7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash
Download 87.04 Kb.
|
7-mavzu. Amaliy dasturiy taâminot. Amaliy dasturlar paketi bilan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Windows viruslari.
Sputnik virusi. Sputnik virusi-yo‘qolib borayotgan viruslar tarkibiga kirib, ularni MSDOS sistеmasida ishlaydigan kompyuterlarda uchratish mumkin. MSDOS rejimidagi ishchi dasturlarining ko‘pchiligi .EXE kengaytmasiga ega bo‘ladi. Ko‘pchilik foydalanuvchilar bunday dasturlarni ishga tushirishda fayl nomini yozilb kengaytmasini yozmaydilar. Virus foydalanuvchining Shu xususiyatidan foydalanadi. Fay nomi to‘la yozilmaganda virus .EXE tipli faylga zarar yetkazmagan holda Shu nom bilan .COM tipli faylni hosil qiladi. Kompyuterlarda .COM tipli fayllar .EXE tipli fayllardan oldin yuklanganligi uchun virus yashiringan .COM tipli fayl boshqa faylni hosil qilib, so‘ngra haqiqiy yeXE tipli faylni yuklaydi.
Antivirus dasturlari bunday fayllarni topishga qiynaladi, Chunki bunday viruslar dastur hajmini o‘zgartirmaydi va zarar yetkazmaydi. Bunday viruslar faqat MSDOS sistеmasida keng tarqalishi mumkin. Bunday hollarda .COM tipli qo‘shimcha fayllarni oddiy usulda diskdan o‘chirib yuborish mumkin. Windows sistеmasida bunday fayllar tarqala olmaydi. Chunki bu sistеmada ishchi dasturni ishga tushirishda .exe kengaytma albatta yoziladi. Goldbug-bu murakkab viruslardan hisoblanib, ikki xil usulda kengayish imkoniga ega. YA’ni yuklanuvchi virus sifatida disklarning ishga yuklanish sektorlarini, virus sputnik sifatida esa har safar yeXE fayllar ishga tushganda kengaytmasi .COM bo‘lgan fayllarni hosil qiladi. Bu virus juda kam uchrasada, antivirus dasturlaridan himoyalanish imkoniyati juda katta. Agar Goldbug yuklovchi sektorga o‘rnashib olgan bo‘lsa, .exe tipli fayl nomining oxiridan oldinga xarfi A bo‘lgan dasturlarni ishga tushirishga xalaqit beradi. Chunki ko‘p antivirus dasturlari nomining oxirgisidan oldingi xarfi A dan iborat. Masalan, SCAN, CLEAN, NETSCAN, CPAV, NAV, TBAV va boshqalar. Windows viruslari. MICROSOFT kompaniyasi WINDOWS 10/98/NT sistemalarini ishlab chiqqanda MS DOS sistemasidagi viruslarning tarqalishini oldini oldi. Avval ishlab chiqarilgan ko‘p turdagi viruslar o‘z moxiyatini yo‘qotdi. Viruslar Windows sistеmasida tarqalish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsada MSDOS dasturlari ishlatilmagan vaqtlarda uning fayllarga zarari tegmaydi. Shundan so‘ng viruslarning avtorlari Windows sistemasi uchun viruslar yaratishni boshlab yuborishdi. Boza virusi 1996 yili aniqlangan bo‘lib MICROSOFT WINDOWS 10 sistemasida tarqalishga va zararlantirishga qaratilgan birinchi virus edi. Bu virus .exe tipli dastrlarni infeksiyalashga qaratilgan bo‘lib, dasturning yozilishida xatoliklari bo‘lganligi uchun virus to‘g‘ri ishlashmagan. Eng ko‘p tarqalgan viruslar qatoriga esperanto virusini misol keltirish mumkin. U MS DOS va Windows dagi dastur fayllarga zarar keltiradi. Bu virus har yili 26 iyul kuni juda faollashadi. Shu kuni virus esperantoning g‘aroyib imkoniyatlarini ekranga chiqaradi. Download 87.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling