7-Mavzu: Astronomiya asoslari. Bizning Galaktikamiz va uning obyektlari
-rasm. Galaklikamizga.qo'shni Andromeda galaktikasi
Download 61.68 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer sayy orasi.
4-rasm. Galaklikamizga.qo'shni Andromeda galaktikasi.
Yulduzlar zichligini, uning keskin kamayadigan masofalarini Quyosh atrofi zonasida aniqlash Galaktikamizning o'lchamlari haqida ma’lumot beradi. Aniqlanishicha, Quyosh Galaktika markazidan qarama-qarshi tomonda yotuvchi, uning chegarasigacha masofa esa 5 ming pk bilan xarakterlanadi. Bundan G alaktikamizning diametri 30 kpk atrofida ekanligi ma’lum bo'ladi. Quyoshning Galaktika tekisligidan uzoqligi esa 25 parsekni (shimoliy qutb tomonga) tashkil etadi. Galaktikaning katta qismini tashkil etgan obyektlari - О va В sinfga kiruvchi yulduzlari, sefeidlar, tarqoq yulduz to'dalari, o 'ta yangi yulduzlarning 2-rusumlilari va yulduz assotsiyalari, Galaktika tekisligida yotuvchi ingichka qalinlikdagi tekislik bilan chegaralangan fazoda joylashadi. Bu obyektlar haqida gap ketganda ular Galaktikamizning tekislikli kichik sistemasi obyektlari deb yuritiladi. Biroq Galaktikamizning boshqa obyektlari, xususan Liraning RR, Sunbulaning W, o'ta yangilaming 1-rusumlilari, submittilar, sharsimon to'dalar egallagan hajm diametri - galaktik tekislikda yotuvchi ellipsoid bilan chegaralanadi. Shu bois ular Galaktikamizning sferoidal (ba’zan sferik) kichik sistemasi obyektlari deyiladi. Galaktikamiz kinematikasini o'rganish, u Andromeda tumanligining strukturasiga o'xshash spiral strukturaga ega ekanligini tasdiqlaydi (4-rasm). Yer sayy orasi. Biz ustida yashayotgan osmon jismi, Quyoshdan uzoqligi bo'yicha uchinchi o'rinda turadi, o'rtacha uzoqligi 149,6 million kilometrni tashkil etadi. Sayyoramizning ekvatorial radiusi 6378 kilometr, ya’ni qutb radiusidan taxminan 21 kilometrga ortiq. Yer Quyosh atrofida sekundiga 30 kilometr tezlik bilan harakatlanib, uni 365,24 kunda bir marta to'la aylanib chiqadi. Bir yilda to'rt fasl kuzatilishining sababi Yer o'qining orbita tekisligiga 66,5 daraja og'maligi tufaylidir. Yer o'z o'qi atrofida yulduzlarga nisbatan 23 soatu 56 minutyu 4 sekundda to'la aylanib chiqadi. Biroq uning Quyoshga nisbatan aylanish davri biroz uzunroq bo'lib, 24 soatni tashkil qiladi. Sayyoramizning Quyoshga nisbatan aylanish davrining uzunligiga sabab Quyoshning yulduzlar oralig'ida yillik ko'rinma siljishidir (bunday siljish Yerning Quyosh atrofida haqiqiy harakatlanishi tufayli sodir bo'ladi). Yerning o'rtacha zichligi 5,5 g/sm3 ga teng bo'lib, massasi taxminan 6 1024 kilogrammni tashkil etadi. Sayyoramizning atmosferasi minglab kilometr balandlikka cho'zilgan, og'irligi qariyb 5 ming 160 trillion tonna keladi. Bunday ≪to'n≫ Yerda hayotning paydo bo'lishi va rivojlanishida muhim rol o'ynagan. Xususan, 20-30 kilometr chamasi balandlikda joylashgan ozon qatlami Quyoshning qisqa to‘lqinli ultrabinafsha nurlarini kuchli yutib, barcha tirik jonivorlarni, jumladan, odamzotni ularning xavfli ta’siridan asraydi. Download 61.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling