7-mavzu. Atrof-muhtni muhofaza qilishning huquqiy asoslari
Ekologik–iqtisodiy javobgarlik
Download 69.5 Kb.
|
7-mavzu
Ekologik–iqtisodiy javobgarlik – ijtimoiy javobgarlik turi bo’lib, u atrof –tabiiy muhitga yetkazilgan va qonun bilan belgilangan me’yordan oshmagan zarari bilan belgilanadi va keltirilgan zararni pul miqdorida so’zsiz qondirish bilan ifodalaniladi.
Ekologik huquqiy javobgarlik - ekologik qonun me’yorlarini buzganligi oqibatidagi noqulay sharoitlarning majburiy kechinmasi yoki subektlari yuridik javobgarlikka tortilishidir. Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklashning davlat boshqaruvi O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi - «Davlat tabiat qo’mitasi» atrof–muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklash sohasida davlat nazoratini va sohalararo boshqaruvni amalga oshiruvchi maxsus tayinlangan idoralararo muvoffiqlashtiruvchi respublika organi hisoblanadi. Davlat tabiat qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga bo’ysunadi va hisobot beradi. O’zbekiston Respublikasi Davtabiatqo’m va uning mansabdor shaxslari o’z xizmat doiralarida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun bajarishga majburiy hisoblanadi. Qonunchilik bilan ko’zda tutilgan hollarda, O’zbekiston Respublikasi Davtabiatqo’m qarorlari davlat boshqaruvining boshqa organlari, O’zbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda qabul qilinadi. O’zbekiston Respublikasi Davtabiatqo’m atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning davlat nazorati hamda sohalararo muvofiqlashtiruvini davlat boshqaruvi boshqa respublika organlari hamda davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda amalga oshiradi va vazirliklar, davlat qo’mitalari, boshqa davlat boshqaruv respublika organlarning (agentliklar, qo’mitalar, markazlar va boshqa idoralar) joylardagi davlat hokimiyat organlari va fuqarolar o’z-o’zini boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vazifalari hisoblangan tabiatni muhofaza qilish va tibiiy resurslardan foydalanish bo’yicha faoliyatlarni bajarmaydi. Atrof – muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklashning davlat boshqaruvi, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, sanoatda ishlarni havfsiz bajarishni nazorat qilish va tog’ nazorat bo’yicha Davlat inspektsiyasi, yer resurslari geodeziya, kartogriafiya va davlat kadastri bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Davlat qo’mitalarining atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish ishlari bo’yicha hamda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasidagi boshqa davlat boshqaruv organlarining faoliyatlari muvofiqlashtiruv asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning (9-dekabr 1992-y.) 8-moddasida: Atrof- tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiat resurslaridan foydalanishning davlat boshqaruvini O’zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiat qo’mitasi va davlat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiriladilar. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling