Kompyuter virus bilan zararlanganda bajariladigan ishlar. Kompyuter virus bilan zararlanganda kompyuter sekin ishlashi, ayrim fayllarning yuklanmasligi, ekranga turli hildagi keraksiz ma’lumotlarning chiqishi, klaviaturaning ayrim tugmachalari ishdan chiqishi, fayllarning sababsiz o‘chib ketishi, qo‘shimcha fayllarning hosil bo‘lishi va boshqa bir qator alomatlari orqali aniqlanadi.
A) Agar antivirus dasturi biror faylni virus bilan zararlanganligini ma’lum qilsa haqiqatdan ham uning virus ekanligiga ishon hosil qilish kerak. Antivirus dasturi virusni topgandan so‘ng virus nomi, uning ayrim parametrlari haqida ma’lumot beradi. Shundan so‘ng uni o‘chirib yuborishni so‘raydi. Ko‘p hollarda antivirus dasturlari fayllarga ziyon yetkazmagan holda viruslarni o‘chirib yubora olmaydi. Bunday hollarda zararlangan faylni o‘chirib yuborish zarur bo‘ladi.
Agar kompyuterda virus borligi ma’lum bo‘lsa, bir yoki bir necha antivirus dasturlarini ishga tushirish zarur. Antivirus dasturlari virusni topa olmasa, bu virus xech kimga ma’lum bo‘lmagan yangi virus bo‘lishidan yoki antivirus dasturining eskirib qolganligidan dalolat beradi.
Qo‘shimcha yordam olish uchun virus bilan zararlangan yoki Shubxali faylni antivirus ishlab chiqaruvchi tashkilotga yuborish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Odatda bunday xizmat bepul bo‘lib, antivirus ishlab chiquvchi xodimlar uchun yangi virus turini aniqlashda katta yordam beradi.
B) Zararlangan faylni o‘chirish bilan virusdan qutulish mumkin. Agar dikning yuklovchi sektoriga virus tushgan bo‘lsa, diskni qayta formatlash zarur bo‘ladi.
Antivirus dasturlarining servis xizmatlari ichida viruslarni aniqlagandan keyin ularni o‘chirish belgisi mavjud bo‘ladi. Shu belgi o‘rnatilgan bo‘lsa viruslar o‘chiriladi. Viruslardan to‘la qutilish uchun antivirus dasturi viruslarni o‘chirib uning o‘rniga tasodifiy belgilarni o‘rnatadi.
V) Kompyuter virus bilan zararlanganda u qaysi kompyuterdan, diskdan yoki internet orqali olingan ma’lumotlardan o‘tganligini aniqlash muxim axamiyat kasb etadi. Virus tarqalgan joyi aniqlanganda unga qarshi kurashish imkoniyati kengayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |