7-Mavzu: Astronomiya asoslari. Bizning Galaktikamiz va uning obyektlari


Download 61.68 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi61.68 Kb.
#1638608
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

Oy - Yer yo‘ldoshi.

Oy Yerga eng yaqin osmon jismi bo'lib, u sayyoramiz yo'ldoshidir. Oyning Yer atrofidagi orbitasi barcha sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish orbitasi kabi ellips shaklidadir. Shu tufayli Oyning Yerdan uzoqligi biroz o'zgarib turadi. U Yerga eng yaqin kelganda (orbitaning perigeyida) 363400 kilometr, eng uzoqlashganda (apogeyda) esa 405400 kilometr masofada bo'ladi. Oyning diametri 3476 kilometr bo'lib, uning hajmi Yer hajmining ellikdan bir qismini tashkil qiladi. Oy sirtida tortishish kuchi Yerdagidan 6 marta kam. Oy osmonda g'arbdan sharqqa tomon siljib, 27 kun 8 soatda Yer atrofini bir marta to'la aylanib chiqadi. Oy o'z o'qi atrofida ham xuddi shuncha vaqtda bir marta aylanib chiqadi. Shu bois u bizga (ya’ni Yerga) doimo bir tomoni bilan ko'rinadi. Oy o'zidan nur chiqarmaydi. Quyoshdan tushayotgan nurlarni qaytarishi hisobiga bizga ko'rinadi.


Oyda atmosfera deyarli yo'q. Oyning massasi Yeming massasidan 80 marta kichikdir.
Oyda olam qutbi Yerdan qaraganda, atrofida yulduzlar aylanma harakat qiladigan Qutb yulduziga mos kelmaydi. Yerda, Olamning shimoliy qutbi Kichiq Ayiq yulduz turkumining a yulduziga to'g'ri kelsa, Oy uchun qutb - Ajdaho yulduz turkumining со yulduziga to'g'ri keladi va u yerda shu yulduz atrofida boshqa yulduzlar aylanma harakatlanayotgandek tuyuladi (Oy o'z o'qi atrofida aylanganligi tufayli).
Oy relyefida Yernikiga o'xshash obyektlar ko'plab topiladi. Oyda ham pasttekisliklar, tepaliklar va tog'lar bor. Bu obyektlarni birinchi marta Galileo Galiley 1610-yilda Oyni o'zi yasagan teleskopdan kuzatib topgan edi. U pasttekisliklarga ≪dengizlar≫ deb nom bergan.

7-rasm. Oy relifining tasvirlanishi.

Dengizlar degan nom shartli ravishda hozirgacha qo‘llanilsa-da, aslida u yerlarda suvdan asar ham yo‘q (7-rasm).


Oy sirtida ham Yerdagi kabi vulqon otilishi hodisalari boiib turishini 1958-yili sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi bosh astronomik observatoriyasi (Pulkovo) professori N.A.Kazirov aniqladi. O‘sha yili olim Alfons krateridan gaz otilishini teleskopdan kuzatdi.


Download 61.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling