Kraxmal-glitserinli asos yoki glitserinli asos (Unguentum Glycerini) – 7 qism bug‘doy kraxmali teng miqdordagi suv bilan aralashtirilib, unga 93 qism glitserin qo‘shiladi. Massa suv xammomida bir xisl massa xosil bo‘lguncha qizdirish orqali aralashtiriladi. Natijada oq rangli, bir xil konsistensiyali yumshoq massa xosil bo‘ladi. Bu asos shilliq qavatlarga yaxshi surtiladi, lekin sekin so‘riladi. Bu asoslar asosan ko‘z surtmalarini tayyorlashda ishlatiladi. Asos mikroblarga nisbatan ancha turg‘un, biroq tuzilish-mexanik ko‘rsatkichlari bo‘yicha saqlanish davomida turg‘un emas. V.M.Gretskiy va I.S.Ajgixinlarning ta’kidlashlaricha 5-6% kraxmal eritmalari surtma asosi konsistensiyasiga ega bo‘lsada, nisbatan sekin so‘riladi. YAna shu asos kabi xossani dekstrin ham namoyon etadi, faqat undan 50% eritma tayyorlash lozim bo‘ladi.
Tragakant-glitserinli asos – tarkibida 3% tragakant va 40% gacha glitserin saqlaydi. Maydalangan tragakant kam miqdordagi yuqori konsentratsiyali spirt bilan aralashtirilib, suv-glitserinli aralashma bilan bo‘ktirish uchun qoldiriladi. Oldindan spirt bilan aralashtirishdan maqsad tragakantni komoklanib qolishini oldini olishdir. Bu asosdan protivozachatochniy pastalar va kosmetik kremlarni tayyorlashdi ishlatiladi. CHet el farmatsevtik amaliyotida bugungi kunda bu turdagi asoslardan pektinli [pektin 7,5 g, glitserin 18 g, benzoy kislotasi 0,2 g va tozalangan suv 100 g gacha], alginli [natriy alginat 2,5 g, kalsiy sitrat 0,2 g, glitserin 15 g, tozalangan suv 100 g gacha],mutsinli (lnyan urug‘ining shilimshig‘i) asoslar va yana bir qancha o‘ismliklardan olingan yuqori molekulali bbrikmalardan olingan asoslar ishlatilib kelinmoqda.
Mikroblardan olingan polimer - polisaxaridlar. Surtmalar texnologiyasida gidrofil asos sifatida yuqori molekulyar massali polisaxarid – dekstran xayotiy zarur mikroorganizmlar Leuconostok mesentervides va L. dextranicus asosida olinadi. Bu polimer asosan glyukozadan tashkil topgan bo‘lib, molekulyar massasi 150000. Dekstranning eritmalari surtmasimon qovushqoqlikka ega bo‘lib, yuqori indifferentlikni nomoyon qiladi. Ular rangsiz va xidsiz, pH 4,5-6,5. N.P.Elinova va I.YA.Gurevichlar achitqisimon zamburug‘dan - Aureobasidium (Pullularia) pullulaus, zamburug‘li glyukan – pullulan olishga muvffaq bo‘lganlar. U yuqori qovushqoqlikka ega bo‘lgan suyuqlik bo‘lib, xlortetratsiklin va geliomitsin surtmalarini tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qilgan. Faqat bu surtmalar uzoq vaqt saqlanganda sifatini buzilishi xisobiga ularga konservant qo‘shish lozim bo‘lgan (1:100000 nisbatda mertiolat).
Do'stlaringiz bilan baham: |