7-mavzu. Amaliy dasturiy ta’minot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash
Download 0.71 Mb.
|
7 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rinmas viruslar.
- Polimorfizm.
Viruslarning himoyalanishi. Viruslar kompyuterda o‘zining borligini yashira olish imkoniyatining kattaligi uning yashash vaqtini uzaytiradi. Shuning uchun har bir virus o‘zini yashirishga harakat qiladi. O‘zlarini yashirish maqsadida virus dasturiga turli hil himoya dastur qismlari qiritiladi.
Ko‘rinmas viruslar. Viruslar o‘zlarining mavjudligini fayllarni zararlashi oqibatida namoyon qiladi. Masalan fayllarning hajmini o‘zgartirishi, zararlangan fayllarning yaratilgan kun yoki vaqtini o‘zgartishi natijasida aniqlanadi. Ko‘rinmas viruslar zararlagan fayllarning hajmini yoki uning yaratigan kunini o‘zgartirmaydi. Buning natijasida virus bilan zararlangan faylni aniqlash murakkablashadi. Bunday viruslar faylning biror qismini qirqib olib o‘rniga o‘zi joylashadi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan yuklanuvchi viruslarning deyarli barchasi ko‘rinmas viruslar turkumiga kiradi. Kompyuter diskning yuklanuvchi sektoriga murojaat qilganda, virus dasturi boshqa joyga berkitib qo‘ygan haqiqiy yuklovchi sektorni faollashtiradi va virus dasturi boshqa joyga o‘tib turadi. Bunday holat faqat foydalanuvchidan himoyalanishi mumkin holos, lekin antivirus dasturi buholatni tez aniqlay oladi. Antivirus dasturidan ham himoyalanish uchun virus dasturi polimorfizmni qo‘llashi zarur. Polimorfizm. Virus dasturi biror faylni yoki yuklovchi sektorni zararlaganidan so‘ng uni yana qayta zararlamasligi uchun virus dasturi uni zararlaganligini tekshirishi zarur. Buning uchun u avvalo fayl yoki yuklanuvchi sektordan o‘zining signaturalarini(o‘ziga xos buyruqlar majmuasi) qidiradi. Har bir virusning faqat o‘ziga xos signaturalari mavjud bo‘lib ular insonlarning barmoq izlari kabi farqlanib turadi. Antivirus dasturlari ham viruslarni signaturalari orqali qidiradi. Agar virus aniqlanmagan va ularning signaturalari tekshirilmagan bo‘lsa bunday viruslarni antivirus dasturlari aniqlay olmaydi. Nazariy jihatdan ham polimorf viruslari har safar fayllarni zararlaganda o‘zining signaturalarini o‘zgartiradi. Shuning uchun ham polimorf viruslarni aniqlash qiyinchiliklarga olib keladi. (Masalan, o‘g‘rilar har safar o‘g‘irlik qilganlarida o‘zlarining barmoq izlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lganida ularni aniqlash juda qiyinlashar edi.) Shunday bo‘lsada polimorf viruslar baribir o‘zining kichik signaturasini qoldiradi. Buning natijasida antivirus dasturi uni aniqlash imkoniga ega bo‘ladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling