7-ma’ruza: Zafar Diyor, Sulton Jo’ra, Shukur Sa’dullalarning hayoti va ijodi Reja
Download 23.09 Kb.
|
7-ìàúðóçà ìàòíè
Sulton Jo‘ra 1910- yilning 15- yanvarida Buxoro viloyatining SHofirkon tumanidagi Qag‘altom qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ildi. Yetti yoshida ota-onasidan yetim qolgan Sulton dastlab boshlang‘ich maktabda o‘qidi. U 1924-yilda Buxoroga kelib erlar pedagogika bilim yurtiga o‘qishga kirdi va uni 1930-yilda bitirdi.
Sulton Jo‘ra 1931—1938- yillarda Buxoro pedagogika insti-tutining ishchi fakultetida o‘qiydi. 1938—1941- yillarda Andijondagi o‘qituvchilar instituti va pedagogika bilim yurtida til va adabiyotdan dars berdi. 1942- yilda Sulton Jo‘ra harbiy xizmatga chaqiriladi. U dushmanga qarshi ham qurol, ham qalam bilan mardonavor jang olib bordi. 1943- yilning 14- noyabrida Belorussiya tupro-g‘ida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi janglarning birida jangchi-shoir qahramonlarcha halok bo‘ldi. Sulton Jo‘raning dastlabki she’rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarining «She’rlar» to‘plamida nashr etildi. Uning 1939- yilda «Fidokor», 1941-yilda «Moskva» she’riy to‘plamlari, 1942-yilda «Iroda» nomli pesasi nashr etildi. Iste’dodli shoirning vafotidan so‘ng 1951- yilda rus va o‘zbek tillarida «Tanlangan asarlar», tinch qurilish yillari davrida «Havorang gilam», «Zangori gilam», «Bruno», «Parvoz», «Qaldirg‘och», «Tanlangan asarlar» kitoblari bosilib chiqdi. Ikkinchi jahon urushi davrida yaratgan asarlarida fashist gazandalarining butun yovuzliklari ochib tashlandi, ularda yovga qarshi la’nat va nafrat tuyg‘ulari davr kishilarining yuksak vatanparvarlik ruhi bilan hamohang yangradi. «To‘pchi Muhammad», «Pulemyotchi ovozi», «Chavandoz», «Uch og‘ayni botirlar», «Nayzamiz» (1941), «Qahramon Qo‘chqor» (1942), «Jahon seni olqishlar», «Berlin aptekasida» (1943) she’rlari shular jumlasidandir. Shoir-pedagog Sulton Jo‘ra bolalar uchun yozgan asarlarida baxtli bolalik, Vatanga muhabbat va dushmanga nafrat, mehnat ahllariga eotiqod tuyg‘ularini ifodaladi. Ayni chog‘da, u yaxshi va a’lo baholarga o‘qish uchun kurashish, rostgo‘y va intizomli bo‘lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi ta’lim-tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g‘oyalar shoirning «Yozgi yomg‘irdan so‘ng» (1936), «Qizlar», «A’lo» va «Yaxshi»ning maqtovi», «Zangori gilam» (1939), «Lola», «Oy nechta?», «Tinish belgilarining majlisi», «Cho‘ntak», «Sirkda» (1940), «Qarzdor», «Qaldirg‘och», «Yolg‘onchi», «Dengiz tagida» (1941), «Sog‘inib» (1942), «Sog‘inchli salom», «Salom xat» (1943) kabi asarlarida o‘z ifodasini topdi. Pedagog-murabbiy va jangchi-shoir Sulton Jo‘ra o‘zbek bolalar adabiyotining xazinasiga o‘zining ana shunday qimmatbaho asarlari bilan munosib hissa qo‘shgan. Download 23.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling