7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash
Virus bilan zararlanishning oldini olish
Download 87.04 Kb.
|
7-mavzu. Amaliy dasturiy taâminot. Amaliy dasturlar paketi bilan-fayllar.org
Virus bilan zararlanishning oldini olish. Kompyuterga virus tushganda uni davolash yoki o‘chirish o‘rniga viruslardan himoyalash chora-tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiq. Kompyuterlarni virusdan himoyalash uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur.
A) Zarur bo‘lmagan holda diskdan sistemani yuklash maqsadga muvofiq emas. Chunki har safar zararlangan diskdan yuklanuvchi viruslar tarqaladi. Shuning uchun har safar boshqa diskni disk yurituvchiga solishdan oldin uni antivirus dasturlari orqali to‘la tekshirish talab qilinadi. Bu holat yuz bermaslii uchun operatsion sistеmani yuklanish ketma-ketligini Setup CMOS parametrlarida to‘g‘ri ko‘rsatish zarur. YA’ni operatsion sistеmani yuklash jarayoni avval qattiq disk (S:) dan, agar operatsion sistеma S:dan topilmasa, yumshoq disk (A:) dan yuklanishi ketma-ketligini o‘rnatish maqsadga muvofiq. Qattiq diskdan operatsion sistеmani quyidagi ikki holatda yuklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Birinchidan, kompyuterda virus borligi aniqlansa viruslardan holi bo‘lgan sistemali diskdan operatsion sistеmani yuklash va antivirus dasturiga tekshirish. Shu tariqa virus boshqarishni qo‘lga olguncha antivirus dasturi tekshiruv ishlarini boshlash imkonini beradi. Ikkinchidan, virus bilan qattiq diskning juda katta joyi zararlanganda uni qayta tiklash maqsadida qo‘shimcha ehtiyot diskidan foydalanish. Bu bilan qattiq diskdagi buzilgan fayllarni tiklash mumkin bo‘ladi. B) Kompyuterdan boshqa shaxslar ham foydalanganligini nazorat qilib turish ham viruslarning tarqalishini oldini oladi. Shuning uchun kompyuterga himoya (kalit) qo‘yilgan bo‘lishi ham maqsadga muvofiq. C) Muntazam ravishda antivirus dasturi yordamida kompyuterni tekshirib turish viruslardan himoyalanishga yordam beradi. Internetga ulangan kompyuterlarda antivirus dasturiga avtomatik tekshirish holatini o‘rnatish va uni yangilab turish ishlari ham yaxshi natija beradi. D) Vaqti-vaqti bilan har bir disketani antivirus dasturiga tekshirib turish natijasida ham viruslarning ko‘payishi va tarqalishining oldini olish imkonini beradi. E) Antivirus dasturlarini yangilab turishni doimo kuzatish zarur. Ayrim firmalar o‘zlarining Veb saytlarida bepul antivirus dasturlarini taklif qilib boradi. Internet tarmog‘i yordamida ham bepul antivirus dasturlariga ega bo‘lish mumkin. F) Doimiy xotirada joylashgan CMOS kompyuter uchun o‘ta zarur bo‘lgan axborotni o‘zida saqlab turadi. CMOSda vaqt, kun, qattiq disk tipi, yuklash parametrlari va boshqa bir qator zarur axborotlar saqlanganligi uchun uning ayrim parametrlarining buzilishi kompyuterni umuman ishlamay qolishiga olib keladi. Ayrim antivirus dasturlari Shu parametrlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shuning uchun CMOS parametrlarini ko‘chirib olish va kompyuter ishlamay qolgan vaqtda uni solishtirish ham yaxshi natija beradi. J) Kompyuter sekin ishlab qolishi unda viruslar borligi yoki yo‘qligiga to‘la kafolat bermaydi. Buni tekshirib ko‘rish uchun viruslardan holi bo‘lgan, toza sistemali disk yordamida tekshirish mumkin. Sistemali disk yordamida kompyuter ishga tushirilganda kompyuter qattiq diskidagi sistema fayllarga murojaat qilmaydi, Shuning uchun kompyuterdagi har qanday viruslardan holi bo‘lgan holda kompyuter ishga tushiriladi. So‘ngra qattiq diskni antivirus dasturlari orqali tekshirish imkoni yaratiladi. Sistemali disk yaratish uchun (Masalan, Windows 98 sistеmasida) Panel upravleniya, Ustanovka i udalenie proagramm ketma-ketligidan so‘ng hosil bo‘lgan oynadagi Zagruzocho‘y disk faollashtiriladi. Oyna parametrlari o‘zgarib, unda Sozdat disk tugmasi bosiladi. Berilgan so‘rovlar ketma-ketligini bajarish natijasida sistemali disk hosil qilinadi. Sistemali disk hosil qilinganidan so‘ng CMOS parametrlarini ham tekshirib chiqish maqsadga muvofiq. Odatda unda operatsion sistеmani qidirish avval S: dan so‘ngra A: dan qidirish o‘rnatilgan bo‘ladi. Sistemali diskdan yuklanish zarur bo‘lsa Shu parametrni avval A:ga so‘ngra S: ga kabi o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Download 87.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling