Gidrofil asoslar.
Bu guruhga mansub bo‘lgan surtma asoslari teriga surtilganda o‘zlaridan hech qanday iz yoki dog‘ qoldirmaydi. Ular teriga surtilgandan so‘ng xar xil vaqt oralig‘ida qurib, bir necha vaqt oralig‘ida terida ushlanib turilib, so‘ng birdaniga so‘riladi. Suvning bug‘lanishi terining haroratiga bog‘liq ekan, bu guruh asoslari xo‘l bog‘lamlarga o‘xshash sovutuvchi ta’sirga ham ega. Ular ko‘plab dori moddalari bilan mos keladigan asoslar bo‘lib, tashqi suvli fazalaridagi dori moddalarini oragnizmning to‘qimalariga oson o‘tkazadi. Ular fizik-kimyoviy xususiyatlari bilan suvda erimaydigan, lekin suvda bo‘kadigan yuqori molekulali brikmalar (YUMB), kolloid gellar (yarim kolloidlar) va dispers kolloid moddalarga o‘xshashdir.
Sovunli asoslar. Bu asoslar asosan ixtiol, qora moy va boshqa moddalardan surtmalardan surtmalar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Sovunli asoslar sovunni suvda qizdirish yo‘li bilan eritish orqali yoki ularni suvni glitserin bilan aralashmasi, stearin kislotasining potash bilan yoki kalsiyli soda bilan aralashmasida eritish orqali olinadi. Natijada xar xil qovushqoqlikdagi gidro yoki glitserogellar xosil bo‘ladi. Kaliyli sovunlar ancha yumshoq gellarni xosil qiladi. Sovunli asoslar teri orqali oson so‘riladi. Ular yuqori gidrotrop xossali bo‘lganligi uchun moyli asoslar bilan yaxshi aralashib, emulsion asoslar xosil qiladi. Sovunli asoslar ishqori sharoitga ega bo‘lganligi uchun ularni butunlay indifferent deb bo‘lmaydi.
Jelatin-glitserinli asoslar. Bu asoslar tarkibida turli xil miqdorlarda jelatin (1-3%) va glitserin (10-30%) saqlaydi. Bu asosni tayyorlash uchun bo‘laklarga bo‘lingan jelatin belgilangan miqdordagi suv bilan aralashtirilib, 3-4 soatga bo‘ktirish uchun qoldiriladi. So‘ng glitserin qo‘shilib, suv xammomida qizdirish bilan bir jinsli massa xosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Natijada teriga oson surtiladigan va teridan tez yuviladigan massa xosil bo‘ladi. Biroq ular tez buziladi.
Tabiiy polisaxarid eritmalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |