7 mavzu. Ahloqiy qadriyatlar (etika) reja


Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy mohiyati


Download 56.15 Kb.
bet2/6
Sana31.01.2024
Hajmi56.15 Kb.
#1832915
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

Gedonizm va evdemonizm tushunchalarining axloqiy mohiyati
Gedonizm (grech. hendone — lazzatlanish) — qadimgi davr falsafiy tushunchalaridan biri sifatida ko‘ngilocharlik, huzurlanish ma’nolarini beradi. Qadimgi davr axloqshunosligida gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti) hayotning ma’nosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham iborat degan ta’limotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha akasariyat holda o‘zida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuxrat ketidan quvish» kabi ma’nolarini ham anglatmoqda.
Gedonizm (huzurbaxshlik ta’limoti)— bu o‘ziga xos hayotga bo‘lgan yondoshuv bo‘lib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pog‘onasiga lazzatlanish va huzurbahshlik qo‘yiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning ta’limotlariga borib taqaladi. Faylasuf axloqshunoslikning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni huzurbaxshlik bilan bog‘laydi. YA’ni nima insonga huzur baxsh etsa shu yaxshilikdir degan xulosaga keladi. Bunday xulosa o‘sha davrning aksariyat olimlarining bu yondoshuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yo‘nalishini paydo qilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. SHu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik va o‘zini to‘liq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala boshlandi.
Yillar osha bu qadimgi tushuncha global ahamiyatga molik axloqiy masala sirasiga kira boshladi. Dunyo miqyosida hozirgi kunda huzurbaxshlik ta’limotining ta’siri kun sayin kuchayib bormoqda. YAshashga bo‘lgan intilish ashyoviylik, moddiylik bilan yo‘g‘rilib, insonlarni elkasiga yanada og‘irroq bo‘lgan yuklamani ortmoqda. Natijada zamonaviylik «hayotdan to‘liq zavq olish» shiori ostida uni yanada yorqinroq, chiroyli va dabdabali kunga aylantirishga intilish kuchaydi. «Sabr», «shukr», «minnatdorchilik», «kelajakka umid» degan tushunchalar nozamonaviylik, noreallik tarzida qabul qilinyapti. Bunda eng yaxshi hayot tarziga ega bo‘lish eng yaxshi narsalarga ega bo‘lish bilan belgilanadi. Qimmatbaho buyumlar, mazali taomlar, eng yaxshi moddiy ta’minot baxtning belgisi sifatida namoyon bo‘lar ekan, axloqiy anglash muammosi bu borada qay darajada muhim ekanligini belgilaydi.
SHu jihatdan ham, hozir ushbu ta’limot sog‘lom va nosog‘lom turlariga ajrala boshladi. Nosog‘lom turi nafaqat o‘zini, balki boshqalarning ham hayoti, ya’ni yashash tarziga «halaqit» beradi. Aynan moddiy etishmovchilik tufayligina boshqa insonlarni qadrini, oriyatini, izzatini oyoq-osti qiladi. Ularni tahqirlaydi. Insonning mohiyati emas, uning tashqi ko‘rinishi, u bog‘langan va foydalanayotgan narsalariga bo‘lgan qiziqishning kuchliligi, Kamyu tili bilan aytganda ob’ektni sizdan «begonalashuviga» olib keladi. Biz o‘zimiz bilmagan holda uni nafratiga sabab bo‘lamiz. Unda o‘zini, yoki boshqalarni o‘limiga intilish hissini uyg‘otamiz.
Gedonizm ta’limotining sog‘lom turi boshqalarning hayotini ham yaxshi o‘tishiga to‘sqinlik paydo qilmaslikdir. Misol uchun, siz jamoat transportida ketyapsiz. Qulog‘ingizga uyali aloqa vositasining quloqqa taqadigan jihozini (quloqchin) taqib musiqa eshitib ketyapsiz. Ammo bu jihozlar aksariyat holda sifatsizi tanlanadi – ya’ni siz eshitayotgan musiqani shovqinli, asabga qattiq tegadigan ovoz chiqaradiganidan olgansiz. Siz ertalabki tiqilinchni sezmaslik, o‘zingizda yaxshi kayfiyatni uyg‘otish uchun qo‘shiqdan huzur qilsangiz, atrofdagilarning asabi buziladi. SHundoq ham qiyinchilik tug‘dirayotgan bu sharoit yanada og‘irlashadi. Sizni bekatdan tushib qolishingizni istaydilar. Huzurbaxshlik ta’limotini sog‘lom turi insonning o‘z burchini his qilishi, boshqalarni erkiga, izzat-nafsiga tegmaslikni talab qiladi. Bu zamonaviylikni faqat yaxshilik bilan bog‘liq xususiyatlarini o‘zida mujassam qilishni, turmush go‘zalligini, inson go‘zalligini, atrof-muhitni go‘zallashtirish, hayotni ma’nosini to‘laqonli bo‘lishiga intilishda ko‘rinadi.
Gedonizm axloqshunoslikning huzurbaxshlik yo‘nalishi bo‘lib, unda hayotning maqsadi hayotning yuksak ne’matlariga intilish va undan lazzatlanib, zavqlanib yashash bilan belgilanadi. SHu jihatdan ham qadimgi davr faylasuflaridan bejizdan Antisfen: «mehnat orqasidan keladigan farog‘atni talab qilish kerak, undan oldin keladiganini emas» degan fikrni aytgan emas.
Aslida huzurbaxshlik ta’limotiga ergashish salbiy xususiyat kasb etmaydi. Insonni hayot qiyinchiliklaridan o‘tishda uning mehnati samarasi katta ahmiyat kasb etadi. Turli ruhiy, jismoniy zo‘riqishlarga uchragan insonga ruh bag‘ishlaydi. Mehnat estetikasi inson mehnat jarayonida zavqlangani uchun ham mehnatga intiladi, unda o‘zini erkin va komil his qiladi degan fikrni ilgari suradi. Zotan mehnatda inson o‘zining asosiy mohiyatini topadi: u yaratish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa estetik zavq baxsh etadi. Ammo nafsni cheklashga intilish maqsadida asketizm bilan bog‘lik g‘oyalarni ilgari suradigan shunday rahnamolar ham bo‘lganki ular tarixda o‘z nomiga dog‘ tushiradi. Ular orasida diniy rahnamolar, siyosiy arboblar ham ko‘p uchragan. Misol uchun, Lenin, Stalin kabi «mehnatkash xalq rahnamolari» ittifoq kelajagi uchun xalqni o‘z ehtiyojlaridan voz kechishga chaqirgan bo‘lasalar-da, o‘zlari bu kelajakni «kutib o‘tirishga sabri etmay» xalq hisobidan hayotdan lazzatlanib yashaganlar. Misol uchun, Rossiya, Moskva va Peterburgda ishchilar o‘z joni va oilasini garovga qo‘yib, qon to‘kib, jon berib Lenin g‘oyalarini amaliyotga qo‘llashga intilishayotgan bir paytda, ishchilar rahnamosi o‘z oilasi bilan horijdagi kurortlar, qimmat mehmonxonalarda dam olishgan. Krupskaya qaynonasiga ya’ni Lenining onasiga yozgan xatida, kurortda juda yaxshi hordiq chiqarayotganini, muzey, teatrlar, bog‘larni oilaviy sayr qilishlari, mehmonxonalarning qulayligi, dam olishning juda huzurbaxshligidan uning bundan hatto vijdoni ham qiynala boshlaganini yozadi. 1912 yilda Krupskaya xatlarning birida tog‘dagi uylardan biriga ko‘chib o‘tganlarini, u erda juda qiziqarli sayrlar va go‘zal manzaralarning tomoshasidan bo‘shamayotganlarini yozadi. Bu paytda esa Rossiyada ishchilarning ommaviy otishmasi ro‘y berdi. 270 ta inson halok bo‘ldi, 250 tasi og‘ir yaralandi. Ammo bu fojeaviy hodisalar Leninning turmush tarzida o‘zgarish sodir qilmadi, vaholanki bu halok bo‘lgan ishchilar «dohiyning» maqsadiga yaqinlashtirar edi.
Qadimgi davrda gedonizmga qarshi g‘oyalarni ilgari surgan kiniklar edi. Kiniklarning asoschisi Antisfen (e.a. 435-375 yy.) lazzatlanishning har qanday turini, inson ehtiyoji uchun kerakli bo‘lgan oddiy qulayliklarga nisbatan ham qarshi chiqadilar. Misol uchun, Diogen Sinopskiy (e.a. 330 y. — 320 y), bochkada yashab, faqatgina yopinchiq bilan cheklangan. Bundan maqsad – moddiy imkoniyatlardan voz kechib haqiqiy erkinlikka erishish edi. Ammo bunday cheklashlar o‘zida jamiyat talablarini ham inkor etardi. Natijada oddiy axloqiy me’yorlardan ham voz kechishga to‘g‘ri kelardi. Zotan axloqiy anglashning eng muhim xususiyatlaridan botiniy ozodlik va ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi ular tomonidan mutlaqlashtiriladi.
Boshqa tomondan, huzurbaxshlik ta’limoti ham axloqshunoslikning muhim g‘oyalaridan – inson uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bog‘liq g‘oyalarni ilgari suradi. Bu ikki ta’limot asosida boshqa mashhur ta’limotlarni vujudga keltirdi.
Bu falsafiy yo‘nalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Aristipp (435—355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va nafislik sifatida, iztirob esa qo‘pol va ruhiy qo‘zg‘alish xususiyatlariga ajratadi. Aristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak cho‘qqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning ma’nosi uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bog‘liq.
Epikur esa lazzatni hayotni yo‘lga qo‘yishning tamoyili sifatida ko‘radi. Huzurbaxshlikni Epikur nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod bo‘lish deb tushunadi. Unda asosiy maqsad huzurbaxshlikning o‘zi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan qutulishdir. Epikurning baxt falsafasida unga erishuv bezovtalik (ataraksiya) hamda iztirobdan erkinlik vositasida amalga oshishi bilan belgilanadi. Bunday erkinlik Epikur fikricha dunyoviy ehtiyojlar yordamida emas, balki haqiqiy ehtiyojlarga bo‘lgan, misol uchun, do‘stlikka bo‘lgan ehtiyojga sinchkov e’tibor orqali erishiladi. Utilitarchilardan Djeremi Bentam bunday yondoshuvni «hisobli huzurbaxshlik» deb nomlaydi. Henri Sidgvik (Henry Sidgwick) XIX asr utilitarizmini ta’riflar ekan, huzurbaxshlik ta’limotini axloqiy va ruhiy huzurbaxshlik ta’limotiga ajratadi. Bunda ruhiy huzurbaxshlik ta’limoti insonning o‘z quvonchlarini ko‘paytrishga intilish bilan belgilanadi. SHu tariqa tushkunlikka tushishdan saqlanishga yoki zavqlanishni kuchaytirishga intilish inson harakatlarining asosiy sababchisiga aylanadi. Axloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga ajralib ketadi. Inson o‘zinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik gedonizmi), yoinki jamiyatni farog‘ati uchun harakat qilishi lozim (universal gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli o‘laroq Bentam: «Tabiat insonni ikki hukmdor – iztirob va quvonchning qo‘liga topshirib qo‘ygan. Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar», deb yozadi.
«Katta farog‘at egasi bo‘lish uchun inson o‘zini cheklay bilishi lozim» degan fikrni, garchi huzurbaxshlik ta’limoti namoyondasi bo‘lmasa-da, Epikur hayotning tenglamasi qilib qo‘ydi.
Keyinchalik bu axloqiy yondoshuvlar estetika sohasi bilan uyg‘un tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika estetikasi, dizayn va intererlarning go‘zalligi. Teatr, musiqa, umuman, san’at turlari va ko‘ngilochar sayllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. SHu tariqa huzurbaxshlik ta’limoti bir necha yo‘nalishga ajraladi.
Keyinchalik insonni doimo huzurbaxshlikka intilishi «libido (nafs)» tushunchaari bilan bog‘liq bo‘lib, ruhiy tahlil etikasi asoschisi Zigmund Froyd uning insonni o‘lim bilan bog‘laydigan, unga tayyorlaydigan, insonni doimo qo‘rquv, o‘zidan qoniqmaslik, vijdon azobi, va boshqa ruhiy iztiroblarning ibtidosi sifatida qarasa, yangi ruhiy tahlil yo‘nalishi namoyondasi Karl Gustav YUng huzurbaxshlikka intilish insonni ruhiy xastalikka uchrashini «osonlashtiradi». Bunga qarshi insonni tabiatga yaqinlashishi qo‘l keladi. Karl YUng fikriga ko‘ra, inson tabiat bilan uyg‘unlashgandagina o‘z tabiiy insoniy mohiyatini topadi va uning huzurbaxshlikka intilishi moddiylikdan ma’naviylikka «o‘tish» bilan amalga oshadi.
Gedonizmning qaysidir ma’noda davomchisi sanalgan yana bir yo‘nalishlardan biri evdemonizmdir. Evdemonizm (grech. ευδαιμονία — barqarorlik, huzurbaxshlik, baxt) — inson asosif faoliyatining baxtga erishuvga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan axloqshunoslik yo‘nalishlardan biri sanaladi.
Evdemonizm yo‘nalishi namoyondalari qarashlarida inson uchun eng buyuk ne’mat baxt sanaladi. Uning asosida yunon faylasufi Arastuning baxt hakidagi ta’limoti yotadi. Uning fikricha baxt bu «biz doimo uning o‘zi uchun o‘zini tanlaydigan, boshqa narsa uchun uni tanlamaydigan» axloqiy tushunchadir.1. O‘rta asrlar tafakkurida evdemonizm (baxtga etishuv ta’limoti) Foma Akvinskiy ta’limotiga yo‘naltirilgan bo‘lib, yuksak baxt Xudoni anglash va hayoti davomida Uni tan olmoqdir, degan g‘oyani tasdiqlar edi.
Evdemonizm yo‘nalishidagi huzurbaxshlik ta’limotini yoqlovchilar Epikur, Gassendi, Lametri, Volter, Golbaxlar baxt va huzurbaxshlikni uyg‘unlashtiradilar. Ammo gedonizmdan farqli o‘laroq huzurbaxshlik bu erda insonning axloqiy faoliyati bilan bevosita bog‘lanadi. Misol uchun, Epikur nazdida yuksak darajadagi huzur tuban jismoniy lazzatda emas, balki nafis ma’naviylikdadir. Faqatgina mutlaq sokinlik va ataraksiya holatidagina inson haqiqiy baxt egasiga aylanadi.
Ammo asosiy evdemonizm yo‘nalishi tanqidchilaridan Immannuel Kant haqiqiy axloqiy faoliyatning asosida baxt emas, burch turishini ta’kidlaydi.
Zamonaviy ruhshunoslikda bu yo‘nalish ijobiy, amaliy ruhshunoslik sifatida evdaymoniya haqidagi qadimgi yunon faylasuflarining ta’limotini o‘rganmoqda.
SHarq falsafasiga esa, baxtga erishuv hakidagi bu ta’limotni buddhachilikning nirvanaga erishish uchun barcha iztiroblardan qutulishga intilish va shu bilan to‘laqonli baxtga erishuvga nisbat beriladi. Dalay-Lama (XIV) qarashlari «Inson hayotining asosiy maqsadi – baxtdir. Bu shubhasiz. Biz qanday e’tiqoddaligimizdan qat’iy nazar — dahriy yo Xudoga ishonamizmi yo‘mi, buddhachi yo nasroniy, — barchamiz hayotda eng yaxshi narsani izlaymiz. SHu tariqa, mening fikrimcha, hayotimizdagi asosiy faoliyatimiz — bu baxtga intilishdir» 2 .
L.A. Seneka yaxshilikning o‘zi baxtli bo‘lish uchun etarlidir deb hisoblasa, Spinoza baxt – yaxshilik uchun qilingan mukofot emas, balki ezgulikning o‘zidir degan xulosaga keladi.
YUqoridagi mutafakkirlarning qarashlaridan xulosa yasaydigan bo‘lsak, inson haqiqiy baxtli bo‘lgandagina huzurbaxshlikka erishadi. Baxt esa, avvalambor axloqiy faoliyat bilan chambarchas bog‘liqdir.

Download 56.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling