7-ma’ruza: Zafar Diyor, Sulton Jo’ra, Shukur Sa’dullalarning hayoti va ijodi Reja
Download 23.09 Kb.
|
7-ìàúðóçà ìàòíè
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- She’riyat bizni jamlashga qodir 1 . Richard Paul H. Fry. Theory of literature Zafar Diyor
7-MA’RUZA: Zafar Diyor, Sulton Jo’ra, Shukur Sa’dullalarning hayoti va ijodi Reja: Zafar Diyor hayoti va ijodi Sulton Jo’ra hayoti va ijodi Shukur Sa’dulla hayoti va ijodi Xulosa Adabiyotlar: 1.M.Jumaboyеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil. 2.M.Jumaboyеv. O‘zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‘llanma. 1996 y. 3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‘zbek yozma adabiyotida folklor an’analari Toshkent – 2011 4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti- 5. Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012 She’riyat bizni jamlashga qodir1. Richard Paul H. Fry. Theory of literature Zafar Diyor 1912- yilda Namangan viloyatining Chust tumani, Samsoqtepa qishlog‘ida kambag‘al dehqon oilasida tug‘ildi. 1916-yilda Zafarlar oilasi Toshkent shahriga ko‘chib keladi. Zafarning otasi dalada, onasi esa bosmaxonada mehnat qiladilar. 1927- yilda Zafar to‘liqsiz o‘rta maktabni bitiradi va Samarqanddagi Narimonov nomli pedagogika texnikumiga o‘qishga kiradi. Texnikumda ko‘proq ilm-fan sirlaridan bahramand bo‘lishga harakat qiladi. Uning dastlabki she’riy mashqlari bilim yurti devoriy gazetasi sahifalarida ko‘rina boshlaydi. Yigirmanchi yillarning oxiri va o‘ttizinchi yillarning boshlarida uning yoshlar gazeta va jurnallarida ilk she’rlari chop etila boshladi. Zafar Diyorning birinchi she’ri yosh shoirlarning «Qurilish kuylari» degan to‘plamida bosilib chiqdi. Ko‘p o‘tmay uning birinchi she’rlar to‘plami «Qo‘shiqlar» nomi bilan 1933-yilda nashr etildi. Yosh shoir 1933- yilda bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, o‘qituvchi bo‘lib ishlay boshladi. Bu hol uning maktab va bolalar hayoti bilan yaqindan tanishishida, yosh avlod hayoti haqida yozadigan asarlarining hayotiy va puxta bo‘lishida ijobiy o‘rin tutadi. 1934-yilda Zafar Diyor Samarqanddan Toshkentga qaytadi va hozirgi «Tong yulduzi» gazetasida adabiy xodim, keyinroq esa mas’ul kotib bo‘lib ishlay boshlaydi. SHu bilan birga, u hozirgi Toshkent davlat pedagogika universitetining til va adabiyot fakultetiga kirib, o‘qishni davom ettiradi. O‘zbek hamda qardosh xalqlar yozuvchilarining asarlarini qunt bilan o‘qiydi, o‘rganadi. O‘sha yillari gazetada Zafar Diyor bilan birga ishlagan yozuvchi Hakim Nazir o‘z esdaliklarida shunday yozadi: «Men Zafarni o‘ylasam uni nuqul shod-hurram bolalar qurshovida, quvnoq chehrasidan nur taralib, sertabassum lablaridan she’r durdonalari yog‘ilayotganday ko‘raman. CHindan ham, u bolalarga juda yaqin edi. Maktablar va bolalar uylarida, kutubxona va bog‘chalarda bot-bot bo‘lar, yosh kitobxonlarga yangi-yangi she’rlarini bolalarcha muloyim, sodda, shirali ovoz bilan o‘qib berar, ayrim she’rlarini yoddan ifodali o‘qir, bolalarga ham she’r o‘qitib eshitardi. Shunda u o‘zining qaysi she’rlari bolalar ko‘rigidan yaxshi o‘tganini, qaysi she’rni ko‘proq sevib qolganlarini ko‘rar, bolalarga yoqtirish uchun qanday she’rlar yozish lozimligini fahmlab olardi. «Biz bolalarga nuqul o‘rgatibgina qolmay, ulardan o‘rganib ham turishimiz kerak», derdi. Zafar Diyorning «Binafsha» she’rini yoddan bilmagan o‘quvchi bo‘lmasa kerak. She’r o‘zining ravon o‘qilishi, qofiyalarning jarangdorligi bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi: Binafshaxon, binafsha, Kulishlaring chiroyli. Bog‘imizda ochilib, Turishlaring chiroyli. Shoirning «Mamlakat», «Kazbek», «Tilsiz o‘rtoq», «Madriddan kelgan mehmon» kabi she’r va dostonlari shoir ijodining har taraflama yuksalishidan dalolat beruvchi liro-epik asarlardir. Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Zafar Diyor baxtli bolalarning go‘zal bog‘lardan, chamanzorlardan, rang-barang gullardan, bahordan olgan quvonchini «Bahor keldi», «Orzu», «Qaldirg‘och», «Qushlar haqida qo‘shiq», «Binafsha» kabi she’rlarida sodda, ravon tilda, ohangdor, yengil qofiyali, o‘ynoqi misralarda shoirona talqin etadi va ular qalbida hayotga mehr uyg‘otadi. Zafar Diyor bugungi o‘zbek bolalar dramaturgiyasi taraq-qiyotiga ham barakali hissa qo‘shdi. U bolalar hayoti haqida «Baxtli yoshlik», «Yosh vatanparvarlar», «Omonat», «Uch og‘ayni» kabi qator dramalar ham yozgan. O‘zbek bolalar nasrini rivojlantirishda Zafar Diyor ham o‘z hissasini qo‘shgan. Uning «Jo‘natish», «Cho‘pon qizi», «Nojo‘yaliklar» kabi hikoyalari shular jumlasidandir. Zafar Diyor bolalar adabiyotining hamma janrlarida qalam tebratdi. U bolalarning turmushi, talab-ehtiyojlari hamda orzu-tilaklarini, turmushini, ularning ruhiyatini puxta bilganligi uchun bolalarning yoshiga, ong-tushunchasiga moslab, g‘oyaviy-badiiy jihatdan puxta asarlar yaratdi. Download 23.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling