7-mavzu. Boshqarish usullari Usul


Download 41.38 Kb.
bet6/6
Sana12.08.2023
Hajmi41.38 Kb.
#1666580
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7MAVZI

Transfert to’lovlar - bu o’tkazma to’lovlar, davlat byudjeti vositalarini qayta taqsimlash shakllaridan biri.
Bu to’lovlar:
xususiy tadbirkorlarga subsidiyalar berish;
davlat qarzlari bo’yicha foiz to’lovlari;
ijtimoiy ehtiyojlarga davlat tomonidan to’lanadigan pul mablag’lari ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratilgan transfert to’lovlar kam ta’minlangan aholi guruhlariga, nogironlarga, qariyalar va birovning boquvidagi kishilarga, hamda ishsizlarga nafaqa to’lash ko’rinishida bo’ladi.
Transfert to’lovlarni to’lashning ham optimal chegaralari mavjud. Gap faqat ushbu maqsadlar yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan byudjet mablag’larining mavjudligida emas.
Agar jamiyatda o’rta hollar salmog’i kichik bo’lib, badavlat kishilar salmog’i katta bo’lsa, salbiy ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar yuz berishi ham muqarrardir. Davlat bunday tabaqalanishga qarshi transfert ko’rinishi zarurdir.
Ikkinchi tomondan, nafaqalarning aholining ko’p sonli toifalarga katta miqdorda va xilma-xil shakllarda berilishi bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan mehnat qilishga undashni barbod etishga, oldingi davlat - tekischilik taqsimotidan qolib kelayotgan tayyorga ayyorlik psixologiyasini mustahkamlab, uni yangi bozor sharoitlariga moslashtirishga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, bu o’rinda ham transfert boshqaruvi amalga oshirilayotgan konkret sharoitlarni hisobga olib optimal variantni izlash zarur.
Boshqarishning ko’rib chiqilgan iqtisodiy usullari o’zaro bog’liq qismlar tizimidir. Xo’jalik mexanizmining optimal ishlashi uchun bu qismlarning boshqaruv ob’ektiga bo’lgan ta’sirini doimo oshirib borish va faollashtirish lozim bo’ladi.1
Boshqarishning tarbiyaviy usullari mehnat jamoasida shunday ruhiy «iqlim»ni yaratadiki, unda rahbarga ma’qul keladigan xulq-atvor va ish uslubi qo’l ostid-
agilar tomonidan ko’ngilli ravishda, jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq holda amalga oshiriladi. Bu usullar jipslashgan boshlang’ich ishlab chiqarish jamoasini shakllantirishga imkon beradigan ijtimoiy psixologiya va boshqarish psixologiyasi qoidalariga asoslanadi.
Ishlab chiqarish sharoitida sotsiologiya odamlarning ijtimoiy aloqalarini shakllantiradigan mehnat omillarini o’rganadi, ijtimoiy va ishlab chiqarish tuzilmalarining rivojlanishi hamda ishlashi qonuniyati, jamiyatning turli sohasidagi har xil ijtimoiy hodisalarning o’zaro aloqadorligi va odamlar xulq-atvorining umumiy qonuniyatlarini tadqiq etadi. Shaxs psixologiyasi oliy asab faoliyatining turlari va inson xarakteri, shaxsning xususiyatlari, qobiliyatlari, hissiyoti, xotira, fikrlash jarayonlari, inson his-tuyg’ulari hamda mehnat psixologiyasini o’rganadi. Shaxsning ruhiy xususiyatlarini inson faoliyatidan alohida tushunish mumkin emas, chunki inson qobiliyati va xarakteri xususiyatlari faoliyat va xatti-harakatlarida namoyon bo’ladi hamda shakllanadi. Insonning shaxsiy hayoti va ishlab chiqarish faoliyati uning psixologik qiyofasini shakllantiradi. Odam qanday yashayotganini bilmay turib, unda muayyan qiziqish yuzaga kelgani, ma’lum qobiliyatlar rivojlangani, xarakteri shakllanganini tushunib bo’lmaydi.
Tarbiyaviy usullar xodimlarga ularning ijtimoiy ehtiyojlari va ruhiy o’ziga xosliklari orqali ta’sir ko’rsatadi. Ular mehnat jamoasida qulay ruhiy «iqlim»ni yaratish bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatni tartibga solishga yo’naltirilgandir. Ruhiy usullarga quyidagilar kiradi: kichik boshlang’ich ishlab chiqarish jamoalarini yig’ish, mehnatni ijtimoiylashtirish, kasb tanlash va kadrlarni o’rganish, mehnat hamda ijtimoiy faollikni oshirish.
Inson faoliyati aniq maqsadga erishishga yo’naltirilgan. «Motiv – maqsad» munosabati inson faoliyati o’zagidir. Umumiy ma’noda, motiv – odamni faoliyatga undaydigan, maqsad – mazkur faoliyat natijasida erishishga intiladigan bosqichdir. Shunday qilib, motiv inson xulqining ichki harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi. Insonning ishga munosabati, uning hayotdagi muvaffaqiyatlarining umumiy darajasi motivatsiya darajasiga bog’liq. Rahbarning eng muhim xislati – odamlar faoliyati motivlarini tahlil qila bilish, har bir kishining kelajagini oldindan ko’rish, mutaxassisni muayyan ishni bajarishga qiziqtirish, uning tabiiy moyilliklarini hisobga olishdir.
Tarbiyaviy usullarning ta’siri bir yil va undan keyin namoyon bo’ladi. Shuni ta’kidlash lozimki, tarbiyaviy usullarni amalga oshirishga sarflanadigan sa’y-harakatlarning iqtisodiy samarasi ma’muriy va iqtisodiy usullarni amalga oshirish unumidan bir necha marta ortiq bo’ladi.
Boshqarish usullari – boshqarish maqsadlariga erishish usullari yig’indisidir. Boshqarish nazariyasi va amaliyotida boshqarishning uch – ma’muriy, iqtisodiy hamda tarbiyaviy usullari mavjud.
Ma’muriy usullar quyidagilarga asoslanadi:
mutaxassislar faoliyatini qat’iy belgilash;
boshqarish funksiyalarini taqsimlash;
joriy nazoratni tashkil qilish;
intizom talablarini bajarish;
har bir xodimning aniq mas’uliyatini o’rnatish.
Boshqarishning iqtisodiy usullari o’zaro aloqador iqtisodiy vositalar majmuini o’zida namoyon etadi. U ishlagan taqdirdagina hamma uchun foydali bo’ladi.
Boshqarishning tarbiyaviy usullari mehnat jamoasida shunday ruhiy «iqlim»ni yaratadiki, unda rahbarga ma’qul keladigan xulq-atvor va ish uslubi qo’l ostidagilar tomonidan ko’ngilli ravishda, jamoa me’yorlari va qadriyatlariga muvofiq holda amalga oshiriladi.

1 Umarjonov A.M. Menejment (darslik). “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. Toshkent-2010.

Download 41.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling