардан иборатдир:

  • 1) масаланинг қуйилиши, масаланинг ечишдан асосий мақсад ва мезонини топиш, моделлаштиришда объект тўлиқ тасвирлангин бўлиши, зарурий информациялар топилган ва уларнинг манбалари аниқланган бўлиши керак;
  • 2) информация тайёрлаш, яъни ҳисоб, ҳисобот, статик, норматив, справка информациялари ва бошқа берилган қийматларини олиш, уларини олдиндан қайта ишлаш ва баҳолаш;
  • 3) математик метод танлаш ва программалаштириш;
  • 4) ЭҲМ да ҳисоблаш;
  • 5) олинган натижаларни таҳлил қилиш.

Umumiy holda matematik model qurish jarayoni quyidagi algoritm bo‘yicha bajariladi.

  • 1.Ilmiy tadqiqot obyektini tanlash. Bunda qaralayotgan obyektni modellashtirish zarurligi, dolzarbligi, iqtisodiy samara berishi, modellashtirish imkoniyatlari hisobga olinadi.
  • 2. Obyektni o‘rganish. Bu bosqichda obyektning tuzilish konstruksiyasi, texnologik, fizik-ximik jarayonlari o‘rganiladi. Bir qarashda farqi juda kam ko‘rilgan jarayonlar izchillik bilan o‘rganiladi.
  • 3. Obyektni tuzilmaviy sxemasini tuzish. Bunda o‘rganilayotgan obyekt shartli ravishda bo‘g‘inlarga ajratiladi.
  • 4. Alohida bo‘g‘inlarning matematik ifodasini tuzish. Bunda jarayon, bo‘g‘inlarga mos keladigan umumiy tenglamalar, tengsizliklar va jadvallar ko‘rinishida yoziladi. Ularni yechish algoritmlari ishlab chiqiladi.
  • 5. Bo‘g‘inlar tenglamalarining ko‘rsatkichlarini aniqlash. Bunda obyektni fizik, ximiyaviy xossalari, sifat ko‘rsatkichlari, geometrik o‘lchamlari aniqlanib ularni o‘lchash yoki hisoblash algoritmlari yoziladi.
  • 6. Obyekt tenglamalarini tuzish va tahlil qilish. Bu bosqichda bo‘g‘inlar tenglamalari bir-birlari bilan bog‘lanib, chegaraviy shartlar, boshlang‘ich shartlar, o‘zgaruvchilarning mumkin bo‘lgan o‘zgarish oraliqlarini hisobga olgan holda obyekt modelini qurish algoritmlari ishlab chiqiladi.
  • 7. Masalani yechish uslublarini tanlash. Bunda obyektning qanday tabiat qonunlariga bo‘ysunishi, texnik-iqtisodiy imkoniyatlar va qo‘yilgan maqsadni hisobga olib u yoki bu modellashtirish uslubi qo‘llaniladi.
  • 8. Modelning aniqligini baholash. Modelning maqsadga erishish bo‘yicha qo‘yilgan talabni qanoatlantiradigan darajada bo‘lishi ta’minlanadi.

Download 237 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling