7-ma’ruza: Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlari


Download 498.99 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi498.99 Kb.
#1403077
  1   2
Bog'liq
7-maruza



7-ma’ruza: Transformator chulg‘amlari ulanish guruhlari 
Reja: 
1. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlarini aniqlash
2. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlari tartibi.
1. Transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlarini aniqlash
7.1-rasmda bir fazali transformatorning bitta o‘zagida joylashtirilgan ikkita (1 va 2) 
chulg‘amni bir xil magnit oqim (F) kuch chiziqlari tomonidan kesib o‘tayotgan hol ko‘rsatilgan. 
Agar chulg‘amlarning o‘ralish yo‘nalishi va uchlarining belgilanishi bir xil bo‘lsa (7.1,a-rasm), 
ularda hosil bo‘lgan EYuK lar (masalan, tekshirilayotgan payt uchun chulg‘amning oxiridan 
boshiga) bir xil yo‘nalgan bo‘ladi va, demak, faza bo‘yicha mos tushadi. Agar shu 
chulg‘amlardan bittasida, masalan, PK (2) chulg‘am uchlarining belgilanishi almashtirilsa, 
undagi hosil bo‘lgan EYuK ning chulg‘am uchlariga nisbatan yo‘nalishi teskariga o‘zgaradi, 
ya’ni bu holda «a» dan «x» ga yo‘nalgan bo‘lib, YuK va PK chulg‘amlar EYuK lari E1 va E2 
faza bo‘yicha 180° ga siljigan bo‘ladi. 
Chulg‘am uchlarini o‘zgartirmasdan bironta (masalan, PK) chulg‘amning o‘ralish 
yo‘nalishini o‘zgartirganda ham E
1
va E
2
EYuK larning o‘zaro siljish fazasi 180° bo‘ladi. 
Shunday qilib, YuK va PK fazaviy chulg‘amlar EYuK lari orasidagi faza siljishi shu 
chulg‘amlar uchlarining belgilanishiga hamda o‘ralish yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur 
chulg‘amlar bitta o‘zakda joylashtirilganda bu siljish 0 yoki 180° ga teng bo‘lishi mumkin. Uch 
fazali transformatorlarda chulg‘amlarning ulanish guruhlari YuK va PK chulg‘amlarga tegishli 
bir xil liniyaviy kuchlanishlari vektorlarining o‘zaro siljish burchagini ifodalaydi. 
Chulg‘amlarning ulanish guruhini odatdagi (tsiferblatli, ya’ni doirachada 1
12
raqamlar
ko‘rsatilgan) soatdan foydalanib aniqlash usuli amalda o‘ng‘ay hisoblanadi (bu usul standartda 
ham belgilangan). Buning uchun, dastavval, soatni tasvirlovchi doira chizilib, uning raqamlari 
aylanaga teng taqsimlab belgilanadi. 
Uch fazali transformatorning ulanish guruhi YuK va PK chulg‘amlarning liniyaviy 
EYuK vektorlari orqali aniqlanganligidan doiraga YuK chulg‘am uchun EYuK lar vektor 
diagrammasi
chiziladi. 
Buni quyidagi sxemalar uchun ko‘rib chiqamiz: 
1.
Transformatorning chulg‘amlari Y/Y sxemaga ulanganda YuK chulg‘am fazaviy
EYuK larining vektor diagrammasi bir-biridan faza jihatdan 120°siljigan uchta bir xil vektordan 
iborat bo‘lib, ularning uchlari o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan ulanganda tomonlari liniyaviy 
(fazalararo) kuchlanishni beradigan teng tomonli uchburchak hosil bo‘ladi.7.1-rasm. Bir fazali 
transformator chulg’amlarining ulanish guruhini aniqlash uchun chizmalar 
7.1-rasm. Bir fazali transformator chulg’amlarining ulanish guruhini aniqlashga oid 
chizmalar. 
Uchburchakning bitta (masalan, AB) tomoni YuK chulg‘amning liniyaviy EYuK 
vektoriga modul jihatdan teng (AB= E
AB
) va soatning «12» raqamiga doimiy ravishda 


yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shu sababli YuK chulg‘amining vektor diagrammasiga oid 
uchburchakni doiraning markazidan «12» raqamga yo‘naltirilgan AB radiusni chizishdan 
boshlanadi (7.2,a-rasm). Shu uchburchakka oid boshqa ikki tomonining holatini aniqlash uchun 
uzunligi AB radiusga teng bo‘lgan BC vatarni B nuqtadan o‘tkazamiz. A, B va C nuqtalarni 
o‘zaro to‘g‘ri chiziqlar bilan birlashtirib teng tomonli uchburchak hosil qilinadi. Bu uchburchak 
medianalarining kesishgan nuqtasidan uning uchlarigacha bo‘lgan oraliq (chizmada vektor) YuK 
chulg‘am fazaviy EYuK larni beradi. YuK chulg‘am uchun aniqlangan fazaviy EYuK vektorlari 
transformatorning PK chulg‘ami uchun vektor diagrammani qurishda zarur bo‘ladi. Bunda YuK 
va PK chulg‘amlarning o‘ralish yo‘nalishi hamda fazaviy chulg‘amlarning boshi va oxirlarining 
belgilanishi bir xil bo‘lganida bir o‘zakka joylashtirilgan chulg‘amlarni bitta faza magnit 
oqimining kuch chiziqlari kesib o‘tganligi tufayli chulg‘amlarning EYuKlari fazaviy 
chulg‘amlarining oxiridan boshiga bir xil (musbat) yo‘nalgan holati tekshiriladi. 
Ikkilamchi chulg‘am liniyaviy EYuK vektori E
ab
(bir fazali transformatorda fazaviy 
EYuK vektori E
xa
) YuK chulg‘amning liniyaviy EYuK vektori E
AB
ga (bir fazali uchun fazaviy 
EYuK vektori E
XA
ga) nisbatan 0 dan 360° oralig‘ida burchaklarga siljigani uchun 360° ni 12 ga 
bo‘lgandan chiqqan natija (30°) ulanish guruhining birligi qilib qabul qilinadi. «Yulduz» 
sxemasiga ulangan PK chulg‘am EYuK lari vektor diagrammasini qurish uchun YuK 
chulg‘amning A fazaviy chulg‘am EYuK vektori E
XA
bilan mos tushadigan yo‘nalishda 
yordamchi MN punktir chiziq chiziladi (7.2-rasm) va uning doiradan yuqori qismida birorta 
nuqtani belgilab, shu nuqtadan PK chulg‘amning fazaviy EYuK vektorlari (Exa va E
ub
) ni YuK 
chulg‘am «A» va «B» fazalarining tegishli EYuK vektorlari (E
XA
va E
YB
) ga mos ravishda 
yo‘naltiriladi. Ularning uchlarini birlashtirib, liniyaviy EYuK vektori Eab hosil qilinadi. Guruhni 
aniqlash uchun shu vektorning yo‘nalishini aniqlash kifoya bo‘ladi. 
PK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori E
ab
ning YuK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori 
E
AB
ga nisbatan siljishini aniqlash maqsadida PK chulg‘am uchun qurilgan vektor 
diagrammaning E
ab
vektorini o‘ziga parallel ravishda doiraning ichidagi YuK chulg‘am vektor 
diagrammasi tomon siljitishda uning «a» nuqtasi E
AB
vektorning «A» nuqtasi ustiga tushishi 
zarur. 
E
XA
va Exa fazaviy EYuK vektorlar MN chizig‘i ustida yotganligidan «a» nuqtani «A» 
nuqta tomon surishda juda ham qulaylik yaratadi. Chulg‘amlar Y/Y 
ulangan hol uchun qurilgan vektor diagrammalar shu tartibda birlashtirilganda PK chulg‘amning 
liniyaviy EYuK vektori E
ab
YuK chulg‘amning liniyaviy EYuK vektori E
AB
bilan ustma-ust 
tushadi. Ularning orasidagi siljish burchagi 0 bo‘lgani uchun chulg‘amlarning ulanish guruhi 0 
(0: 30°= 0) bo‘ladi (mazkur usuldagi sanoq tizimi 0 dan boshlanishi uchun «12» ni «0» bilan 
almashtirish tavsiya qilinadi). Uch fazali transformatorning ulanish guruhini soat yordamida
aniqlash usulida PK chulg‘am liniyaviy EYuK vektori (Eab) soatning kichik mili bilan 
belgilanadi va chulg‘amning ulanish guruhlariga qarab, soatning bu mili 12 (0) dan 11 gacha 
bo‘lgan turli butun sonlarni ko‘rsatishi mumkin (7.2-rasm). 
2. Transformatorning YuK chulg‘ami «yulduz», PK chulg‘ami esa«uchburchak» sxemasi
(7.2,e-rasm) bo‘yicha ulanganda YuK chulg‘amidao‘zgarish bo‘lmagani tufayli bu chulg‘am 
uchun vektor diagramma 7.2,a-rasmdagi bilan bir xil bo‘ladi (7.2,d-rasm). 
Chulg‘amlari bir xil yo‘nalishda o‘ralgan, fazaviy chulg‘amlari uchlarining belgilanishi 
va bu chulg‘amlardagi EYuK larning yo‘nalishlari ham bir xil bo‘lgan PK chulg‘amda liniyaviy 
EYuK Eab miqdor jihatdan shu chulg‘am fazaviy EYuK E
ub
ga teng (E
ab
= E
ub
), teskari ketma-
ketlikda ulab «uchburchak» sxemasi hosil qilinganda esa E ' 
ab
=E ' 
bu
bo‘ladi). 
7.2,d-rasmdagi PK chulg‘am uchun vektor diagrammani qurishda yordamchi MN 
chizig‘ining doiradan yuqori qismida bironta nuqtadan YuK chulg‘amning «В» fazaviy EYuK 
vektori E
YB
ga parallel qilib, unga mos yo‘nalishda E
ab
= E
ub
vektori chiziladi. Boshqa fazalarga 
oid EYuK vektorlarni ham shunday tartibda chizish mumkin. So‘ngra PK chulg‘am liniyaviy 
EYuK vektori Ea
b
ni o‘ziga parallel qilib, uning «a» nuqtasi YuK chulg‘am liniyaviy EYuK 


vektori E
AB
ning MN chizig‘i ustidagi A nuqtasi bilan ustma-ust tushgunga qadar siljitiladi. Bu 
holda Eab vektor soatning «11» raqamiga yo‘nalgan holatni egallaydi. Demak, transformator 
chulg‘amlarining ulanish guruhi 11 ekan. E
AB
vektoridan boshlab soat milining aylanishi 
bo‘yicha burchakni o‘lchab, uni 30° ga bo‘lganda ham shu natija (330°:30° = 11) olinadi. 
Amaliyot uchun muhim xulosa. Transformatorlarning ulanish guruhi faqatgina PK 
chulg‘amning YuK chulg‘amga nisbatan o‘ralish yo‘nalishiga, PK fazaviy chulg‘amlarning 
uchlari qanday belgilanishiga hamda ularning ulanish sxemalariga bog‘liq bo‘lib qolmasdan, 
YuK va PK fazaviy chulg‘amlarni qanday ketma-ketlikda ulab "
A
" sxemasini hosil qilishga ham
bog‘liq bo‘ladi. 
7.2-rasm. “Yulduz-yulduz” (b, d) va “yulduz-uchburchak” (f, g) sxemalar uchun uch fazali 
transformator chulg’amlarining ulanish guruhini aniqlashga oid chizmalar (a, e).
2.
Chulg‘amlariningo‘ralishyo‘nalishivauchlariningbelgilanishibirxilbo‘libY/Zsxemabo‘
yichaulangan (7.3,a-rasm) transformatorningPKchulg‘amEYuKlarivektordiagrammasini (7.3,b-
rasm) 
qurishuchun 
«A» 
fazaning 
(«a-x'») 
vaВfazaning 
(«b-u») 
g‘altaklario‘zaroqarshiulanganligitufayliulardahosilbo‘ladiganEYuKlarbir-biridan 
120° 
siljiganhamdaEYuKlariteskariyo‘nalganligidanularnigeometrikayirishnatijasidafazaviyEYuKvek
torlari (Ea, Eb, Ec) hosilqilinadi, ya’ni: Ea= E"b-E'a, Eb= E"c-E'b, Ec= E"a-E'c (7.3,b- rasm). 
«B» fazaning ikkinchi («b'-u») g‘altagida hosil bo‘ladigan EYuK E"b neytralga yo‘nalgan, shu 
fazaga tegishli YuK chulg‘am EYuK E
b
esa neytraldan chulg‘am boshiga yo‘nalgan. Shu sababli 
E"
b
vektorini E
b
ga teskari yo‘nalishda qo‘yiladi va uning uchidan «A» fazaning PK chulg‘amiga 
tegishli birinchi («a- x'») g‘altagi EYuK vektori E
A
ni YuK chulg‘amning «A» fazaviy EYuK 
vektori E'
a
ga mos yo‘naltirib chiziladi. So‘ngra E'
a
vektorining uchini neytral nuqta bilan 
birlashtirib fazaviy EYuK vektori E
a
hosil qilinadi. «B» va «C» fazaviy chulg‘amlarning 
tegishlicha EYuK vektorlari Eb va Ec lar ham xuddi shu tartibda hosil qilinadi. 
(7.3,b-rasm). Ea va Eb vektorlarning uchlarini birlashtirib Eab vektorining yo‘nalishi va 


kattaligini aniqlaymiz. 
Bu vektorni o‘ziga parallel ravishda YuK chulg‘am uchun qurilgan vektor 
diagrammaning «A» nuqtasiga liniyaviy vektor Eab ning «a» nuqtasi ustma-ust tushadigan qilib 
ko‘chirilganda E
ab
vektori soatning «11» raqamiga yo‘nalganligi kuzatiladi (7.3,c-rasm). 
7.3-rasm. “Yulduz-zigzag” sxemasi(a) uchun kuch transformatorlarining ulanish guruhini 
aniqlashga oid vektor diagrammalar (b, d). 
Uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruhlarini tajriba yo‘li bilan aniqlash va 
ularning qo‘llanish sohalari 

Download 498.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling