Kompyuter viruslari dasturlarini tashkil etuvchilari. Kompyuter viruslarining dasturlari asosan ikki qismdan va uchta qo‘shimcha qismdan iborat bo‘lishi mumkin. Uning asosiy qismlarini qidirish va infeksiyalash dasturiga bo‘linadi. Qo‘shimcha qismlari esa, ishga tushirish, dasturni yuklash va dastur aniqlanishini qiyinlashtiruvchi bo‘limlaridan iborat bo‘ladi.
Qidirish dasturi egiluvchan yoki qattiq diskni zararlash maqsadida uning bo‘sh bo‘g‘inlarini o‘rganib chiqadi. Bu dasturning asosiy nishonlari sifatida fayllar yoki yumshoq va qattiq disklarning yuklovchi sektorlari olinadi. Shuningdek, qidirish dasturi avval zararlagan fayllar yoki disklarni qayta zararlamaslik uchun taqqoslash ishlarini amalga oshiradi.
Dastur nishonini aniqlagandan so‘ng, infeksiyalash dasturi ishga tushadi. U nishonni (fayl yoki diskning yuklovchi sektori) virus bilan infeksiyalaydi.
Ishga tushirish dasturi virusga qaysi vaqtdan boshlab ishni boshlashni belgilab beradi. Bular xafta kunlari (masalan dushanba) yoki boshqa shartlar (masalan, qattiq disk hajmi 75 foyizga yetgandi) bo‘lishi mumkin.
Dasturni yuklash qismi virusga faylni o‘chirib yuborishga yoki uni buzishga, ayrim tugmachalarni ishdan chiqarishga yoki ekranga ayrim so‘zlar chiqarishga buyruq beradi.
Dastur aniqlanishishi qiyinlashtiruvchi dastur foydalanuvchini yoki antivirus dasturini virus dasturini aniqlashga xalaqit beradi. Bu dastur zararlangan fayllarning yaratilgan vaqtini o‘zgartirishi, uning hajmini o‘zgartirishi yoki disklardagi yuklovchi sektorlarni aniqlash ishlarini xotirada saqlab antivirus dasturining yuklovchi sektoriga murojaatlarini aniqlash va mos holdagi javoblarni berishi mumkin.
Masalan, antivirus dasturi yuklovchi sektorni zararlanganligini aniqlab kompyuterga «YUklovchi sektor joyidami?» degan savol bilan murojaat qiladi. Kompyuter esa «Yo‘q u zararlangan» degan javobni beradi. Lekin virus dasturi bu javobni aniqlab (ushlab) oladi va antivirus dasturiga «Ha joyida» degan mazmundagi axborot bilan almashtiradi. Natijada, yuklovchi sektor zararlangan bo‘lsada, antivirus dasturi uni aniqlay olmaydi.
Ayrim antivirus dasturlari bunday holatlarni oldini olish maqsadida avvalo kompyuterning tezkor xotirasini zararlanganligini tekshiradi. Xotira viruslardan holi bo‘lgan taqdirdagina disklarni tekshirishni boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |