7 mavzu: Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish Reja


Download 135.65 Kb.
bet4/12
Sana23.06.2023
Hajmi135.65 Kb.
#1651801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish

Shaxsiy ko‘rik. Shaxsiy ko‘rik bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yo‘nalishlar uchun ochiq bo‘lgan tranzit zonasida bo‘lgan jismoniy shaxsga nisbatan o‘tkaziladi.
Shaxsiy ko‘rik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoki belgilangan tartibni buzgan holda olib o‘tilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni o‘z ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar bo‘lgan taqdirda bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qaror bojxona organining boshlig‘i yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan yozma shaklda qabul qilinadi.
Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi:

  • shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni jismoniy shaxsga e’lon qilishi;

  • shaxsiy ko‘rik o‘tkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi; jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni o‘z ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart.

Jismoniy shaxs shaxsiy ko‘rikni rad etgan taqdirda, shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorga shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish haqidagi qarorni e’lon qilgan bojxona organi xodimining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qo‘yiladi.
Agar ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bojxona xodimining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik ko‘rsatsa, ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish uchun asos bo‘ladi.
Shaxsiy ko‘rik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan alohida xonada bojxona organining ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan xuddi shu jinsdagi ikki xolis hozirligida o‘tkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazishni kuzatish imkoniyatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxsning tanasini tekshirish faqat tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur bo‘lganda, maxsus tibbiyot texnikasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Zarur bo‘lganda shaxsiy ko‘rik o‘tkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi.
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganida uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaxslar uning yonida bo‘lishga haqli. Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili (uni kuzatib boruvchi shaxs) shaxsiy ko‘rik davomida bojxona organi xodimining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Shaxsiy ko‘rik ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs tomonidan o‘zida yashirib qo‘yilgan tovarlarni topish jarayonida inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitilishiga, uning sog‘lig‘i va mol-mulkiga ziyon yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko‘rikdan o‘tkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili (uni kuzatib boruvchi shaxs) shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:

  • bojxona organi boshlig‘ining yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxsning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinishini talab qilish; ona tilidan foydalanish, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish;

  • o‘z huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish;

  • tushuntirishlar, iltimosnomalar berish;

  • shaxsiy ko‘rik bayonnomasini tuzish tugallanganidan so‘ng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni bayon etish;

  • bojxona organining qarori, uning xodimlarining harakatlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;

  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga.

Shaxsiy ko‘rik natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi:

  • bojxona organining shaxsiy ko‘rikni o‘tkazgan mansabdor shaxsi;

  • xolislar;

  • shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs;

  • tibbiyot xodimi — ko‘rikdan o‘tkazilgan shaxsning tana a’zolari u tomonidan tekshirilganda; shaxsiy ko‘rikda ishtirok etgan boshqa shaxslar.

Shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan jismoniy shaxsga shaxsiy ko‘rik o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi bayonnomaning ko‘chirma nusxasi imzo qo‘ydirib taqdim etiladi. Bojxona identifikatsiyalashi. Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojxona nazorati ostida bo‘lishi lozim bo‘lgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin bo‘lgan xonalar va boshqa joylarning bojxona
identifikatsiyalash vositalarini qo‘llash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:

  • qo‘yilgan plombalar, muhrlar;

  • yozilgan raqamli, harfli tamg‘alar va boshqa xildagi tamg‘alar, identifikatsiyalash belgilari;

  • bosilgan shtamplar;

  • olingan namunalar va nusxalar;

  • tuzilgan tavsiflar, chizmalar;

  • tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;

  • tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;

  • yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari;

  • tovarning jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan plombalar va muhrlar qo‘yilgan, transport vositalarining yuk bo‘limlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari;

  • seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlar; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari. Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan o‘zgartirilishi, olib tashlanishi yoki yo‘q qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yo‘q qilinishi, qayta tiklab bo‘lmaydigan tarzda yo‘qotilishi

yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi bo‘lgan hollar mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari o‘zgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yo‘q qilinganligi to‘g‘risida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.
Chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qo‘yilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qo‘llanilish va tayyorlanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Bojxona kuzatuvi. Bojxona organlari xodimlari tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar
va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan texnik vositalar qo‘llanilgan
holda kuzatish bojxona kuzatuvi hisoblanadi.

Download 135.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling