7-Mavzu. Biznes-rejaning ishlab chiqarish bo’limi
Jihozlar mutanosibligini hisoblash
Download 49.38 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval. Ishlab chiqarish dasturiga resurslar sarfi hisobi. (xom ashyo va materiallar)
Jihozlar mutanosibligini hisoblash
Ishlab chiqarish dasturi rejalashtirilgandan so’ng material resurslarga talab aniqlanadi. Bunda material resurslarini moliyalashtirish manbalaridan va ularni sotib olish manbalari samaradorligini e’tiborga olish zarur. 1-chizma. Ishlab chiqarishda resurslarga talabni aniqlash usullari. Material va ishchi kuchiga talab bashorati ular bilan boliq xarajatlarni hisoblash uchun zarur. Ishlab chiqarishning material resurslarga talabni hisoblash uchun boshlanich ma’lumot bo’lib rejalashtirilgan mahsulot va xizmatlar, ishlab chiqarish hajmi, mahsulot birligi uchun material resurslar sarf me’yorlari hisoblanadi. Material resurslarga talab, material sarf me’yorini mahsulot hajmiga ko’paytirish orqali barcha turdagi resurslar bo’yicha natural va qiymat ifodasida aniqlanadi. 1-jadval. Ishlab chiqarish dasturiga resurslar sarfi hisobi. (xom ashyo va materiallar)
Material resurslar hajmini rejalashtirishda yillik talabdan tashqari materiallar, joriy ishlab chiqarish zahiralari miqdori ham aniqlanadi. Zahiralar hajmini uchta asosiy omil belgilab beradi: kundalik material iste’mol hajmi; material sarflanish xarakteri (iste’molning barqarorligi); ikki ta’minot orasidagi muddat. Zahira miqdorini rejalashtirishda ikki usuldan foydalanish mumkin: 1-usul: yillik talabni yildagi xom-ashyo va materiallarni keltirish soniga bo’lish orqali aniqlashni ko’zda tutadi. 2-usul: materialning o’rtacha sutkalik sarfini ularning zahira me’yoriga ko’paytirish orqali. Ishlab chiqarish jixozlariga bo’lgan talabni aniqlashda dastlab mavjud ishlab chiqarish fondlarining qisqacha tavsifi beriladi: tarkibi, tuzilmasi, qiymati, texnik tavsifi, eskirish darajasi ko’rsatiladi. Jihozlarga talabni rejalashtirishda qo’llanilayotgan ishlab chiqarish shakli e’tiborga olinadi. Jihozlar soni quyidagi formula asosida aniqlanadi: bu yerda: Qn – natural o’lchovdagi ishlab chiqarish hajmi; Download 49.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling