7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash
Download 87.04 Kb.
|
7-mavzu. Amaliy dasturiy taâminot. Amaliy dasturlar paketi bilan-fayllar.org
Skanerlar. Kompyuter viruslari, boshqa dasturlar kabi, o‘ziga xos bo‘lgan signatura deb nomlanuvchi buyruqlaridan iborat bo‘ladi. Dastur signaturalari ham inson barmog‘i izlariga o‘xshab bir biridan ajrab turadi. Biror virus signaturasini aniqlash mumkin bo‘lsa, Shu signatura orqali diskda yashiringan virusni aniqlash imkoni bo‘ladi. Antivirus dasturi ma’lum signaturalar orqali diskdagi har bir faylni tekshirib chiqadi. Agar u biro fayl ichida virus signaturasini aniqlasa, u virusni aniqlagan bo‘ladi. Bunday qidirish skanerlash, bunday jarayon esa skanerlash jarayoni deyiladi.
Skanerlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan viruslarni aniqlashni bilgani uchun kompyuterni o‘ziga ma’lum bo‘lgan viruslardan to‘la himoya qila oladi. Agar virus yangi bo‘lsa yoki signatura ro‘yxati to‘la bo‘lmasa yoki u eskirgan bo‘lsa, u holda skaner virusni aniqlay olmaydi. Shuning uchun ham antivirus ishlab chiqaruvchilar antivirus dasturlarini tez-tez yangilab turilishini taklif qiladilar. Signatura ro‘yxati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar agar virus yangi bo‘lsa, uni antivirus dasturi topa olmaydi. Antivirus dasturning skanerining muddati 6 oydan oshgan bo‘lsa, albatta uni yangilash zarur bo‘ladi. YUqori darajada ximoyalanish uchun ikki yoki undan ortiq antivirus skanerlarni qo‘llash zarur. Biror skaner yangi virusni o‘tkazib yuborsa, boshqasi uni aniqlashi mumkin bo‘ladi. Hech qanday antivirus dasturi yakka holda viruslarga qarshi kurasha olmaydi. Shuning uchun viruslardan ilojining boricha to‘la himoyalanishda bir necha antivirus dasturlaridan va himoya dasturlari(filtr dasturlari, taftish dasturlari, doktor dasturlari, doktor-taftish dasturlaridan foydalanish maxim ahamiyat kasb etadi. Shunday bo‘lsada “Viruslarning kelajagi qanday? Qaysi tipdagi viruslar yaqin kelajakda saqlanib qoladi?”- degan savol hammani qiziqtiradi. Viruslarga qarshi kurashish to‘xtamasdan davom etishiga qaramasdan polimorfizm asosida tuzilgan viruslar, makroviruslar, Shuningdek tarmoq viruslari foydalanuvchilarga muammolarni tug‘dirishi mumkin. Balki bulardan boshqa muammolar ham yaratilishi mumkin, Shunday bo‘lsada optimistik nuqtai nazardan qaralganda virus yozuvchilar tuShunchasining ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid bog‘lash ham ehtimoldan holi emas. Shuningdek, OS larning himoya sistеmasini kuchaytirish ham viruslar bilan zararlanishni oldini olishda yaxshi natija beradi dey hisoblaymiz. Download 87.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling