Dunyo oziq-ovqat muammosi


Download 1.85 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1565884
Bog'liq
13 Dunyo oziq-ovqat muammosi

Jahon miqyosida oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishdagi muammolar


Topshirdi Saidjonov.B
Qabul qildi ____________

Oziq-ovqat muammolarining sabablari va hal qilish yo’llari.


Global oziq-ovqat muammosi insoniyatning eng qadimgi muammolaridan biri hisoblanadi. Ocharchilik qadimgi davrlarda ham, o’rta asrlarda ham, hozirgi vaqtda ham insonlarning boshiga tushgan eng katta kulfatlardan biri bo’lgan. Ocharchilik 2 shaklda namoyon bo’ladi. Birinchi shakilda ocharchilik surunkali davom etadi,
uning natijasida odamlarning sog’lig’i yomonlashadi, tinkasi quriydi va harhil kasalliklarga chalinishi ehtimoli kuychayadi. Ocharchilikning bu shakli “to’yib ovqat yemaslik” deb ham ataladi. Ikkinchi shaklida m’alum bir vaqtda, malum bir hududda qurg’oqchilik yoki boshqa sabablar bilan bog’liq bo’lgan ocharchilik oqibatida millionlab, o’n millionlab insonlar halok bo’ladi.
FAO (xalqaro oziq-ovqat bilan ta’minlash tashkiloti), VOZ (xalqaro sog’liqni saqlash) va boshqa tashkilotlarning ma’lumotiga ko’ra insonning bir kunlik oziq-ovqat normasi 2400-2500 kkal dan past bo’lmasligi lozim. Ba’zi mualliflar ushbu ko’rsatkich 2700-2800 kkal ga teng bo’lishi lozim deb hisoblamoqdalar.
Shu bilan birga, maskur ko’rsatkich insonlarning yoshi, jinsi, mehnat faoliyati, kasb-hunari, tabiiy-ijtimoiy sharoitlari bilan aloqador tarzda o’zgarishi mumkin. “Ovqat to’yib yemaslik” holati yuqoridagi norma 1800 kkal dan pastga tushganda sezila boshlaydi, ocharchilik esa ushbu ko’rsatkich 1000 kkal dan kam bo’lganda kuzatiladi.
FAOning ma’lumotlariga ko’ra yerdagi jami aholining 35 foizi to’yib ovqatlangan, 15 foiza zaruriy miqdordagi kaloriyalarni qabul qilgan, lekin ular oqsilni yetarli miqdorda iste’mol qilmagan. Aholining 20 foizi oqsilga bo’lgan talabi qondirilmagan, 30 surunkasiga ovqatni to’yib yemagan yoki och qolgan. Hozirgi vaqtda ocharchilik 580-650 mln. kishini qamrab olgan. 1-1,3 mlrd. kishi esa to’yib ovqat yemayapti. Rivojlanayotgan mamaliakatlarda ocharhilikdan yiligi 13 mln. dan 18 mln. gacha kishi o’lmoqda, shularnin ¾ qismini bolalar tashkil etmoqda.
Hozirgi kiunda ocharchilikka mahkum bo’lan jami aholining 200 mln. Afrikaga, 370 mln. kishi Janubiy va Janubiy-sharqiy Osiyoga, 70 mln. Janubiy Amerikaga, 30 mln. kishi Yaqin va O’rta Sharq regionlariga to’g’ri keladi.
Yuqoridagi malumotlar hatto juda katta miqdordagi oziq-ovqat yordam ko’rsatish bilan ham hal etib bo’lmaydi. Buning uchun rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qoloqlikdan chiqarish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlash, qishloq xo’jaligini ko’rsatish zarur.
Ma’lumotlarga qaraganda o‘tgan asrda yuz bergan o‘nlab yer silkinishlari, suv toshqinlari, kuchli bo‘ronlar, vul­qon otilishlari 4 million nafardan ortiq kishining yostig‘ini quritgan. Bunday balolar yangi asrning dastlabki o‘n yilligida ham jahonning turli nuqtalarida tez-tez kuzatilmoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan «VI Umumjahon suv forumi sari — suv xavfsizligi yo‘nalishida hamkorlikdagi sa’y-harakatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiyada ham ana shu dolzarb masalalar haqida so‘z yuritildi. Unda dunyoning 32 mamlakatidan kelgan 400 dan ziyod ekspertlar, taniqli olimlar, ekologlar, suv xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, 30 ga yaqin nufuzli xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi.
BMTning hisob-kitoblariga qaraganda, dunyo aholisi har 12 yilda 1 milliard kishiga ko‘paymoqda. 1999 yilda sayyoramiz xalqi 6 milliarddan oshgan bo‘lsa, 2050 yilga borib bu ko‘rsatkich 9,3 milliardni tashkil etadi. O‘sish asosan Hindiston, Xitoy, Pokiston, Nigeriya, Bangladesh va Indoneziya davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Tug‘ilish, rivojlanish bor ekan, yerga, suvga bo‘lgan insoniyat ehtiyoji ham tobora ortib boradi. Shu­ning­dek, mutaxassislar kelajakda suv va oziq-ovqat mahsulotlari tan­qis bo‘lishini ham bashorat qilishmoqda...
Yer yuzining qariyb 10 foizi muz va aysberglar bilan qoplangan. Shunga qaramay, talab va ehtiyoj borgan sari oshmoqda. Chunki, aksariyat hollarda suvdan oqilona foydalanmaymiz. Inson tanasining 70 foizini suv tashkil qilsa, u o‘z umri davomida o‘rtacha 20-22 tonna ovqat va 33 ming litr turli suyuqlik iste’mol qilar ekan. Olti milliarddan ortiq aholining har biri 80-90 ming litr suvni behuda isrof qilishini inobatga oladigan bo‘lsak, hosil bo‘lgan raqam oldida kishi chuqur o‘yga tolib qoladi.
Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling