7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash
Download 87.04 Kb.
|
7-mavzu. Amaliy dasturiy taâminot. Amaliy dasturlar paketi bilan-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha disklar.
- Antivirus dasturlarining kamchiliklari.
Viruslarni o‘chirish. Ayrim antivirus dasturlari zararlangan fayldan virusni o‘chirib yuborishini e’lon qiladi. Zararlangan fayldan virusni o‘chirish imkoniyati virusning qandayligi va antivirusning texnik imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Virus faylni zararlaganda faylning boshlanishiga, oxiriga qo‘shilib oladi yoki ichiga yashirib olishi mumkin. Agar virus faylning boshiga yoki oxiriga qo‘shilsa, antivirus uni fayldan ajratadi va undan so‘ng virusni o‘chiradi. Biroq virus faylning ichiga yashirinsa virusni fayldan ajratish va o‘chirish birmuncha qiyin kechadi. Bunday holatda virus faylning bir qismini buzadi. Bunday fayllardan foydalanish esa foydasizdir. Qo‘shimcha disklar. Mavjud qattiq diskni virus to‘la qoplab olgan bo‘lsa bunday diskdagi barcha fayllarni o‘chirish yoki qayta formatlashdan boshqa chora qolmaydi. Bunday holatga tushib qolmaslik uchun ko‘plab antivirus dasturlari favqulotta ishlatish uchun mo‘ljallangan disk yaratishni taklif qiladi. Bunday disk buzilgan fayllarni tiklay olmaydi, biroq xech bo‘lmaganda operatsion sistemani va ayrim fayllarni tiklash imkonini beradi. Antivirus dasturi intallyatsiya qilinib bo‘lingandan so‘ng favqulotta foydalanish diskini yaratish va kompyuterga yangi qurilmalar, yangi dasturlar o‘rnatilganidan so‘ng o‘sha diskni yangilab turish keark bo‘ladi. Agar qo‘shimcha disk kompyuterning oldingi holatini saqlab turgan bo‘lsa, u dasturlarni buzilish holatida tiklaydi. Antivirus dasturlarining kamchiliklari. Barcha antivirus dasturlari ham virus monitori, skanerlar, yaxlitlikni tekshiruv dasturi, evristik tahlil, viruslarni o‘chirish, qo‘shimcha disk yaratishni taklif qilish imkoniyatlariga ega emas. Ko‘plari yuqoridagi imkoniyatlarning ayrimlarini, ba’zilari esa barchasining bajarilishini taklif qilish imkoniyatiga ega bo‘lsada, doim ham ishlamaydi. Antiviruslarning ko‘plab versiyalari elektron jadvallar va ma’lumotlar bazasi uchun bo‘lib ishlatish vaqti uzoq davom etadi. Ko‘plab foydalanuvchilar 90-yil boshlarida yaratilgan antiviruslardan foydalanishni yoqtiradilar. Viruslar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda. Shuning uchun antivirus dasturlari yaratilgandan so‘ng 6 oy ichida eskirib ulardan foydalanish befoyda bo‘lib qolishi kuzatilmoqda. Xattoki antivirus dasturlarining oxirgi versiyalari ham ayrim viruslarga qarshi tura olmayotganligi ma’lum. Bunday viruslar antivirus dasturlariga chap berishi va ularga ham xujum qilib antivirus dasturlarini yaroqsiz holga keltirmoqda. Viruslardan himoyalanishning eng ishonchli usuli zarur fayllarning nusxalarini saqlab qo‘yishdan iborat. Download 87.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling