7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash


Download 87.04 Kb.
bet15/20
Sana03.11.2023
Hajmi87.04 Kb.
#1743371
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan-fayllar.org

Qanotli viruslar. Qanotli viruslar o‘z nomini qanotli raketalar nomidan olgan. Bunday raketalar katta og‘irlikdagi yuklarni dushmanning ichki xududlariga olib kirishi va radarlar bunday raketalarni sezmaganligi kabi qanotli viruslarni sezish ham juda qiyin. Bunday viruslarning maqsadi – kompyuterdagi fayllarga zarar yetkazmasdan kompyuterga kirib olish, fayllarga o‘rnatilgan kalit so‘zlar (parol)ni yoki diskdagi muxim fayllarni ko‘chirib olishdan iborat.
Bunday tipdagi viruslarning imkoniyatlaridan xarbiylar va katta korporatsiyalar foydalanadilar.
Xulosa qilib aytganda viruslar maxsus yozilgan virus dasturlari yoki virus bilan zararlanga dasturlar orqali ko‘chib o‘tishi va boshqa dasturlaga yuqishi mumkin. Lekin elektron pochta orqali berilgan xabarlar ichida viruslarning bo‘lishi mumkin emas. Shunday bo‘lsada, elektron pochta orqali virus bilan zararlangan fayllar yuborilishi natijasida viruslar ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Viruslarni aniqlash va yo‘qotish. Ayrim antivirus dasturlari evristik tahlilni qo‘llab, qaysi faylda virus mavjud, qaysinisida yo‘q ekanligini aniqlashga xarakat qiladi.
Viruslarni aniqlash uchun evristik tahlil dasturlardagi Shubxali buyruqlarni qidiradi. Masalan matn dasturlarda xech qachon qattiq diskni formatlash haqidagi buyruq bo‘lmaydi. Agar bu kabi o‘z doirasidan tashqari bo‘lgan buzg‘unchi buyruqlar qaysi faylda topilsa o‘sha faylda virus mavjudligi aniqlanadi. Afsuski, evristik tahlil ham ayrim paytlarda xatoga yo‘l qo‘yib zararlangan faylni zararsiz, zararsiz faylni zararlangan deb qabul qilishi mumkin. Bu esa yolg‘on xabarning chiqarilishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Ko‘p antivirus dasturlari evristik tahlil bilan skanerni birgalikda qo‘llaydi. Bu esa agar skaner virusni tanimasa, antivirus fayllarni tekshirish uchun evristik tahlilni qo‘llaydi. Faylning zararsiz ekanligiga ishonch hosil qilish uchun har ikkala tekshiruvdan ham to‘la o‘tkazilishi kerak bo‘ladi.
Viruslarni «xo‘rak» yordamida aniqlash. Ayrim antivirus dasturlari dasturlarni viruslar bilan zararlanishini tekshirish maqsadida bazi bir xo‘rak fayllaridan foydalanadilar. Masalan, antivirus dasturlari .yexe va .som tipli oddiy fayllari bo‘lib ularni doimo kuzatib turadi. Virus bu fayllardan birini zararlashi bilanoq, antivirus dasturi Shu virusning signaturasini ko‘chirib oladi. Keyinchalik bu signatura yordamida usha virus tipini aniqlashda va yo‘qotishda foydalanadi.

Download 87.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling