7-ma’ruza: Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlari


 Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari tartibi


Download 498.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana30.04.2023
Hajmi498.99 Kb.
#1403077
1   2
Bog'liq
7-maruza

2. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari tartibi
1.
Ulanish guruhlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash usullari.
A. 
Fazometr usuli. Bu usul YuK va PK chulg‘amining mos liniyaviy kuchlanishlari 
(yoki EYuK lari) orasidagi faza siljish burchagini fazometr (ф) yordamida bevosita o‘lchashga 
asoslangan (7.4,a-rasm). Fazometrning parallel chulg‘ami (U-U)ni transformatorning YuK 
tomoniga, ketma-ket chulg‘ami (I-I)ni esa PK tomoniga ulanadi. Ketma-ket chulg‘amidagi tokni 
cheklash uchun uni qo‘shimcha qarshilik r
qosh
orqali ulanadi. So‘ngra transformatorning YuK 
chulg‘ami uch fazali simmetrik kuchlanishli elektr tarmog‘iga ulanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, 
o‘lchash qulay bo‘lsin uchun fazometrning shkalasi 360° gacha bo‘lgani maqsadga muvofiq 
hisoblanadi. 
B. 
Voltmetr usuli. Bu usulda chulg‘amlarning liniyaviy kuchlanishlari (yoki EYuK 
lari) orasidagi siljish burchagi o‘lchanmaydi. Demak, u bilvosita usul bo‘lib, YuK va PK 
chulg‘amlarning bir xil nomli uchlariaro kuchlanish (yoki EYuK) larni o‘lchashga asoslangan. 
7.4-rasm. Transformatorning ulanish guruhini yo’li bilan fazometr (a) va voltmetr (b) usullarida 
aniqlash. 


(6.1)
UBb = Ucc = Uab (7.1) 
tenglamani qanoatlantirsa (bunda ki =UAB/U
ab
- liniyaviy 
kuchlanishlarni 
transformatsiyalash koeffitsienti), ulanish guruhi Y/Y - 0 ga mos 
keladi. 
Boshqa 
guruhlar uchun esa quyidagi tenglamalar bo‘yicha tekshiriladi: 
(6.2^6.4) tenglamalarda U
ab
va U
a
'
b
' - PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlari. 
Agar o‘lchangan kuchlanishlar keltirilgan formulalarni qanoatlantirmasa, demak, 
transformator chulg‘amlarining uchlari noto‘g‘ri belgilangan bo‘ladi. 
V. T a j r i b a v i y - g r a f i k u s u l i. Transformatorning ulanish guruhini bu usulda 
aniqlash uchun YuK va PK chulg‘amlarning bir xil nomli (masalan, «A» va «a») qisqichlarini 
o‘zaro birlashtirib (7.4,b-rasm) transformatorning YuK chulg‘amini simmetrik uch fazali 
kuchlanish manbasiga qo‘shilib, liniyaviy hamda UBb, Ucc, Ucb va U
BC
kuchlanishlari 
o‘lchanadi. 
Olingan natijalar bo‘yicha tanlangan masshtabda YuK chulg‘amning liniyaviy 
kuchlanishlar teng tomonli uchburchagi quriladi. Bu uchburchakning B va C nuqtalaridan sirkul 
bilan UBb va Ucb radiuslarida 2 ta yoy chizilsa kesishgan nuqtalari ularning PK chulg‘am 
liniyaviy kuchlanishlari uchburchagining «b uchini hosil qiladi. Agar Ucc va Ubc radiuslarida 
yoylar chizilsa, izlanayotgan uchburchakning "c" uchini beradi. 
Sxemada «A» va «a» uchlar o‘zaro ulanganligidan ularning potensiallari bir xil bo‘ladi. 
Aniqlangan «a», «b», «c» nuqtalarni birlashtirib, PK chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar 
uchburchagi "abc" ni hosil qilamiz. Agar yuqorida belgilangan qoidaga binoan YuK chulg‘am 
liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining AB tomoni soatning 12 raqamiga yo‘naltirilsa, PK 
chulg‘am liniyaviy kuchlanishlar uchburchagining «ab» tomoni ulanish guruhini aniqlaydi. 
2. 
Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlarining qo‘llanish sohalari. 
A) Y/Y0-0. YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa neytral (0) simi tashqariga 
chiqarilgan «yulduz» sxemasiga ulangan 0-guruhli quvvati katta bo‘lmagan, kuchlanishi esa 
10/0,4 yoki 6/0,4 bo‘lgan transformatorlar elektr iste’molchilari yorug‘lik va kuch elektr 
jihozlaridan iborat bo‘lgan aralash yuklamalar uchun ishlatiladi. Bunda elektr motorlari liniyaviy 
kuchlanishlarga, yorug‘lik va uy xo‘jaligida hamda maishiy xizmat korxonalaridagi elektr 
asboblar asosan faza kuchlanishlariga ulanadi. Bu sxemani A/Y -11 guruhli ulanish sxemasi 
bilan almashtirish mumkin. Transformatorning chulg‘amlari bu sxemaga ulanganda fazalarining 
yuklamasi nosimmetrik bo‘lganda ham nisbatan yaxshi ishlaydi. Bu esa mazkur ulanish 
guruhining afzalligidir. 
V) Y/A -11. YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa «uchburchak» sxemasiga 
ulangan 11-guruhli transformatorlar past kuchlanishi 400 V dan katta bo‘lgan (6/0,525; 
10/0,525; 35/10; 35/6 kV) hollarda ishlatiladi. 
S) Y0 /A - 11. YuK chulg‘ami neytral (0) simi tashqariga chiqarilgan «yulduz», PK 
chulg‘ami esa «uchburchak» sxemasiga ulangan 11-guruhli transformatorlar Uyk < 110 kV 
bo‘lgan kuchlanishlarda ishlatiladi. 
Chulg‘amni «yulduz» (Y) sxemaga ulash yuqori kuchlanishlarda qulaydir, chunki 
chulg‘amga beriladigan fazaviy kuchlanish (U
f
) liniyaviy kuchlanish (U) 
dan ^ marta kichik bo‘ladi. Bu esa chulg‘amni tayyorlashda izolyatsion material kamroq 
sarflanib, transformatorning tannarxi kamayadi. PK chulg‘amlarni ko‘pchilik hollarda «A» 
sxemasiga ulaydilar. Bunday sxemada transformator fazalaridagi yuklama notekis bo‘lsa ham 
yaxshi ishlaydi. Undan tashqari «A»ka 
Y/Y - 6 guruh uchun - U
Bb
= U
Cc
= U
a
'
b
' (k
l
+ 1),
(7.2)


ulanganda chulg‘amning fazaviy toki I^I/^
3
, ya’ni kam bo‘lib, chulg‘am o‘rov simining kesim 
yuzasini kamroq tanlashga imkon beradi. Demak, bu holda ham chulg‘am tannarxi nisbatan 
arzon bo‘ladi. 
Y/Y - 0 ulanish guruhida magnit oqimining asosiy tashkil etuvchisi F(1) dan tashqari 
uning 3-garmonikasi F(
3
) ham vujudga keladi. Transformatorning konstruktiv elementlarida F(
3

hosil qilgan uyurma toklar uni me’yordan ortiqcha qizdirib yuboradi. Shu sabablarga 
(kamchiliklarga) ko‘ra Y/Y- 0 sxema kam qo‘llaniladi. 
Sanoat ehtiyojlariga ko‘ra Y/Y - 0; A/Y-11; Y/A -11; Yo/A -11 hamda maxsus 
buyurtmalar asosida Y/Z -11 ulanish guruhlari tayyorlanadi. Bulardan Y/A yoki A/Y sxemaga 
oid ulanish guruhi afzal hisoblanadi. Shu sababli standart A/Y - 
11 
ulanish guruhini tavsiya qilgan. 
3. 
Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlariga oid amaliyot uchun muhim 
bo‘lgan xulosalar 
1) 
Bir fazali transformatorda faqat 0 va 6-guruhlarni olish mumkin. Bir fazali ikki 
chulg‘amli transformatorlar standart bo‘yicha faqat I/I - 0 ulanish guruhiga moslab tayyorlanadi; 
2) 
Chulg‘am fazalarining bak qopqog‘idagi standart bo‘yicha belgilanish ketma-ketligi 
(«A-B-C» va «a-b-c») o‘zgartirilmaganda Y/Y - 0 sxemasi 0 yoki 6- juft guruhlarni beradi; 
3) 
Moyli transformator chulg‘amlarining bak ichida ulangan Y/Y - 0 sxemasini 
o‘zgartirmagan holda PK fazaviy chulg‘amlarning uchlarini chapdan o‘ngga («a-b-c»; «c-a-b; 
«b-c-а») siljitib belgilash natijasida 0-guruhdan 4 va 8- guruhlarni hosil qilish mumkin. (Izoh: 
har bitta siljitib belgilashda bir xil nomlangan EYuK 120°= 4x30° burchakka buriladi, demak, 
guruhning nomeri ham to‘rttaga o‘zgaradi); 
4) 
Y/Y - 6 ulanish sxemasiga o‘tish uchun transformator baki ichidagi nol hosil qilingan 
simni fazaviy chulg‘amlarning boshiga ko‘chirish zarur bo‘ladi (bu holda PK chulg‘amning 
barcha EYuK lari YuK chulg‘am EYuK lariga nisbatan teskari, ya’ni 180° yo‘naladi). 
5) 
Y/Y - 6 ulanish sxemasida chapdan o‘ngga siljitib belgilash natijasida 
6- 
guruhdan 10 va 2-guruhlarni hosil qilish mumkin. 
6) 
Y/A yoki A/Y sxemalarida transformator bakining qopqog‘iga chiqarilgan 
uchta fazaviy chulg‘am qisqichlarining standart bo‘yicha (A-B-C va a- b-c) joylashtirilishi 
uchun 1, 5, 7 va 11-toq guruhlarni olish mumkin. 3 va 9-toq guruhlarni hosil qilish uchun esa 
fazalar belgilanishini (masalan, PK chulg‘am tomondan) o‘zgartirish zarur bo‘ladi; 
7) 
A/A sxemalari 0, 2, 4, 6, 8 va 10-juft guruhlarni beradi; 
8) 
Y/Z sxemalarida chulg‘am qisqichlari yuqorida ko‘rsatilgandek (A-B-C va a-b-c) 
ketma-ketlikda joylashtirilganda 1, 5, 7 va 11-guruhlarni olish mumkin; 
9) 
YuK yoki PK chulg‘amlarning tegishlicha X, Y, Z yoki x, y, z oxirlarini ularning 
boshlari sifatida foydalanish, ya’ni bir xil kuchlanishli fazaviy chulg‘am boshi va oxirlarini 
almashtirib belgilashda faqat «yulduz» sxemasi uchungina guruhni oltitaga o‘zgartiradi. 
10) 
«Uchburchak» yoki «zigzag» sxemalari uchun har bitta fazaviy chulg‘am boshi va 
oxirlarini o‘zaro almashtirib belgilashda chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishi bilan bir vaqtda 
fazalararo ulanish ketma-ketligi ham o‘zgarganligi tufayli guruhni oldingidek oltitaga emas, 
balki boshqaga o‘zgartiradi; 
11) 
Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorlarning barcha ulanish guruhlaridan 
quyidagi: Y/Y
0 - 0, Y/A - 11, Y0 /A - 11, Y/Z -11 ulanish sxemalari va guruhlarini amaliyot 
uchun standart tavsiya qilgan. 

Download 498.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling