7 mavzu. Ahloqiy qadriyatlar (etika) reja
Download 56.15 Kb.
|
7-mavzu
Axloqiy madaniyat
Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo‘lgan munosabatlarida foydalanishi, o‘z-o‘zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o‘z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs axloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero axloqiy madaniyat axloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o‘z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o‘zgalar bilan o‘zaro munosabatlarida namoyon bo‘ladi. Soddaroq qilib aytganda, insonning xatti – harakati, xulq – atvori va yurish – turishi va ularni doimo nazorat qila bilish darajasi, kishilar o‘rtasidagi muomala munosabatidir. Axloqiy madaniyat shuningdek, insonning o‘z xatti – harakatlarini me’yorini anglashdir. Muomala esa insonlarni bir – biriga bog‘lovchi, yaqinlashtiruvchi, katta – kichik xayrli ishlarga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, jamiyat orasida o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat extiromiga erishishda muomalaning o‘rni kattadir. Har bir inson muayyan hollarda o‘zini qanday tutishi kerakligini, qabul qilingan odob – axloq normalariga muvofiq yoki bu qoidalarga hilof xatti – harakat qilish kerakligini ma’lum darajada mustaqil hal qiladi va o‘z harakatlariga o‘zi baho beradi. Agar o‘zi xohlagan xatti – harakatni tanlash erkinligi bo‘lmaganida edi, u holda odob – axloq haqida gapirishga ham hojat qolmas edi. 1 Арасту. Ахлоқи кабир. – Тошкент. Шарқ. 2005. -123 бет 2 Радхакришнан С. Индийская философия. Т.1. СПб., «Стикс», 1994. С. 287-290. Download 56.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling