7 mavzu: Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish Reja


O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini bojxona nazoratini olib borishdagi vazifalari


Download 135.65 Kb.
bet6/12
Sana23.06.2023
Hajmi135.65 Kb.
#1651801
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Bojxona xizmati nazoratini tashkil etish

O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlarini bojxona nazoratini olib borishdagi vazifalari.


Mamlakatimizda bojxona nazoratini tashkil etishda bojxona organlariga katta ma’suliyat yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi mazkur apparat xodimlarining cheklangan soni bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining asosini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlari Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida»gi 374-son qarori47 bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom”48 tashkil etadi.
Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining tizimini DBQ markaziy apparati, DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari (DBQB), ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari (IBK) hamda bojxona komplekslari va bojxona postlari tashkil qiladi.
Mamlakatimizda Davlat bojxona organlarining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:

  • yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;

  • O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

  • bojxona to‘lovlarini undirish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o‘tkazilishini ta’minlash;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan

kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish;

  • tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish;

47 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi 101-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan
48 1997 yil 30 iyulda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 dekabrdagi 960-sonli qarori bilan tahrir qilingan

  • O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash.

Davlat bojxona organlari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  • yagona bojxona siyosati amalga oshirilishining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy mexanizmalarini ishlab chiqadi, ularning amalda qo‘llanilishini ta’minlaydi, bojxona ishi sohasida qonun hujjatlari va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishida qatnashadi;

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari ishlab chiqilishida qatnashish, belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida bojxona masalalari bo‘yicha xalqaro bitimlar va shartnomalar tuzadi;

  • respublikaning bojxona hududida davlat xavfsizligini, jamoat tartibi, inson hayoti va salomatligi himoya qilinishi, hayvonlar va o‘simliklar muhofaza qilinishi, atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;

  • belgilangan tartibda bojxona nazorati amalga oshirilishini ta’minlaydi va uning shakllarini takomillashtiradi;

  • bojxona qonunchiligiga va o‘z vakolatlari doirasida-soliq qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

  • bojxona tartibga solish vositalari qo‘llanilishini ta’minlaydi, bojxona - tarif mexanizmi ham shu jumlaga kiradi, tashqi iqtisodiy faoliyatni tarifli tartibga solish usullari, kvotalash normalari, litsenziyalash va deklaratsiya taqdim etish ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida belgilangan tartibda qatnashadi;

  • boj poshlinalari, soliqlar va boshqa to‘lovlar davlat budjetiga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilishini ta’minlaydi;

  • o‘z vakolatlari doirasida valyuta nazoratini amalga oshiradi;

  • bojxona statistikasi metodologiyasini takomillashtiradi, bojxona ishi sohasida statistika ma’lumotlari to‘planishi, ularga ishlov berilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish, tashqi savdo va to‘lov balansini mustahkamlash bo‘yicha prognoz hisob-kitoblarni amalga oshiradi va takliflarni ishlab chiqadi;

  • bojxona ishi sohasidagi faoliyat to‘g‘risida axborot to‘planishi va ishlab chiqilishi hamda avtomatlashtirilgan tizim joriy etilishini yuritadi, shuningdek bojxona statistika ma’lumotlarini tegishli idoralar va manfaatdor organlarga taqdim etadi;

  • kontrabandaning, bojxona qonunchiligining, o‘z vakolatlari doirasida soliq qonunchiligi buzilishining oldini olish va ularga barham berish chora-tadbirlarini mustaqil ravishda yoki huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab chiqadi va qo‘llaydi, shuningdek xalqaro terrorizmga va O‘zbekiston aeroportlarida xalqaro fuqaro aviatsiyasi faoliyatiga g‘ayriqonuniy aralashishga qarshi kurashishga ko‘maklashish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qo‘llaydi;

  • bojxona organlari vakolatiga tegishli bo‘lgan ishlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va qonunchilikka muvofiq bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan bojxona qoidalari buzilganligi uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini belgilangan tartibda qo‘llaydi;

  • giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, qurol-yarog‘ respublikaning bojxona chegarasi orqali g‘ayriqonuniy olib o‘tilishining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi;

  • respublikaning va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan birgalikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar nazorat ostida yetkazib berilishini amalga oshiradi;

  • Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari bilan o‘zaro hamkorlikda qonunchilikda belgilangan tartibda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;

  • aybdorlarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalan bojxona organlari vakolatlari doirasidan tashqariga chiqqanda qonun buzilishlari faktlari bo‘yicha materiallarni tergov, sud organlari va boshqa organlarga topshiradi;

  • bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, bojxona organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan tushgan viloyatlar va e’tirozlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi;

  • bojxona organlariga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishini ta’minlovchi ilmiy-texnik xizmatlar, laboratoriyalar, uquv markazlari, boshqa korxonalar va tashkilotlarni tashkil etadi;

  • bojxona organlari xodimlarini, shuningdek davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun bojxona rasmiylashtirilishi bo‘yicha mutaxassislarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;

  • bojxona va erkin omborlar, bojsiz savdo do‘konlari, bojxona brokerlari va bojxona tashuvchilari, tovarlarga bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududida yoki bojxona nazorati ostida ishlov berish ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyatning sanab o‘tilgan turlarini amalga oshirish huquqiga ruxsatnomalar beradi;

  • xalqaro bojxona va savdo tashkilotlarida qatnashadi, xorijiy davlatlarning bojxona organlari, bojxona ishi masalalari bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi, qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborotni o‘zaro ayirboshlaydi;

  • bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, tashqi savdo yuklarini bojxona rasmiylashtirishi uchun punktlar tarmog‘ini va bojxona infrastrukturasining boshqa ob’ektlarini kengaytirish ham shu jumlaga kiradi;

  • DBQning moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga tushadigan mablag‘lar hisobiga respublikada bojxona ishini rivojlantirish chora-tadbirlarini mablag‘ bilan ta’minlaydi;

  • xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.

Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:

  • tovarlar va transport vositalarini, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa, jismoniy shaxslarning o‘zini ko‘zdan kechirish;

  • yuridik va jismoniy shaxslardan ko‘zdan kechirish uchun tovarlar va transport vositalarini, shuningdek zarur hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;

  • valyuta nazoratini amalga oshirish;

  • moliya, bank va boshqa tashkilotlardan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslardan eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan axborot va hujjatlarni hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni olish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazish maqsadida tovarlar hamda boshqa buyumlardan namuna va nusxalar olish;

  • bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar saqlanayotgan hududlarga va binolarga belgilangan tartibda kirish;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir materiallarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortish;

  • bojxonaga oid huquqbuzarliklarning bevosita predmeti bo‘lgan tovarlar va transport vositalarini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda ushlab turish hamda olib qo‘yish;

  • surishtiruv o‘tkazish va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish;

  • bojxonaga oid huquqbuzarliklarni aniqlashga xizmat qiladigan texnikaviy va maxsus vositalarni qo‘llash;

  • tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirish;

  • huquqbuzarlarni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish;

  • bojxona to‘g‘risidagi normativ hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlash uchun ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb qilish.

Bojxona organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida tabel o‘qotor qurolini va yakka tartibda himoyalanish vositalarini olib yurish, saqlash, qo‘llash va foydalanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Bojxona organlarining huquqlari bilan bir qatorda majburiyatlari ham belgilangan bo‘lib, ular quyidagilardan ibort:

  • yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etish;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, bojlar to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini nazorat qilish;

  • davlat xavfsizligini, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish, atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirlari amalga oshirilishiga ko‘maklashish;

  • bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qo‘llanish bo‘yicha belgilangan tartibda uslubiy ko‘rsatmalar va normativ hujjatlar ishlab chiqish hamda ularni nashr etish; yuridik va jismoniy shaxslarni tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish hamda bojxona chegarasidan o‘tish vaqtidagi huquqlari va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish;

  • faoliyat turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalarni (litsenziyalarni) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berish; o‘z xizmat vazifalarini bajarishlari natijasida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan davlat siri va tijorat siri hisoblangan axborotni oshkor etmaslik.

Bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan yuridik va jismoniy shaxslardan noto‘g‘ri undirib olingan boj to‘lovlari qaytarilishi yoki bo‘lajak to‘lovlar hisobiga o‘tkazilishi kerak, bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquqqa xilof harakatlari bilan yetkazilgan zarar esa ichki ishlar organlari xodimlari uchun qonunchilik tomonidan belgilangan tartibda undirilishi kerak.



Download 135.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling